Baholash ishi


Baholash faoliyatiga doir bo’lgan informatsion-kommunikatsion dasturiy ta’minotini amaliy o’rganish



Download 76,91 Kb.
bet4/10
Sana07.01.2022
Hajmi76,91 Kb.
#327516
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
BBI-50 Rustamova Nozima Hisoboti

2. Baholash faoliyatiga doir bo’lgan informatsion-kommunikatsion dasturiy ta’minotini amaliy o’rganish.

Globallashgan zamonamizda hamma narsa elektronlashtirilyapti. Shu qatorda Baholash faoliyatiga doir bo’lgan information-kommunikatsion dasturiy ta’minotini amali o’rganishda bizlarga MICROSOFT EXCEL, MICROSOFT WORD, MICROSOFT ACCESS kabi dasturlardan foydalaniladi.Umuman olganda bu dasturlar ishimizni osonlashtiradi.



Bulardan tashqari, baholash faoliyatida ma’lumotlar to’plash va ularni taqqoslash maqsadida bir qator saytlardan foydalaniladi, ya’ni:

OLX.uz – O’zbekistondagi elektron e’lonlar taxtasi;

Avtoelon.uz – O’zbekistondagi avtobozor uchun online xizmatlar majmuasi.

E-auksion.uz – davlat aktivlarini boshqarish agentligi elektron-onlayn auksionlarni tashkil etish markazi;

Uy-joy.uz, uybor.uz – uylar, kvartiralar, yangi inshootlar, uchastkalar va barcha ko`chmas mulkni sotib olish va sotish, ijaraga topshirish va ijaraga uy-joy olish e`lonlari taxtasi;

Yuqorida keltirilgan ko’char va ko’chmas mulkka doir saytlar ma’lumotlaridan baholash jarayonida keng qo’llaniladi hamda baholovchiga obyektiv qaror chiqarish uchun bir qancha imkoniyatlar yaratadi.

Dasturlaming turli xillari mavjud bo’lib, ularning har biri ma’lum bir ishni bajarishga moijallangan. Insonlarga o’xshab, kompyuterlar ham qandaydir ko’rsatmalarga yoki dasturiy ta’minotga muhtoj bo’ladi, chunki dasturiy ta’minotsiz ularning ishini, ichki va tashqi xotiralar bilan ishlashni, qo’shimcha qurilmalarga murojaat qilishni, foydalanuvchilar bilan muloqotni va kompyuter tarkibiy qismlarining bir maromda ishlashini ta’minlash mumkin emas.Hozirgi paytda keng tarqalgan operatsion tizimlar SP/M, MS-DOS, UNIX, Apple Macintosh, Novell, Windows-95, 98 va Windows-2000, 2002 va boshqalar.Kompyuterdan foydalanish samaradorligini oshirishda, uni ishlatishni yengillatishda va foydalanuvchilar uchun dasturlar tayyorlashni osonlashtirishga moijallangan dastur vositalari kompleksi dasturiy ta’minot tizimi deb yuritiladi. Kompyuteming DT o’z ichiga turli xil dasturlar to’plamini oladi. Dasturlashni avtomatlashtirish tizimi (DAT) DTning bir qismi boiib, foydalanuvchilar uchun dasturlarini yaratish jarayonini avtomatlashtirishga moijallangan boiadi. Rivojlangan DATlar dasturlashtirish tillari, translyatorlar va sozlash dasturlarini o’z ichiga oladi. Sozlash dasturlari — dasturlar ishining to‘g‘riligini tekshirish va xatolami topish uchun ishlatiladi. O‘zbekiston Respublikasning yagona milliy baholash standartlariga ham to’xtalib o’tsak: O‘zbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son “2017 ― 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni va 2019-yil 1-iyuldagi PQ-4381-son “Baholash faoliyatini yanada takomillashtirish hamda past rentabelli va faoliyat yuritmayotgan davlat ishtirokidagi korxonalarni sotish mexanizmlarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:

1. O‘zbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standarti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.

3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.

Baholash faoliyatini rivojlantirish iqtisodiyotda islohotlar o’tkazish va O’zbekiston Respublikasida huquqiy-demokratik davlat barpo etish jarayonining ajralmas qismi bo’lib hisoblanadi.O’zbekiston Respublikasida bozor infratuzilmasining rivojlanishi bilan o’tgan yillar mobaynida baholash faoliyati shakllanish yo’lini bosib o’tdi va hozirgi kunda iqtisodiyotning mustaqil sohasiga aylandi. Baholash faoliyati haqidagi qonunga asoslangan, baholash faoliyatini tartibga solishning davlat tartibi shakllantirilgan. U yuridik shaxslarni litsenziyalash, jismoniy shaxslarni sertifikatlash, litsenzion talab va shartlarning bajarilishini nazorat qilishni o’z ichiga oladi.O’zbekiston Respublikasida baholash xizmatlari sohasiga oid zarur huquqiy baza shakllantirilgan va ularning faol rivojlanishi uchun iqtisodiy sharoitlar yaratilgan. O’zbekiston Respublikasida baholash faoliyati oxirgi yillarda sezilarli darajada aniq va ahamiyatli natijalarga erishdi. Shu bilan birga, ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlar o’zgarishsiz bo’lmaydi, baholash faoliyati, mutaxassislik faoliyatining turi sifatida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning joriy talablariga javob berishi lozim. Milliy amaliyotimizning joriy va bo’lg’usi holati tahlili ko’rsatishicha, yaqin yillar baholash faoliyatining sifati yanada ortishi bilan tavsiflanishi kerak. Bu jarayonlar, ayniqsa, jahon moliyaviy inqirozi sharoitida muhim ahamiyat kasb etadi. Respublikamizda baholash faoliyati tushunchasi va baholovchi kasbi paydo bo’lganidan buyon hali uncha ko’p vaqt o’tgani yo’q. Ularga bo’lgan zaruriyat respublikada iqtisodiyotni boshqarishning ma’muriy-buyruqbozlik usullaridan bozor usullariga o’tish borasida rejali ishlar olib borila boshlangani tufayli vujudga keldi. Ushbu o’tish davrida aynan davlat bosh islohotchi sifatida mas’uliyatni o’z zimmasiga oldi. Baholash jarayonining axborot (informatsion) ta'minoti - mulkiy huquq subyektlari va potentsial mulkdorlarning fuqarolik huquqi obyektlari holati va u bilan bog’liq jarayon va hatti-harakatlarni transparent (informatsion shaffof) ifodalashga qaratilgan axborotlar va hisobotlar tizimi (mexanizmi) bilan ta'minlanganligi. Fuqarolik huquqi obyektlari bo'yicha informatsion munosabatlar o'z ichiga mulkiy huquq subyektlarining faoliyatidagi transparentlikka asoslangan turli axborot va hisobotlar shakllantirishi, almashinish, taqdim etish faoliyati jarayonidagi me'yorlarini oladi. Bunda transparentlik mulkdorlar huquq va manfaatlarini himoyalash, mulkiy munosabatlarda ishonchli qaror qabul qilish maqsadlarida ta'minlanadi.

O’zbekistonda baholash institutining rivojlanishi yagona tizimni yaratish yo’nalishida amalga oshirilmoqda. Bunday tizimning asosi yagona uslubiy kenglik bo’lishi mumkin, uning tamoyiliga O’zbekiston Respublikasida baholash faoliyatini rivojlantirish konsepsiyasida asos solingan. Keltirilgan kenglik quyidagilarni nazarda tutadi:

1. Baholash faoliyatining har bir elementi (komponenti, tarkibiy qismi)ning rivojlanishi, u o’z ichiga quyidagilarni oladi:



  • baholash qonunchilik bazasining rivojlanishi;

  • baholash uslubiy bazasining rivojlanishi;

  • baholash sub’yektlari (baholash tashkilotlari, shu jumladan, baholovchilarning o’zi)ning rivojlanishi;

  • baholashni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan ma’lumot manbalarining rivojlanishi;

  • litsenziyalovchi organning rivojlanishi;

  • ta’lim muassasalarida baholovchilarni tayyorlash va malakasini oshirishning rivojlanishi;

  • mutaxassis jamoat tashkilotlarining rivojlanishi;

  • baholash buyurtmachilari (shu jumladan, davlat)ning rivojlanishi;

  • baholash natijalaridan foydalanuvchilarning rivojlanishi.

2. Baholash faoliyati sistemasining umumiy rivojlanishi, u o’z ichiga quyidagilarni oladi:

    • baholash faoliyati sistemasi ichida barcha elementlarning o’zaro aloqalarini rivojlanishi;

    • baholash faoliyati sistemasi va boshqa sohalar (buxgalteriya hisobi, audit, moliyaviy hisobot, kadastr faoliyati, bank faoliyati, sug’urtalash va boshqalar)ning o’zaro aloqasining rivojlanishi;

    • baholash faoliyati sistemasini boshqarishni tashkil qilinishi;

    • respublika regionlarida baholash faoliyati sistemasining rivojlanishi.

Mamlakatimizning uzoq va davomli manfaatlari taqozo etgan holatlarda va keskin vaziyatlardan chiqish, ular tug’diradigan muammolarni hal etish zarur bo’lganda iqtisodiyotda davlat tomonidan boshqaruv usullari qo’llandi va bunday yondashuv oxir-oqibatda o’zini to’la oqladi.Huquqiy davlat va bozor munosabatlariga asoslangan xo’jalik mexanizmini shakllantirish hozirgi vaqtda respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadidir. Bozor mexanizmlarini rivojlantirish, o’z navbatida, iqtisodiyotning barcha sohalarida raqobat muhiti shakllantirilishini ko’zda tutadi. Har xil turdagi mol-mulkni baholash shu masalalarni hal etishda yordam berdi.Huquqiy davlatni yaratish va rivojlantirish masalalari jamiyatning barcha a’zolari uchun teng huquqlarni, shu jumladan, mulkiy huquqlarni ta’minlashga doir chora-tadbirlarning butun bir kompleksini o’z ichiga oladi. Shu bois, ana shu huquqlarni himoyalash va ular adolatli tarzda iqtisodiy baholanishi uchun shart-sharoit yaratish har qanday huquqiy davlatning eng muhim vazifasi hisoblanadi. Shunday qilib, baholash faoliyatini rivojlantirish O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni isloh etish va huquqiy demokratik davlat barpo qilish jarayonining ajralmas qismidir. Umumiy baholash standartlari oltita hujjatni oʻz ichiga oladi: 

1-son MBS «Baholash faoliyatida foydalaniladigan prinsiplar, atamalar va tariflar»;

2-son MBS «Baholashga oid vazifa»;

3-son MBS «Baholash jarayonida oʻtkaziladigan oʻrganishlar va tahlillar»;

4-son MBS «Baholash haqidagi hisobotni tuzish»;

5-son MBS «Baholash bazalari»;

6-son MBS «Baholash yondashuvlari va usullari».

Aktivlar qiymatini baholash standartlari beshta hujjatni oʻz ichiga oladi:

7-son MBS «Biznesni va biznesda ishtirok etish huquqini baholash»;

8-son MBS «Koʻchmas mulkni baholash»;

9-son MBS «Nomoddiy aktivlar va intellektual mulkni baholash»;

10-son MBS «Mashina va uskunalarni baholash»;

11-son MBS «Tovar-moddiy zaхiralarni baholash»;

12-son MBS «Xususiylashtirish maqsadida davlat uy-joy fondini baholash»;

13-son MBS «Baholovchilar ishining sifatini nazorat qilishning ichki qoidalariga qoʻyiladigan umumiy talablar».

Shuningdek, axborotni olishga ko’ra maxfiy va ommaviy turga bo’linadi. Baholash ma’lumotlari mezoni:



  1. Ishonchlilik

  2. Aniqlik

  3. Komplekslilik

  4. To’liqlik

Talab: Talab iste’molchilarning ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Bu biznes qanday foyda keltiradi. Qancha vaqt, qanday xavf-xatarlar uchrashi biznesni nazorat qilish va uni qaytib sotish kabi faktorlar ularni aniqlaydi.

Daromad. Daromadni ob’yekt egasi ish faoliyati natijasida, uni sota olish natijasida foyda olish imkoni bo’lganida qo’lga kiritadi.

Foyda - daromad va xarajatlarni oqimi nisbati bilan aniqlanadi.

Vaqt. Tashkilot narxini aniqlashda daromadlar olish vaqtni belgilaydi. Bunda mol- mulk egasi aktivlarni sotib olishi bilan tezda foyda ko’rishi yoki sarflangan puli ancha vaqt mobaynida foyda keltirishni boshlashi mumkin.

Xavf-xatar. Narx belgilashda kutilayotgan daromadlarni olish xavf-xatari doimo mavjud bo’ladi.

Nazorat. Narxga ta’sir etuvchi omillardan yana biri. Bu yangi mulk egasi qay darajada nazoratga ega bo’lishi. Agar tashkilot xususiy mulk sifatida sotib olinsa, yangi mulk egasi bir qator huquqlarga ega bo’ladi. Qanchalik ko’proq huquqqa egalik sotib olinsa, shunchalik bu ob’yekt narxi yuqori bo’ladi..

To’g’ridan to’g’ri ma’lumotni ololmagan baholovchi tasarrufida juda jo’n manbalargina qoladi, masalan, internet, matbuot.

Integratsiyalashgan axborot boshlang’ich ma’lumotni qayta ko’rib chiqish natijasida olinadi. Biznes uchun integratsiyalashgan ma’lumotlar turli multiplikatorlar, xususiy va qarzga olingan kapitalning o’rtacha nisbatidir. Har qanday biznes, rezident mamlakatning ichki qonun va qonunosti hujjatlariga buysunadi. Bu avvalo, litsenziya olinishi kerak bo’lgan ishlab chiqarish ob’yektlariga. Odatda bu hollarda asosiy e’tibor yer osti va yer usti foydali qazilma manbalarini qayta ishlovchi tashkilotlarga qaratiladi.Bozor baholashiga katta ta’sir qiluvchi mezon bu huquqiy asos bo’lib, baholashning axborot tizimini tashkillashtirayotganda unga alohida e’tibor qaratish lozim.Shuningdek, baholashda autsayderlik ma’lumotlari, ya’ni ommaviy axborot manbalari ham ahamiyatlidir. OAVda e’lon qilingan ma’lumotlar, u yoki bu mulkka aloqador shaxs munozaralar, mulk egalari sir tutishni niyat qilgan, ammo baholash natijasiga ta’sir ko’rsatadigan maxfiy faktlar bunga misoldir.



Download 76,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish