Badiiy so’z qudrati


OMON MATJON (1943-yilda tug'ilgan)



Download 0,84 Mb.
bet22/80
Sana12.01.2017
Hajmi0,84 Mb.
#401
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   80
OMON MATJON (1943-yilda tug'ilgan)

Men she'r yozsam,

Endi uni qog'ozga emas,

Anov yal-yal yonayotgan o'tga yozaman.



Omon Matjan.

Hozirgi zamon o'zbek she'riyatining yirik vakili Omon Matjon 1943-yil 14-fevralda Xorazm viloyati Gurlan tumanining Bog'olon qishlog'ida tug'ilgan. Otasi Matjon Jumaniyoz o'g'li qishloq pochta bo'limi boshlig'i bo'lgan. Katta bobosi Jumaniyoz yirik savdogar boy bo'lgan. Oktabr to'ntarishigacha Rossiyaga savdo ishlari bilan yigirma ikki marta borib kelgan. XX asrning 20-yillarida boshlangan quloqlashtirish voqealarini ko'rib, oqiba­tini o'ylab, bor mol-mulkini hukumatga to'liq topshirgan. Omonning onasi Xotira opa go'zal va oqila ayol bo'lib, bo'lajak shoir hali go'dak ekanida dunyodan o'tgan. Omon Matjon o'z bolaligini quyidagicha eslaydi: «Otam pochtada ishlaganlaridan uyda non bo'lmasa-da, gazeta-jurnal bo'lar edi. Esimda, 1953-yilning 5-martida maktabda ertalab, hovlida majlis bo'lib, maktab o'quv bo'limi mudiri Stalinning o'lganini yig'ilganlarga ma'lum qildi. Bolalar, muallimlar dod-faryod solib qoldilar, tuproqqa yiqilganlar bo'ldi. Men yig'lab uyga keldim. «Ota, Stalin otamiz o’libdi!» U kishi mollarga xashak solib yurgan edilar: «Nishatiyin, mening otam ham o'lgan!» - dedilar beparvo!» Iste'dodli, ta'sirchan va g'oyat ko'p o'qiydigan Omon Matjon uchinchi sinflarda o'qib yurgan paytlarida she'rlar, ertaklar yozgan. Ilk she'ri Yangibozor rayon gazetasida 1958-yilning 15-martida bosilib chiqqan. O'n olti yoshida o'rta maktabni tugatgan Omon so'zga mehr qo'ygani sabab filologlikni tanlamoqchi bo'ladi. Ammo otasining istagiga bo'ysunib, Aloqa institutiga hujjat topshiradi. Imtihonlardan o'tolmagach, radio-telefon tuzatish kursida o'qib, montyorlik qiladi. Keyingi yili Samarqand universitetining filologiya fakultetiga o'qishga kiradi. O'rtada Germaniyada, sho'ro qo'shinlari safida harbiy xizmatda bo'ladi. Qismning katta kutubxonasidagi deyarli bar­cha asarlarni o'qib chiqadi. Harbiydagi uch yil bo'sh ketmasin deb, har kuni kamida bittadan she'r yozadi. Xizmatdaligida yozgan she'rlaridan bir turkumini o'zidan bir yil oldin uyiga ketgan do'stidan berib yuboradi. «Sharq yulduzi» jurnalining 1965-yil 5-sonida askarning she'rlari bosilib chiqadi. Shundan buyon shoirning «Ochiq derazalar» (1970), «Karvon qo'ng'irog'i» (1973), «Quyosh soati» (1974), «Yonayotgan daraxt» (1977), «Yarador chaqmoq» (1979), «Haqqush qichqirig'i» (1979), «Seni yaxshi ko'raman» (1981), «Daraxtlar va giyohlar» (1984), «Gaplashadigan vaqtlar» (1986), «Ming bir yog'du» (1989), «O'rtamizda birgina olma» (1990), «Qush yo'li» (1993), «Iymon yog'dusi» (1994), «Saylanma» (1997), «Ardaxiva» (2001) singari yigirmadan ortiq kitobi dunyo yuzini ko'rgan. Omon Matjonning ish faoliyati ham havas qilgulik. Shoir oliy maktabni bitirgach, Toshkentga kelib, G'afur G'ulom nomidagi nashriyotda muharrir, bo'lim mudiri, so'ng <1 Nishatiyin - nima bo'pti? Shevaga xos.

Matjonning tuyg'ular olamiga ta'sir qilgan insoniy fazilatlari Ko'pincha Xorazm vohasida yashayotgan kishilarga mansubdir. Uning barcha asarlarida chin insoniy tuyg'ular, yetuk insonlarning orzu-intilishlari tiniq ranglarda tasvir etiladi.


Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish