Baholash ishi


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………....25



Download 76,91 Kb.
bet2/10
Sana07.01.2022
Hajmi76,91 Kb.
#327516
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
BBI-50 Rustamova Nozima Hisoboti

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………....25

Ilovalar……………..…………………………………………………………….26

Kirish

Men Rustamova Nozima 2021-yilning 24-maydan 3-iyulgacha “PROFESSIONAL EXPERTISE” baholash kompaniyasida amaliyotimi o’tadim.Bu amaliyotim davomida men nazariy o’rganganlarimi amaliyot bilan mustahkamladim.Hammamiz bilamizki hozirda mamlakatimizda ulkan o’zgarishlar bo’lib o’tdimoqda, xususan, agrar va xomashyoga yo’naltirilgan markazlashgan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ko’p ukladli iqtisodiyotga o’tish bosqichma-bosqich amalga oshirildimoqda. Bu makroiqtisodiy vaziyatni barqarorlashtirishga, inflyatsiyani pasayishiga, mahsulotlarning muhim turlari bo’yicha iqtisodiy mustaqillikka erishishimizga imkon berdi. Shuningdek, xususiy tadbirkorlik, kichik va o’rta biznesning rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratildi. Baholash faoliyatining vujudga kelishi va rivojlanishi huquqiy demokratik davlatni tashkil etish va iqtisodiy islohotlarning tarkibiy qismidir. Mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga o’tishi bilan tijorat banklarining mulk garovi ostida kreditlar berishga o’tishi, sug’urta va qimmatli qog’ozlar bozorining rivojlanishi, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarining amalga oshirilishi baholash faoliyatining shakllanishi va rivojlanishini taqozo etdi.

O’zbеkiston Rеspublikasining «Baholash faoliyati to’g’risida» qonuniga muvofiq O’zbеkiston Rеspublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi tomonidan baholovchi tashkilotlar faoliyatini ta'minlash sohasida, baholash ishlarini tartibga soluvchi mulkni baholash milliy standartlari va boshqa mе'yoriy hujjatlarni ishlab chiqish hamda tatbiq etish, bajarilayotgan baholash ishlarining xolisligi va sifati ustidan nazorati o’rnatilgan.

Kelajakda mustaqil baholash tizimining rivojlanishi, baholash xizmatlarining sifati va professionallik darajasini oshirish, baholovchi tashkilotlar faoliyatini samarali tartibga soluvchi usullarni tatbiq etish, o’tkazilayotgan baholash ishlarining obyektivliligi va baholovchilarni natijalar uchun mas’uliyatini oshirish maqsadida 2018 yil 01-iyunida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Baholash xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g‟risida”gi PQ-3764-sonli Qarori qabul qilindi1. Ushbu Qarorga muvofiq ravishda shu soha bo’yicha mutaxassislarni tayyorlash va baholash xizmatlarini ko’rsatish bo'yicha ularning ishlari natijalarining sifatiga talablar ortdi.



So'nggi yillarda O’zbekistonda ko’chmas mulk qiymatini baholash bo’yicha nazariy va amaliy faoliyat mahalliy hamda xalqaro tajribalar asosida rivojlanmoqda. Xalqaro tajribalar ko'chmas mulk qiymatini baholashning asosiy uch yondashuvi (xarajatli, qiyosiy (yoki bozor) va daromad)ga birlashgan ko’plab baholash usullarni o’z ichiga oladi. Malakatimizda yigirmanchi asrning 90-yillari boshida baholashning jahon klassik nazariyasi asosida baholash faoliyatini amalga oshirish uchun zarur qonuniy-huquqiy baza shakllantirildi, uni faol rivojlantirish uchun turli choralar ko’rilmoqda. Yana muhim muammolardan biri hali respublikada baholashning metodologik bazasi yetarli darajada shakllanmadi. Buning uchun ancha ilmiy-tadqiqot va uslubiy ishlarni amalga oshirilishi shart. Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida ko’chmas mulkni baholashning turli uslubiy yondashuvlaridan foydalaniladi. Masalan, mulkni baholash bo’yicha Angliya amaliyotida beshta usul keng tarqalgan: qiyoslash, investitsiya, foyda, qoldiq, pudratchi. AQSh baholovchilari amaliyotida, odatda, uch usul ustuvorlik qiladi: xarajat, qiyosiy va daromad. O’zbekistonda ham AQShdagi kabi xarajat (balans), qiyosiy (taqqoslash, bozor) va daromad yondashuvlari qo’llanilmoqda. Ushbu yondashuvlarni har birida o‘ziga tegishli usullari mavjud. Jumladan, daromad yondashuvi uchta, xarajat va qiyosiy yondashuvlari o’nlab baholash usullariga ega. Bu usullar har bir mamlakatning siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy-mentalitet taraqqiyotidan va o’ziga xosligidan kelib chiqib yaratilgan va rivojlanmoqda. Respublikamiz ham uchta yondashuvning o’z milliy taraqqiyotiga mos usullari tanlab baholash xizmatlarini bajarmoqda. Foydalanayotgan va endi kiritiladigan baholash usullarini chuqur ilmiy va amaliy asoslash va maqbullashtirish lozim. Baholash faoliyati taraqqiyotiga hissa qo’shuvchi vositalardan biri uslubiy ta’minotdir. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida” PQ-3151 sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida institutda ishlab chiqilgan “Toshkent Moliya institutini 2017-2030 yillarda rivojlantirish dasturi” asosida hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 1998 yil 30 oktyabrdagi 305-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqida Nizom” talablariga mos ravishda ta’lim olayotgan talabalar tanishuv amaliyoti 23.03.2016 yil № 10-29/06 sonli O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan tuzilgan uzoq muddatli o’zaro hamkorlik to’g’risidagi shartnomaga muvofiq O’zbekiston Respublikasi xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi, baholash kompaniyalari, rieltorlik tashkilotlari va tijorat banklarida o’tkazadilar. Eng avvalo shuni aytish joizki biz bu amaliyot davomida baholash uchun kerak bo’ladigan dasturiy taminotlar bilan tanishdik, qonunlar, farmonlar, yagona milliy baholash standartlari bilan tanishim chiqdik bu bizning bilimlarimizni mustahkamlashga katta yordam berdi desam mubolag’a bo’lmaydi.


Download 76,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish