UMAR SAYFIDDIN (1884-1920)
XX asr turk adabiyotining yirik vakillaridan biri Umar Sayfiddin 1884-yilda Turkiyaning Go'nen shaharchasida dunyoga keldi. Maktabdan so'ng harbiy tahsil oldi. 1903-yilda harbiy maktabni tugatib, 1908-yilga qadar Izmir va uning atrofida zobit bo'lib xizmat qildi. Jandarma bilim yurtida dars, berdi. Hayotining Izmirda kechgan davri bo'lajak adib uchun ijodga tayyorlanish yillari bo'ldi. Umar Sayfiddin 1908-yilda Salonikiga yuborildi. Bolqon yarimoroli ixtiloflar bilan to'lib-toshgan, u yerdagi elatlar o'z mustaqilliklari uchun turklarga qarshi qo'zg'algan bir payt edi. Umar Sayfiddin shunday bir sharoitda Rumelining qator qishloq va shaharlarida turli mansablarda xizmat qildi. Xizmati davomida duch kelgan turfa hodisalar uning milliy tuyg'ulariga ham ta’sir etmay qolmadi. Buni hikoyalaridagi millatparvarlik ruhida yaqqol ko'rish mumkin. Adib 1910-yilda harbiy xizmatdan bo'shab, Ali Jonib va Ziyo Ko'kalp singari turk ma'rifatparvarlari bilan birgalikda <
1 Saloniki - Bolqon yarimorolidagi shahar. 2 «Yangi til» - turk tilining tozaligi uchun kurash olib borgan harakat nomi.
Syfiddin bu harakat orqali «adabiyotda va tilda bir inqilob» yasash fikrida edi. Ularni «yangi tilchilar» deyishardi: «Yangi tilchilar»ning g’oyasi yozuv tilini turk tili qoidalariga bo'ysundirish edi. Jurnalning dastlabki sonidagi «Yangi til» nomli maqolasida Umar Sayfiddin o'sha paytdagi turk tilining hech kim so'zlashmaydigan lotincha, ibroniycha so'zlar bilan to'ldirilgan, millatga begona, ayrim mutaxassislargagina anglashiladigan bir til ekanligini aytadi. Uningcha, Turkiya adabiyoti Sharqda Eronga, G’arbda Fransiyaga ergashmoqda. Bugun Fransiya izidan borayotganlar bilan eskidan Eronga taqlid qilib kelganlar oraslda hech qanday farq yo'q. Oldinlari forscha she'r yozib, bundan g'ururlanib yurganlar bo'lgani singari endilikda fransuzcha she'r yozganidan faxrlanadiganlar bor.Umar Sayfiddin «sarvati funun» tarafdorlarining ba'zi misra va jumlalarida birorta ham turkcha so'z yo'qligini misollar asosida keskin tanqid qiladi. Umar Sayfiddin yangi bir milliy tilni shakllantirmoq lozimligini so'zlaydi. Uningcha, eski til xastadir. Uni tuzatish uchun bir qator choralar ko'rmoq lozim. Umar Sayfiddin fikricha, xalq bilmaydigan, ishlatmaydigan arabcha va forscha grammatik qoidalarga, so'zlarga, imkon boricha, o'rin bermaslik zarur. Yozuv tilida faqat milliy grammatik qoidalar qo'llanilmog'i lozim. Umar Sayfiddin 1912-yilda yana harbiy xizmatga qaytadi. Bolqon urushida serblar, yunonlarga qarshi jang qiladi. Urushda asir tushib, bir yil Yunonistonda qolib ketadi. Urushdan so'ng iste'foga chiqib, Istambulga keladi. «Turk so'zi» jurnalida bosh muharrir bo'lib ishlaydi. Ayni paytda Istanbulda turli o'quv yurtlarida adabiyotdan dars beradi. «Xalqqa do'g'ru» (Xalqqa yuz burish), <
1 Ibroniycha - eski juhudcha. 2 Sarvati funun - so'zma-so'z “ilm boyligi». XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkiyada shakllangan ma'nfatchilik harakati nomi.
Yozuvchining inson tabiatidagi kamchiliklarni tasvir etishga bag'ishlangan hikoyalarida hajviy ifoda kuchli. Asarning ta'sir kuchini oshirish maqsadida hikoyani kutilmagan tarzda yakunlash muallif uslubining o'ziga xos xususiyatlaridan hisoblanadi. Umar Sayfiddinning «adabiyotsiz adabiyot yaratish» shiorijga muvofiq ish tutganligi, ya'ni asar yaratishda jimjimadorlilkka, kitobiylikka berilmay, «porloq jumlalar»siz, oddiy so'zlashuv tilida yozish uslubi hikoyalarining mashhur bo'lishiga olib keladi. Adabiyotda inqilobiy o'zgarish qilishga urinish, mavzuni kundalik oddiy voqealardan olib, kichik hikoyalar yozish Umar Sayfiddinning ijodiy qiyofasiga xos xususiyatlardan edi. «Naqarot» hikoyasi muallifning nazariy qarashlariga mos kelishi va tasvir mahoratining o'ziga xosligi jihatidan diqqatga sazovor asardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |