Badiiy so’z qudrati


RAUF PARFI SHE'RLARI TO'G'RISIDA



Download 0,84 Mb.
bet21/80
Sana12.01.2017
Hajmi0,84 Mb.
#401
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   80
RAUF PARFI SHE'RLARI TO'G'RISIDA

Rauf Parfi she'rlari zamonaviy o'zbek poeziyasida tamomila o'ziga xos hodisadir. Uning ijodida biror voqeani tasvirlashga bag'ishlangan voqeaband she'rlar yo'q hisobi. U inson ruhining kuychisi. Qadim o'tmish ham, bugungi muhim hodisalar ham shoir tuyg'ulariga qattiq ta'sir etadi va muayyan kayfiyat uyg'otadi. Rauf Parfi o'z she'rlarida ana shu kayfiyat­larning manzarasini rassom kabi aniq chizadi. Uning she'rlari o'quvchini o'yga toldiradi. Tasavvur dunyosi keng bo'lmagan, o'zining kechinmalarini kuzatib o'rganmagan odam bu asar­larni birdaniga tushuna olmaydi. Rauf Parfi - obrazli fikrlashga moyil shoir. U jo'nlikdan, hammaga ma'lum gaplarni aytishdan qochadi. Har qanday voqea-hodisaning hech kim payqamagan jihatini ko'ra biladi va shu tufayli paydo bo'lgan holatning haqqoniy manzarasini yorqin chizadi. Shuning uchun ham «tong otdi» degan oddiy xabardan juda go'zal poetik obraz yarata oladi:

Tong otmoqda. Tong o'qlar otar,

Tong otmoqda, quyosh - zambarak.

Yaralangan Yer shari yotar,

Boshlarida yashil chambarak.

Tonggi quyoshdan taralayotgan olov nurlari tong otayotgan o'qqa o'sha nurlarni taratayotgan quyoshning o'zi esa zam­barakka o'xshatilayotir. Nurga cho'milgan Yer kurrasi o'sha o'qlardan yaralangan. Hayotbaxsh bu o'qlar tufayli Yerning boshida yashil chambarak, ya'ni hayot. Tabiatning qanchalik shoirona tasviri! Ayni vaqtda o'xshatishlar naqadar aniq! Rauf Parfining she'rlari bir qarashda juda g'amginday tuyuladi. Aslida haqiqiy she'riyatda hamisha insonning dardi kuylanadi. Dard esa g’amginlikni talab qiladi. G'am insonni poklaydi. Uning yuragini illatlardan, qabohatlardan tozalaydi. Alisher Navoiyning barcha asarlarida shuning uchun ham g'am yetakchilik qiladi. Rauf Parfi nimani qalamga olmasin inson ruhiyatini tasvirlashni asosiy maqsad qilib qo'yadi. «Ona Turkiston» she'rida ozod Vatan yo'lida boshini tikkan milliy qahramonimiz, tengsiz iste'dod egasi bo'lgan yozuvchi Abdulla Qodiriy obrazi ham, «Cho'lpon» she'rida esa ona tilining, ona xalqining erki uchun o'limga tik qaray olgan mislsiz iste'dod va jasorat egasi Cho'lpon ham his-tuyg'ulari og'ushida ko'rsatiladi. Shoir ularning ishlarini sanab o'tirmaydi. Balki bu ulug' odamlarning sof tuyg'ularini, kechinmalarini tasvirlaydi:

Shu qadar yuragi tormidir - dunyo,

Nahot farzandiga - o'ziga g'anim.

O'zi yuragimga jo bo'ldi, ammo

Nechun sig'dirmadi, nechun, Vatanim?!

Rauf Parfi tilning nozikliklarini chuqur his qiladi. Shuning uchun ham faqat so'zlarning emas, balki tovushlarning ham uyg'unligini ta'minlashga intiladi. Shu bois uning she'rlari o'quvchining esida qoladigan obrazlar bilan to'lib-toshgan bo'ladi: «Yomg'ir yog'ar, shig'alab yog'ar. Tomchilar tomchilar boshimga» yoki «Poyezd chopar, poyezd chopar, Poyezd chopar Sibirdan. Abdullajon jonsiz yotar, Qarorgohi temirdan». Rauf Parfi she'rlari o'zbek adabiyotidagi eng ilg'or usullarining badiiy ifodasidir. Uni tushunish sizning madaniy saviyangizni yuksaltiradi. Shoir she'rlarini tushunishning siri - ularni sabr bilan sinchiklab o'qishda.




Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish