Badiiy tahlil asoslari


XVI-MAVZU BADIIY ASARNING BIOGRAFIK TAHLILI



Download 283,12 Kb.
bet17/19
Sana12.03.2022
Hajmi283,12 Kb.
#491601
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Badiiy tahlil asoslari

XVI-MAVZU


BADIIY ASARNING BIOGRAFIK TAHLILI


REJA:

  1. Badiiy asar va matnni tahlil etish yo’llari taraqqiyoti

  2. Qadimgi Sharq adabiyotida badiiy asar va muallif masalasi

  3. Badiiy asar va ijodkor shaxsiyati muammosi

  4. Badiiy ijod va ijodkor labaratoriyasi masalasi

  5. Badiiy asarni biografik tahlil etish usuli

  6. Ijod va ijodkor olami masalasi

  7. Badiiy biografik asarlar tahlili

  8. biografik tahlilning tayanch omillari

  9. Shoir shaxsiyati, muallif. Maishiy hayot. Turmush-tarz. Falsafiy qarash. Intim hayot…



Tayanch tushunchalar:
Badiiy asar. Matn tahlili. Biografik tahlil. Shoir shaxsiyati. Ijodkor labaratoriyasi. Muallif va badiiy asar. Ijod va ijodkor dunyosi. Biografiya. Avtobiografiya.Hasbu-hol. Biografik asarlar. Ijodkor hayoti. Badiiy qahramon va ijodkor. Muhit va ijod. Davr va ijodkor. Hayot va adabiyot. Maishiy hayot. Ijtimoiy kelib chiqish. Ruhiyat. Falsafiy qarash. Intim hayot.


ADABIYOTLAR:

  1. Izzat Sulton. Adabiyot nazariyasi. –T., O’qituvchi. 2005 yil.

  2. Ҳ.Умуров. Адабиётназарияси. –Т.: «Шарқ», 2002.

  3. Mustaqillikdavriadabiyoti, – T.: “G`.G`ulomnomidagimatbaaijodiyuyi”,2006.

  4. Сет-Бёв Ш.Литератунные портреты.-М.:Художественная литература, 1970, С.6.

  5. Наркирьер Ф. Моруа-литературный критик / В кн .: Андре Моруа.Литературные портреты:-М.: Прогресс, 1971, С.8.

  6. Мейлах Б.С Биография как методологическая проблема /В кн.:Человек науки.-М.:Наука, 1974, с.12.

  7. Сент-Бёв Ш. Литературные портреты.-М. : Художественная литература, 1970,С. 331.

  8. Цвейг С.Казанова, Фридрих Ницше, Зигмунд Фрейд.- М.: Интерпрокс, 1990, С.44-60.

  9. Моруа А. Литературные портреты.- М. : Прогресс, 1971, С.224-225.

  10. Сент-Бёв Ш.Пьер Корнель/ В кн..: Литературные портреты.-М.: 1970, С.47.

  11. Сент-Бёв Ш.Дидро/В кн.: Литературные портреты.-М.: 1970, С.117.

  12. Гулыга А.Шеллинг.- М.:Молодая гвардия, 1984, С.95-132.

  13. Мейлах Б.С. Биография как методологическая проблема /Вкн.: Человек науки-М.:Наука, 1974, С.12.

  14. Словарь литературоведческих терминов.-М.:Просвещение, 1974, С.32-33.



Badiiyijodnamunasinibiografiko’rganishyo’lidagiilkqadamlarXIXasrningbirinchiyarmifransuzilmiy-adabiymuhitidako’zgatashlanadi. YevropaijtimoiymuhitigaUyg’onishdavridanmeroso’laroqshakllangangumanizmkonsepsiyasiinsonshaxsiyatiningekssentriktadqiqobyektimaqominiegallashigaolibkeldi. Borliqvamavjudlik, voqyelikvaharakat, makonvazamonkabiglobalhodisalarinsonvauningshaxsiyatinegizidatalqinetilaboshladiki, mohiyatanularningbarchasiniqamrabolishqudratigaegabo’lganbadiiyijodmuammosiaynijarayondanchetdaqolishimumkinemasedi.Jahonadabiyoshunoslaritomonidanbiografikmetodningasoschisidebe’tirofetilganSharlSent-Byov (1804-1869) 1821 yiliBurbonnomidagikollejdata’limolarekan, falsafao’qituvchisiDamirono’zshogirdlarigaharqandayijodnamunasimuallifshaxsiyatibilanbirbutunlikdao’rganilishilozim, deganfikrniuqtiraredi.1Damironma’ruzalarigaasosbo’lgan «Fransuzfalsafasitarixi» talabaSharlningengsevimlikitobigaaylanadi. Uningdastlabkiilmiytadqiqotihamaynanfalsafiymavzudabo’lib, «Barhayotruhhaqida» debnomlanadi. Kollejdavakeyingita’limjarayonlaridatabiat, fiziologiya, ximiya, medisina, mantiq, tilvaadabiyotilmlarinimukammalo’rganganSent-ByovuchunDamironfikrlaritayanchkonsepsiyabo’libqoladi.1825 yildaParijdanashretilaboshlagan, Pushkin, Karamzin, Stendalkabimashhuryozuvchilarasarlarichopqilingan «Glob» gazetasinafaqatudavrfransuzziyolilarining, balkiumumevropaziyoliqatlaminingilg’orqarashlariniaksettiraredi. Gazetachopetganqatormaqolalardabadiiyijodnamunasigayangichayondashuvmasalasidabahs-munozaralarkuzatiladi. Xususan, badiiyasarniuningmuallifitabiati, iste’dodi, psixologikholatlaribilansintezetaroqtadqiqqilish, ijodjarayonigaindividualyondashish, o’shadavrfransuzilmiy-adabiymuhitiningdolzarbmuammosigaaylanganedi.Sent-Byovningdastlabkitaqrizlari, adabiy-tanqidiymaqolalarihamaynan «Glob» gazetasidanashretilgan. KeyinchalikuningfransuzklassiklariRasin, Bualo, Lofantenlarijodiymerosiga, zamondoshiV.Gyugoning «Odavaballadalar» to’plamigadoirjiddiytadqiqotlarichopqilindi. Shuningdek, Sent-ByovXVI-XIX-asrlarfransuzshe’riyativadramaturgiyasitarixiytaraqqiyotiustidahamtadqiqotlaryozdi. Biroqbukabisoftarixiy-badiiymuammolartalqinidahamSent-Byovgaxosindividualtahliltamoyiliyetakchilikqiladi. Bujihatolimningharqandaytarixiydavrsilsilasidamuayyanijodkorningo’rnigaurg’uberganidako’rinadi.UningilkadabiyportretlariKornel, Bualo, Lofantenva, ayniqsaromantizmadabiyotiningqatorvakillarihaqidabo’lib, 1829 yildanboshlab «RevyuParij» jurnalidanashretilgan. XIX-asrning 30-yillaridaSent-ByovPor-Royaladabiy-diniymaktabifaoliyatinio’rgandi. Nafaqatfransuzlarning, balkibutunYevroparuhoniyadabiyotivatafakkurtarziniifodaetuvchibumaktabhaqidagitadqiqotlaribeshjilddaniboratbo’lib, 1838-1859 yillarorasidanashretilgan. Sent-Byovning «Konetityusionnel» jurnalibilanqilganijodiyhamkorliginatijasio’laroq 15 jilddaniborat «Dushanbadagisuhbatlar», 13 jildlik «Yangidushanbalar» nomlitadqiqotlarimaydongakeldi. Ushbutadqiqotlarningmanbaviyko’laminihoyatdakeng. Ulardamuayyanadabiy-tarixiydavrlarhamdaalohidafaylasuf, yozuvchi, shoirlarijodixususidaso’zyuritiladi.
Xullas, Sent-Byovtomonidano’zdavriilmiydoirasiuchunyangiliksifatidataqdimetilganbiografiktadqiqyo’nalishiuchyirikomilgatayanadi. Bularningbirinchisi, ildizlariantikdunyoijtimoiytafakkurigaboribbog’lansa-da, boshlang’ichaniqharakatniUyg’onishdavridanolganshaxskonsepsiyasi. Ikkinchisi, Sent–Byovyashabijodetganjamiyatdagifikriyyangiliklar, madaniy-tarixiy, falsafiy-psixologik, ilmiy-adabiyqarashlar. Uchinchisi, bevositaSent-Byovshaxsiyati, ijodiy, ilmiy, ijtimoiyfaoliyatihisoblanadi.Sent-Byovtadqiqotlaridamuayyanshaklgakirganbiografikmetodkeyinchalikuningqatorizdoshlaritomonidandavomettirildi, rivojlantirildi. Xususan, «Adabiyottarixigakirish» (1848) asariningmuallifiLakomb, «Adabiyotniilmiytadqiqetishusullari» (1900) asarimuallifiRenar, o’tganasrning 20-60-yillaridabiografikmetodmuammolaribilanshug’ullanganMaksVerli, ViktorJiro, ValterMushg, D.Shtolnisvaboshqaqatorolimlarningishlarishujumladandir. Badiiyasarvaijodiyjarayonnibiografiko’rganishtarafdoribo’lganYevropaolimlariorasidaSent-ByovdanqariybyuzyilkeyinyashaganAndreMorua (1885-1967) ijodialohidaajralibturadi. Sent-Byovgachavaundankeyinmaydongakelganilmiyqarashlar, o’zigaxostadqiqotlarAndreMoruaimkoniyatlarininisbatankengaytirganedi. BundantashqariyoshYemilYerzog (A.Moruaningxaqiqiyismisharifi) 1901 yilningoktyabroyidaKornelnomidagikollejdadavriningyetukmutafakkiriAlenbilanuchrashadi. Uchrashuvningdastlabkidaqiqalaridanboshlab, uningshogirdigaaylanadi. YoshYemilgaAlentomonidano’qtirilgangumanizmkonsepsiyasibo’lajakolimilmiy -falsafiyqarashlariningo’zagigaaylanadi. AndreMoruaningbutunilmiy-ijodiyfaoliyatiadabiyjarayonnibiografiktalqinetishgaqaratilgan. Tadqiqotchilarningqaydetishicha, «MoruaijodiyevolyuiyasiShellidanBalzakkachabo’lganbiografiktadqiqotlardanamoyonbo’ladi».2A.Moruaning «LabryuyerdanPrustgacha» (1964), «PrustdanKamyugacha» (1963), «JiddanSartrgacha» (1965), «AragondanMoterlangacha» (1967) sarlavhalariostidanashretilganto’rtjildlikyiriktadqiqotidabiografikmetodningilmiy-nazariyprinsiplario’zifodasinitopgan. Biografikmetodningyevropachatalqindanbirqadarfarqliko’rinishisobiqsho’rodavriadabiyoshunosligidahamkuzatiladi. XXasrning 20-yillaridaG.O.Vinokurning «Biografiyavamadaniyat» kitobiaynimuammotalqinigaqaratilganedi. Ayniqsa, 60-70-yillardanashretilgan «Ilmiyijod», «Ilmiykashfiyotvauniqabulqilish», «Zamonaviypsixologiyadailmiyijod», «Adabiyvailmiyijod» kabiilmiyto’plamlardabiografikmetodvaijodiyjarayonmuammolaritadqiqetiladi. ShuyillariFanlarakademiyasitomonidanushbumavzudabirnechtayiriksimpoziumlaruyushtirilgan. «Ajoyibkishilarhayoti» (JZL) ruknidaqatorilmiybiogrofiyalarnashretilaboshlaganki, ushbuan’anabugungachadavometibkelyapti. YirikolimlarB.M.Kedrov, M.G.Yaroshevskiy, B.S.Meylax, A.Mashkovskiylarningqatortadqiqotlariaynanbiografikmetodmasalalarinio’rganishgaqaratilgan.
XXasro’zbekadabiyoshunosligidahamyozuvchilar, olimlariningadabiyportretlarigabag’ishlanganrisolalar, biografiko’rganishmuammolarigaqaratilgandoktorlikvanomzodliktadqiqotlarima’lum. Ammoulardabumetodniyangikonsepsiyalaribilanboyitadigananiqxulosalaruchramaydi.
Ko’rinadiki, biografikmetodo’ziningmanbaviyvaxronologikko’lami, ta’sirdoirasijihatidan, muayyansalmoqqaega. Jahon tan olgan yirik olimlar bu metodga e’tibor bilan qaraganlar. Uni jiddiy ilmiy muammolarga tatbiq etganlar. Ammo, shunga qaramasdan, biografik metodning markaziy konsepsiyalari, ilmiy-nazariy prinsiplari, metod sifatidagi o’ziga xos jihatlari, boshqa tadqiq metodlari, fan sohalari bilan aloqadorligi masalalarini umumlashtiruvchi metodologik tadqiqotlar mavjud emas. Shuning uchun bo’lsa kerak, ilmiy-biografik tadqiqotlarda, tadqiqotchilik metodologiyasiga doir nazariy asarlarda, terminologik lug’atlarda bu metodning aniq ilmiy ta’rifi, spesifik jihatlari o’z aksini topmagan. Barcha ilmiy tadqiqot metodlari kabi beografik metod ham doimiy rivojlanish, o’zgarish xususiyatiga ega bo’lsa-da, turli davrlarda yaratilgan tadqiqotlarda bir qadar tarqoq holatda mavjud bo’lgan konseptual fikrlarni umumlashtirish, biografik tadqiq usulining metodologik prinsiplarini belgilash, maqsadga muofiqdir. Biografik metod mohiyatida inson shaxsiyati turadi. Ayni jihati bilan mazkur metod universal xarakter kasb etadi. Ya’ni ijodkor va ijod mahsulini sintezda o’rganish yo’lidagi harakat, eng avvalo, barcha fanlar, falsafalar, tadqiq metodlarini istifoda etishni taqazo qiladi. Qolaversa, bugungacha mavjud har qanday tafakkur shakllarining inson fenomeni doirasida markazlashuvi ushbu metodning universallik darajasini oshiradi. Beografik metod obyekt tanlanmaydi. Uni ijodning har qanday turi (amaliy, nazariy) va har qanday shakli (fan-texnika, san’at, siyosat, madaniyat)ga nisbatan qo’llash mumkin.Ushbu metod ijodkor biografiyasidan faqat axborot manbai sifatida foydalanmaydi, balki bunda ijodkor biografiyasi bir butun tizim o’laroq ijod mohiyatini ochishga xizmat qiladi. Bu shunday tizimki, ichki strukturasi jihatidan ko’plab mukammal tizimchalarni o’zida mujassam etadi. Shuningdek, ijodkor hayoti va faoliyatini atroflicha qamrab olishga qaratiladi.Biografik metodning o’ziga xosligi ijodkor individualligi muommosini tadqiqot markaziga qo’yishida ekani bois, ularda genetik faktor yetakchi o’rinlardan birini egallaydi. Garchi sho’ro davri olimlari ijodkor shaxsiyatini genetik- biologik talqin etish «vulgarcha, pozitivistcha xulosalarga olib kelgan»ligini qayta-qayta ta’kidlashgan bo’lsa-da,3 biografik tadqiq ushbu foktorni chetlab o’tishi mumkin emas. +olaversa, adabiyotni o’rganishda «irq», «muhit», «vaziyat» birligi nazariyasini ilgari surgan Ipolit Ten Sent-Byov bilan yaqin do’st bo’lgan va tabiiy ravishda, unga o’z ta’sirini o’tkazgan.4 Genetik nuqtai nazardan o’rganilgan individuum ijodiy jarayonga xos o’ta nozik holatlarni tushunishga qo’l kelganiga shubha yo’q. Ijodkor maishiy, ijtimoiy muhit ta’siri ostida o’zlashitirishi ehtimoldan uzoq bo’lgan, bir qarashda g’ayrioddiy tuyuluvchi ba’zi xususiyatlar ildizi uning qadim ajdodlari ongi va ruhiyatida yashagan «genetik xotira»ga borib tutashadiki, bunday holat talqini uchun albatta genetika tajribalariga suyanish lozim bo’ladi.Sent-Byov J.J. Russo haqidagi ishida ijodkor nutqidagi bir oz «qo’pollik», «soddalik», «dangallik», «yashirin iztirob»larni uning shogirdi arisokrat Shatobrianga qiyosan izohlar ekan, shunday yozadi: «U ajdodlari bilan faxrlana olmasdi. Shu bois unda eslash bir oz og’irroq, sirli iztiroblarga yo’g’rilgan, qashshoq ajdodlariga tortadigan nimadir yashar edi».5 Ijodkorga xos bu kabi holatlar badiiy asarda bir yoki bir nechta qahramon tabiatiga singgan bo’lishi mumkin. Ba’zan esa asarning umumg’oyasi, tili, uslubi hatto kompozision qurilishigacha ta’sir o’tkazishi ehtimoldan xoli emas. Gyotening «uslub-bu odam», Floberning «Bovariy xonim-mening o’zimman», degan obrazli fikrlarida shunga ishora bor. Badiiy asarni o’rganishda muallifning intim hayotiga urg’u berish Sent-Byov va uning g’arblik izdoshlari tadqiq usulidagi yetakchi xususiyat sifatida qaraladi. Ko’pincha biografik metodning cheklangan tomonlarini ham shu bilan izohlashga bo’lgan urinishlar kuzatiladi. 6 Aslida intim hayotning muallif biografiyasi va ijodini sintez qilib o’rganishdagi o’rni qanday? Haqiqatan ham bu jihat biografik metod imkoniyatlarini cheklaydimi?Agar insonning tabiiy intilishlari, o’z hissiy dunyosiga munosabatini xolis baholaydigan bo’lsak, bu jihat jamiyat yoki muayyan inson faoliyatida katta o’ringa egaligiga shubha qilmaymiz. Adoqsiz zamon va makon qatlamlarini o’zida mujassam etgan eposlardan tortib, insonning lahzalik kayfiyatini aks etiruvchi kichik lirik asarlargacha, ijodning kollektiv shaklidan, individual ko’rinishigacha intim holatlar muhrlanmagan biror asarni uchratish mumkin emas. Barcha mashhuru nomashhur shoirlar ijodining ilk namunalari albatta intim holatlarga bog’liq bo’ladiki, bu tomonni chetlab biografik tadqiqot yaratib bo’lmaydi. Intim hayotning ijod jarayoni bilan munosabatini o’rganish, tadqiqotchidan so’zsiz individual yondashuvni talab etadi. Chunki bu o’ta nozik holat bo’lib, uni individuum hayoti va ijod psixologiyasiga ta’sir darajasi, funksional jihatlari boshqa shaxs, holat yohud vaziyatda hyech qachon takrorlanmaydi. Ba’zan esa intim hayot munosabatlari o’zining g’ayritabiiy natijalari bilan bir-birini inkor etishi ham mumkin. Yevropa dunyosini o’zining ishqiy sarguzashtlari bilan hamon hayratga solib kelayotgan XVIII asr «Don Juani» J.J.Kazanova ijodining negizida tom ma’noda real jinsiy faoliyat yotadi. Tadqiqotchilarning qayd etishicha, uning barcha asarlaridagi, bir qarashda obrazli talqin bo’lib tuyuladigan, voqyealar, prototiplar, detallar, epitet va tashbehlar mana shu real faoliyatning mahsuli hisoblanadi.7 Ayni masalada Kazanovaning paradoksal shakli sifatida M.Prustni ko’rsatish mumkin. Agar Kazanova ijodi jinsiy-avantyura negizida shakllangan, g’arb jamiyati nazarida muayan cho’qqini egallagan bo’lsa, M.Prust talqinida birgina bo’sa haqiqiy muhabbat tuyg’usiga putur yetkazadi.8Ijod dunyosi bilan bog’liq bu ikki holat ijodkor intim hayotini minimumdan maksimumgacha ifoda etadi. Ya’ni intim hayotning barcha boshqa shakllari shu ikki holat o’rtasida mavjud bo’ladi. Demak, har qanday ijod u yoki bu darajada intim hayotga bog’liq va biograf-tadqiqotchining bu nuqtaga urg’u berishi behuda emas.
Biografik metod tayanadigan omillardan yana biri ijodkorning maishiy turmushi sanaladi. Ijodkorning oila turmushi, qarindosh-urug’lari, do’st birodarlari bilan munosabati, yashash tarzi, unga doir odatlar (jestlar), buyumlar va hokazolarni qamrab oladigan bu omil bir qarashda unchalik muhim tuyulmasligi mumkin. Lekin ijodkor hayotida ro’y beradigan g’ayrioddiy holatlar, olamshumul voqyealarga nisbatan nihoyatda ko’p foizni tashkil etuvchi odatiy hayot tarzi bevosita maishiy turmush bilan bog’liqki, bu ko’p jihatdan ijod namunalarida o’z muhrini qoldiradi. Shu bois, ijod jarayonini individual aspektda tahlil etuvchi barcha tadqiqotlarda ijodkor biografiyasi mumkin qadar qamrab olinadi. Chunki ijodkor biografiyasining xronologik talqini maishiy turmushga doir fakt va dalillarni muayan ketma-ketlikda ifoda etadi. Sh.Sent Byov yozadi: «Adabiy tanqid sohasida va adabiyot tarixida buyuk odamlar biografiyasi kabi yurakka yaqin, go’zalroq, ibratliroq narsa kamdan-kam uchraydi». Uning ta’kidlashicha, biografiya muallif hayot yo’lining shunchaki bayoni emas. Haqiqiy biografik tadqiqot yuzaga kelishi uchun tadqiqotchi ijodkor «ruhiyatiga kirishi», «uni turli qirralarini ko’rsata bilishi, bu insonni harakat qilishiga, gapirishga, nafas olishiga majbur etishi», «eng muhimi, uni oila davrasida, o’ziga xos odatlari bilan tasavvur eta olishi» lozim. Negaki, «buyuk ijodkorlar ham oddiy odamlar kabi mayda turmush tashvishlaridan xoli bo’lmaydilar» 9. Adabiyot tarixida mashhur ijodkorlarning aynan tirikchilik vajidan asar yozganlari haqida dallilar ko’plab uchraydi. Qashshoqlik, kundalik turmush sharoitning yomonligi ba’zi hollarda shedver asarlarning dunyoga kelishiga sabab bo’lsa, ba’zan teskari natija beradi. Sent-Byov buyuk fransuz mutafakkiri D.Didro haqidagi tadqiqotida bo’lajak mutafakkirning bir kunlik yeyish-ichishiga bor-yo’g’i olti su sarflagani, shu bilan qanoatlanib qizg’in ijod bilan shug’ullanganini yozadi.10Adabiyot tarixida shunday dalillar ham uchraydiki, ijodkorning maishiy hayotida ro’y bergan favqulodda hodisa keyinchalik o’zining individuallik doirasidan chiqib, universal funksiya bajara boshlaydi. XVIII asr ingliz sentimental adabiyoti vakili Yeduard Yungning (1683-1765) maishiy hayotiga doir bir voqyea bunga yorqin misol bo’la oladi. 1742 yilda Yeduard Yungning xotini va tutingan qizi vafot etishadi. Shundan so’ng u tamomila tushkun kayfiyatga yo’liqadi. Bunday kayfiyat tabiiy ravishda uning ijodida ham aks etadi. Shoir tomonidan 1742-1745 yillar orasida yozilgan «Insoniyat yoxud hayot, o’lim va boqiylik haqida tungi o’ylar» poemasi ayni kayfiyatning maxsuli bo’lib, unda insonning taqdir iplari bilan bog’lab tashlanganligi, ojizligi, umrning bevafoligi xususida so’z yuritiladi. Ye.Yungning bu asari o’z davri adabiy muhitiga katta ta’sir ko’rsatadi va shu ta’sir negizida yangi bir she’riy yo’nalish-«qabriston she’riyati» maydonga keladi.
Umuman, ijodkorning maishiy hayoti va ijod jarayonni bilan bog’liq bunday holatlar biografik tadqiq jarayonida muhim o’rin tutadi.Badiiy asarni tadqiq etishda biografik metod tayanadigan omillardan yana biri ijodkor falsafasidir. Tadqiqotchi–biograf muayyan ijodkor asarini, ijodiga xos muhim nuqtani belgilashga urinar ekan, uning uchun bunday tadqiqotlar qanday falsafiy asosga ega ekanini bilish, muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki har qanday ijodkor hayoti davomida anglagan falsafasi asosida faoliyat yuritadi, ijod qiladi, muhim badiiy konsepsiyasini ilgari suradi. Falsafiy omil o’ta keng tushuncha bo’lib, ijodkor-shaxsning o’zi bilangina bog’liq emas. Bunda ijodkor yashagan ijtimoiy muhit, u muloqotda bo’lgan ilmiy-adabiy doiralar, u o’qigan kitoblar, uning ijtimoiy mavqyei va hokazolarning o’rni katta bo’ladi. Shu va shu kabi qismlar birlashib, ijodkor falsafasi, degan fenomenni tashkil etadi. Shuni ham unutmaslik kerakki, har qanday biografik tadqiqot falsafiy omildan holi bo’la olmaydi. Ammo tabiatan falsafiy-badiiy talqinga moyil ijodkorlarni o’rganishda bu omil o’ziga xos natija beradi. Badiiy ijodda aks etgan falsafiy konsepsiyalar asos nuqtai nazari bilan ikki xil bo’lishi mumkin. Bularning birinchisi, an’anaviy bo’lib, ijodkor zamonigacha mavjud bo’lgan va uning zamoniga doir falsafiy fikrlardan kelib chiqadi. Falsafiy badiiy talqinning bunday shakli nisbatan universalroq mohiyat kasb etadi. Ya’ni har qanday yozuvchi, shoir yoki dramaturg inson fenomenini turli vaziyat va holatlarda tasvirlar ekan, umuminsoniyat tomonidan qabul qilingan falsafiy qarashlarni bilib yoki bilmay istifoda etadi. Biroq bu o’rinda muallifning maqsadi falsafa yurgizish emas, asar qahramoni tabiatini yorqinroq ifoda etish, umumpoetik g’oyani teranroq yoritishdan iborat bo’ladi. Falsafiy–badiiy talqinning ikkinchi shakli ham yuqoridagi elementlardan tamomila xoli bo’la olmaydi. Shu bilan birga, bunda individual talqin yetakchiligi ko’zga tashlanadi. Shu xarkterdagi asarlar mualliflari esa aynan falsafaga moyil ijodkorlar sirasiga kiradilar. Ular har qanday umuminsoniy voqyelikdan falsafiy xulosalar yasashga moyil bo’ladilar.Yana bir narsani ta’kidlash joizki, badiiy ijodda falsafiy omilning namoyon bo’lishi ijodkor hayotidagi tragik vaziyatlar bilan ham bog’liq bo’ladi. Ma’lumki, qadim yunon adabiyoti nomayandasi Gesiod o’zining mashhur «Mehnat va kunlar» nomli didaktik asarida umuminsoniy, umumfalsafiy muommolar ustida ham so’z yuritadi. Insoniyat hayotini oltin, kumush, mis kabi turli davrlarga ajratib, uning davrlar oqimi bo’ylab tubanlashib borayotganiga urg’u beradi. Uning bunday fojiaviy xulosaga kelishiga sabab esa noqobil, xudbin ukasi Persning qilmishlari bilan bog’liq edi. Yevropa uyg’onish adabiyotining asoschisi Dante Aligyeri esa pok muhabbati Beatriche o’limidan so’ng (1290) butun vujudi bilan falsafaga sho’ng’ib ketadi. Arseniy Gulo’ga Fridrix Vilgelm Yozef Shelling (1775-1854) haqidagi biografik tadqiqotida shunga yaqin holatni qayd etadi. Bunga ko’ra, XIX asr 90-yillari so’ngida Shellingning go’zal ma’shuqasi Avgusta Beler yuqumli kasallikdan vafot etadi. Bunday ayriliqdan chuqur qayg’uga tushgan Shelling butun alamini ishdan oladi. Shu yillari uning naturofilosofiya nazariyasi va san’at falsafasiga doir mashhur tadqiqotlari, «Gans Viderpostning epikurona ishonch ramzi» nomli poemasi dunyoga keladi. 11 Andre Moruaning «Adabiiy portretlar» asarida Labryuyerdan Alengacha bo’lgan buyuk ijodkorlarga murojaat etilgan. Biroq bularning orasida faqat Antuan de Sent-Yekzyuperi ijodigina «Filosofiya» degan alohida sarlavha ostida tadqiq etilgan. «Ba’zi odamlar,-deb yozadi Morua «Filosofiya» bo’limi debochasida, Sent Yekzyuperi uchun yozuvchiligi, samo sayyohi ekanligining o’zi kifoya, deb o’ylaydilar va aytadilarki: «Nega u faylasuf bo’lmagani holda falsafa yuritishga urinadi». Menga esa uning aynan faylasufligi yoqadi».12 Sent-Yekzyuperiga xos, Andre Morua ta’kidlagan falsafa ijodkorning individual falsafasiga yorqin misol bo’la oladi. A.Morua talqiniga ko’ra, yozuvchining shaxsiy qarashlari badiiy voqyelik qatlarida muayyan obraz falsafasi o’laroq namoyon bo’ladi.
Xullas, badiiy ijod jarayonida kuzatiladigan bunday jihatlar biograf-tandqiqotchining ham ma’lum ma’noda faylasuf bo’lishini va jahon falsafasi tarixini bilishini talab etadi. Sho’ro davri tadqiqotchilari biografik metodning xorijdagi namoyondalarini ko’pincha ijodkorning ijtimoiy muhit prizmasida o’rganmaslikda ayblar edilar. (Ma’lumki, Ijodkor biografiyasiga markscha yondashuvning muhim sharti sifatida «yozuvchi yoki olim ijodini ma’lum ijtimoiy–tarixiy faoliyatning inkosi o’laroq tadqiq etish» edi.)13 Biroq biografik metodning yirik vakillari Sh.Sent-Byov, A.Morua tadqiqotlariga xolis yondoshsak, bunday qarashlar o’zini oqlamasligiga amin bo’lamiz. Avvalo shuni ta’kidlash kerakki, biografik metodning kurtaklari bevosita ijtimoiy muhitdagi muayyan o’zgarishlar ta’sirida maydonga kelgan. Xususan, Sent-Byov o’zining matbuotdagi chiqishlari bilan ijtimoiy tafakkur vakili sifatida namoyon bo’ladi. Uning: «Asl tanqidchi jamotchilikdan yuqori turadi, ijtimoiy fikrni boshqaradi, agar jamiyat turg’unlikka yuz bursa, to’g’ri yo’ldan adashsa, bunday bo’ron paytida baralla ovozda ularni to’g’ri yo’lga chorlaydi»,14 degan so’zlari rus tanqidchisi V.Belinskiy fikrlarini yodga soladiki, ba’zi sho’ro tanqidchilari bu ikki olim qarashlarini ziddiyatda talqin etishga mayl ko’rsatadilar.15 Ikkinchidan, Sent-Byov va A.Morualarning deyarli barcha tadqiqotlarida ijodkor-obyekt qizg’in ijtimoiy faoliyatda o’rganiladi. Misol tariqasida A. Moruaning Shatobrian haqidagi tadqiqotini keltirish mumkin. Tadqiqot markazida Shatobrianning o’ta shaxsiy va psixologik asari «+abrdan maktublar» (Zamogilno’ye zapiski) turadi. Agar sho’ro tadqiqotchilarining g’arb biograf-tadqiqotchilari haqidagi fikrlariga ishonadigan bo’lsak, A.Morua ushbu asar asosida Shatobrianning ruhiy dunyosiga, qalbining eng qorong’u nuqtasigacha kirishi, tom ma’noda individual talqinga berilishi lozim edi. «+abrdan maktublar» asariga xos sentimental tasvir, tushkun kayfiyat, intellektdan ko’ra hissiyotning ustunligi bunday talqinga yuz foiz izn berar edi. Lekin asar ko’proq Shatobrian shaxsiyati, ijtimoiy faoliyati, siyosiy qarashlrini yoritish maqsadida o’rganiladi. Bunday tushkun ruhdagi asarning yuzaga kelishi ham Fransiyaning Germaniya va Angliyadagi elchisi bo’lib ishlagan yozuvchiga nisbatan qilingan tazyiqlar, u kuzatgan xalqlarning turmush tarzi, uning ijtimoiy pozisiyasi nuqtai nazaridan talqin etiladi.16 Bunday misollarni xorijda yuzaga kelgan biografik tadqiqotlarning aksariyatida uchratish mumkin. Uchinchidan, biz yuqorida biografik metodning tom ma’nodagi ijtimoiy tushuncha-gumanizm bilan bog’liqligi haqida so’z yuritdik. Holbuki, badiiy ijodga gumanistik yondashuv istasak-istamasak ijodkor va badiiy obraz, real voqyelik va badiiy voqyelik, hayot va poetik mazmun sintezni talab etadi. Bunday talqining esa ijtimoiy komponentdan xoli bo’lishi mumkin emas. Bu haqida rus olimi M.Treskunov shunday yozadi «Sent-Byov o’zining tanqidiy etyudlarida biografik talqin orqali ijodkor shaxsiyatini tushunishga, tushuntirishga urinadi. Buni to’g’ri anglamasdan turib, Sent-Byov tadqiqotlarini tarixiy nuqtai nazaridan xolis baholash mumkin emas. Boshqa burjua tadqiqotchilaridan farqli o’laroq, u yozuvchi shaxsiyatini badiiy ijodning yagona substansiyasi deb hisoblamagan. Aksincha, uning ishlarida ijodkor shaxsiyati makon va davr ruhiyatini aks etiruvchi oyna sifatida tushunilgan».17
Demak, biografik tadqiqotning ijtimoiy voqyelik bilan mushtarak jihatlari talaygina. Aniqrog’i ijtimoiy voqyelikdan yuz foiz uzilgan biografik tadqiqot hyech qachon o’zini oqlamaydi. Ijod jarayoni ma’lum darajada muallifning psixologik holatlari bilan bog’liq. Shu bois psixologik omil biografik metod uchun muhim sanaladi. Ko’p hollarda buning psixobiografiya deb atalishi ham shundan. Buni Sent-Byovning o’zi ham e’tirof etib, shunday yozgan edi: «Mening tanqidim ixtiyorsiz ravishda har bir yozuvchi, har bir asarni psixologik tadqiq etishga qaratiladi».18 Uning fikricha, psixologik talqin iqtidoriga ega bo’lgan tadqiqotchidan biror yozuvchi, ayniqsa, shoir o’ta teran sirlarini ham yashira olmaydi. Psixologik omil biografik tadqiqot uchun ikki yoqlama ahamiyat kasb etadi. Buning birinchisi, bevosita ijodkorning biografik dunyosi, real borlig’i bilan bog’liq bo’lib, mazkur individuumga xos psixolobiologik, psixososiologik unsurlarni namoyon qiladi. Ikkinchisi, ayni unsurlarning badiiy asarda, voqyelik va obrazlar talqinidagi o’rinini aniqlashga xizmat qiladi. Buning ibtidoiy shakllari ilk biografik tadqiqotlarda ko’ringan bo’lsa, keyinchalik ijod psixologiyasi degan maxsus ilmiy yo’nalishga asos bo’ldi.Sent-Byov o’zining Viktor Gyugo haqidagi tadqiqotida badiiy ijodning yosh psixologiyasi bilan mushtarak jihatlariga e’tibor qaratadi. Xususan, «Byug Jargal» asarining dunyoga kelishi jarayonlari, asarning turli yillarda yozilgan variatlari haqida so’z yuritadi. Uning yozishiga, mashhur «Byug Jargal» asarining ilk variantini Gyugo 16 yoshida, ikki hafta ichida yozgan. O’sprin psixologiyasiga xos voqyelikni romantik qabul qilish, tezroq hikoya qilib berishga intilish xususiyati ushbu variantning nisbatan noobyektiv chiqishiga, janr nuqtai nazaridan novellaga o’xshab qolishiga sabab bo’lgan. Ijod jarayonida ko’zga tashlanadigan bu kabi psixologik holatlarni Sent-Byov shunday tushuntiradi: «O’spirinlik davrida dunyo ko’zimizga nihoyatda betartibdek, hayot yorqin nur tartib turgan sirli minoradek, yo’limizda uchragan odamlar esa juda yaxshi yo o’ta axmoq, haddan ziyod jirkanch yoki o’ta buyuk bo’lib ko’rinadi».19 Sent-Byov Gyugo ijodidagi bunday nozik jihatlarni nafaqat «Byug Jargal» va uning turli variantlari, balki yozuvchining boshqa romanlari bilan muqoyasada yoritadi. Psixologik holatlarni turli rakurslarda, butun nozikliklari bilan yoritishga urinadi. Shunday yondashuvni uning «Russo «Tazarrusi» nomli tadqiqotida ham kuzatamiz. Biroq shunga qaramasdan, Sent-Byovga xos psixologizm Andre Morua tadqiqotlaridagi psixologik talqiniga nisbatan jo’nroq, ibtidoiyroq tasavvur beradi. Aniqrog’i, Sent- Byov ishlarida asosiy psixologik talqin mashinasi rolini tadqiqotchining o’tkir nazari, iste’dodi, tajribasi bajarsa, A.Morua ishlarida tizimli metodologik asos va tadqiqotchi fenomeni mushtarakligi kuzatiladi. Har ikki olimning J.J. Russo haqida tadqiqotlari bor. Har ikki tadqiqot uning «Tazarru» asariga bag’ishlangan. Ularga xos psixologik talqin prinsipidagi farq ham shu tadqiqotlarda yaqqolroq namoyon bo’ladi. Masalan, Sent-Byov Russo «Tazarru»sidagi chin iqrorni insoniyatga xos bo’lgan umumpsixologik holatlar bilan asoslashga urinadi. Hatto Russoning: «Inson ichki dunyosi uning asl hayoti faqat ungagina ma’lum. Inson o’z botiniy dunyosini tasvirlar ekan, aslida uni yashirishga urinadi. Go’yo hayoti xususida rost gapni aytayotib, o’zini targ’ib etadi. U hyech qachon o’zini bo’lgani kabi ko’rsatmaydi, balki xohlaganidek ko’rsatadi»,20 degan muhim gaplarini e’tibordan chetda qoldiradi. Andre Morua esa Russoning «Tazarru» asarini hyech ikkilanmasdan «ayyorona roman» deb aytadi. Asar tadqiqiga kirishar ekan, Russoning «Monten haqgo’y yolg’onchi» degan so’zlariga replika tarzida «Russonning o’zi «haqgo’y yolg’onchi» bo’lmaganmikan? Mutloq haqgo’y bo’lish mumkinmi? deya savol qo’yadi. Xususan, Russoning seksual hayotiga doir iqrorining rostligini e’tirof etgan holda, «bunday rostgo’ylikning asoslari uning tabiatiga xos eksgibsioniizmdan dalolat» ekanligini qayd etadi. Moruaning fikriga ko’ra, de Varons xonim bilan insestual aloqalari haqida ochiq yozgan Russo, bundan cheksiz lazzat olgan va ayni paytda o’quvchining jilovsiz qiziqishlarini nazarda tutgan.21 Andre Moruaning Marsel Prust haqidagi tadqiqotida ham yuqoridagi kabi chuqur psixologik talqin ko’zga tashlanadi. Butun umr astmaning og’ir shakli bilan og’rib o’tgan Prust bolaligida oila davrasida so’ngsiz mehribonchiliklar ko’rgan. Ammo u ulg’ayib o’z yaqinlaridan birin-ketin ajraladi. Tabiiy ravishda bolaligidagi kabi nozik muomala, mehr-shafqat ham yo’qlikka yuz tutadi. A.Morua ushbu holatni M.Prust ijodining negiziga qo’yib o’rganadi. Uningcha, Prust ijodining markazida bolalik hayotini, undagi mehr-muhabbatni qo’msash turadi va bu armon Prustning barcha asarlarida ortiq darajada aks etgan.22
Xullas, keltirilgan dalilarga asoslanib aytish mumkinki, biografik metodning dastlabki shaklida psixologizm tarzida namoyon bo’lgan ushbu omil, A. Morua ijodida anchayin murakkab ko’rinish olgan. Bu esa A.Moruaning Z.Freyd psixoanalizidan ta’sirlanganini, psixoanalitik konsepsiyalaridan o’z tadqiqotlarida foydalanganini ko’rsatadi.Nazariy-estetik talqinda biografik talqinning bevosita adabiy ijod bilan mushtarak jihatlari bosh masala hisoblanadi. Bundan kelib chiqadiki, yuqorida so’z yuritilgan omillar biografik metod spesifikasi uchun naqadar katta rol o’ynamasin, adabiy-estetik nuqtai nazardan yetakchi omil bo’la olmaydi. Bu o’rinda gegemonlik vazifasini filologik omil bajaradi. Badiiy ijod jarayonini filologik omilga tayanmasdan turib tadqiq etish, biograf-tadqiqotchini asl mohiyatdan uzoqlashtiradi. Buning sababi o’ta oddiy bo’lib, badiiy ijodning filologik komponetlar tizimidan iboratligi bilan izohlanadi. Badiiy asarda har qanday poetik fikr, har qanday noyob hissiyot ifodalanishidan qat’i nazar, bu jarayon so’z vositasida amalga oshadi. Biografik metod tayanadigan asosiy fenomen-ijodkor ham faqat so’z bilan ishlaydi. Badiiy ijod o’rganilar ekan, istisnosiz tarzda, ijodkor ruhiyatida, miyasida kechadigan jarayonlar, uning leksikonida mavjud so’zlar zahirasi emas, badiiy matn shakliga tushgan so’zlar tizimi e’tiborga olinadi. Bir so’z bilan aytganda, badiiy asar matni, uning ifoda usuli, unda mavjud tovushlar so’z komponetlari, gaplar, fabula, kompozision qurilish va xokazolar ijodkor shaxsiyati bilan sentez qilinadi hamda ma’lum natijalarga erishiladi. Ijodiy individualik, mahorat, u bunyod etgan poetik kashfiyotlar, uning muayyan tarixiy davr yoki muhitida tutgan o’rni masalalari shu yo’l bilan belgilanadi. Yuqorida umumiy tarzda so’z yuritilgan jarayonlar biografik metod vakillari asarlarida tarqoq holda bo’lsa ham, ko’p o’rinlarda kuzatiladi. Jumladan, A.Morua XIX asr mashhur fransuz yozuvchisi Jon Kokto uslubi haqida shunday yozadi: «Men uning tasvirlash mahoratini ko’p bor kuzatganman. U mudom shiddatkor va g’ayratli, so’zni o’ta iqtisod qiladi. So’z topishdan oldin uzoq o’ylanadi, qay yo’l bilan bo’lmasin nishonga aniq uradi».23 Morua J. Koktoning so’z qo’llash mahoratini M.Prust, P.Valerilar bilan qiyoslar ekan, uning quyidagi so’zlariga urg’u beradi: «Tush uyquda tug’ilgani singari, poetik kashfiyot iborada tug’iladi». Yoki Sent-Byovning J.J Russo haqidagi tadqiqotida yozuvchi tabiatiga xos nozik bir xususiyat aynan uslub, so’z qo’llash jarayoni orqali ochib beriladi. «Russo ijodida ayollar tasviri boshlangan joyda uslub o’ta noziklashadi. Bir yaxshi tanqidchi to’g’ri ta’kidlaganidek, uning ijodida ayollar katta rol o’ynagan. Demakki, Russo uslubidagi bu xususiyat uning tabiatidagi ayolga o’chligi, to’g’rirog’i ishratparastligi bilan izohlanadi».24
Xullas, shu va shunga o’xshash ko’plab dalillarga tayanib aytish mumkinki, filologik omil bir butun tizim sifatida biografik metodining yetakchi komponenti hisoblanadi.Nazarda tutish joizki, biografik talqin metodologik nuqtai nazaridan bir necha shakllarga ega. Yuqorida so’z yuritilgan nisbiy sanoqdagi tayanch omillar bu shakllarning barchasida u yoki bu darajada namoyon bo’ladi. Biografik talqinning samarali va keng tatbiq etilgan shakllari, bizningcha, uchta. Bularning birinchisi ijodkor shaxsiyatini markaziy o’ringa qo’yib o’rganishga asoslanuvchi, akademik yo’nalishga yaqin, biografik tadqiqotlar hisoblanadi. Tom ma’noda ilmiy-nazariy salmoq va metodologik prinsiplar shunday tadqiqotlarda namoyon bo’ladi va, ayni jihati bilan bu shakl yetakchi o’rinda turadi. Bunga misol tariqasida Sh.Sent-Byov, A.Morualar nomi ostida nashr etilgan «Adabiiy portretlar» kitoblarini va sho’ro davrida chop qilingan «Ajoyib kishilar hayoti» (JZL) seriyasidagi asarlarni ko’rsatish mumkin. Ikkinchi shakl adabiy portret janri sifatida taqdim etiladi. Ammo bunday asarlarda dallilarga tayanish, hujjatlilik xos bo’lsa ham, asosan, bayonchilik, publisistik talqin gegemonligi kuzatiladi. A.Moruaning «Uch Dyuma», «Prometey yoxud Balzak hayoti» yoki Yan. Parandovskiy, S.Sveyg kabilarning ma’lum asarlarini shu siraga kiritish mumkin. Uchinchi shaklga biografiya chegarasida fikr yuritish ko’zda tutilsa ham, asosiy urg’u badiiy talqinga qaratiladigan, muayyan ijodkor-shaxs hayoti asos qilib olingan biografik romanlar, biografik qissalar kiradi.
Xulosa qilib aytganda, biografik metodning shaklanishi va taraqqiyot jarayonlari jahon estetik tafakkuri tizimidagi qonuniy hodisa hisoblanadi. Shu sababli bu metod hozirgacha ma’lum ma’noda o’z vazifasini o’tab kelyapti. Unda, garchi sistemali bo’lmasa ham, mavjud fanlar, oqimlar va qarashlarga doir elementlar mujassamlashgan. Shuningdek, biografik metod adabiyoshunoslik, tilshunoslik, falsafa, psixologiya, sosiologiya, tarix, geografiya kabi fanlar negizida yuzaga kelgan qonuniyatlarni istifoda etishga asoslanadi. Ammo ushbu metod tom ma’noda samarali va universal bo’lishi uchun sanalgan omillar mohiyatiga chuqurroq kirishi maqsadga muvofiqdir.

Download 283,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish