“Badiiy o’qish” kursiga kirish



Download 223,5 Kb.
bet6/9
Sana27.04.2023
Hajmi223,5 Kb.
#932541
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
BO`D 2-mavzu

Ogʻzaki drama, ogʻzaki dramaturgiya — xalq orasida yaratilgan, xalqqa namoyish etiladigan oʻyin-to-moshalar tarzidagi aloxida folklor janri. Jahondagi barcha xalklarning yozma dramaturgiyasi Ogʻzaki dramadan boshlangan. Ogʻzaki drama xalq anʼanaviy teatri bilan chambarchas bogʻlangan hodda shakllanib rivoj topib kelgan. Uning matni anʼanaviy fabula va baʼzi barqaror dialoglar aso-sida ijro paytida toʻqilgan. Xalq Ogʻzaki drama tomoshalarining syujeti, odatda, sodda boʻlib, asosiy eʼtibor syujetga emas, vaziyatga, qahramonlarning xrlatiga qaratilgan, unda dialog va ijro paytida toʻqiladigan epizodlar muhim rol oʻynagan. Ayniqsa, hajviy dialogning ishlanishiga koʻp eʼtibor qilingan. Ogʻzaki drama tomoshabinlarni kuldiribgina qolmasdan, katta ijtimoiy va tarbiyaviy aqamiyatga ham ega boʻlgan.
Oʻzbek xalq Ogʻzaki dramasi oʻrta asrlarda masharabozlar va qoʻgʻirchoqbozlar sanʼati bilan bogʻliqholda maydonga kelib, katta taraqqiyot yoʻlini bosib oʻtgan. U professional masharabozlar, muqallidlar, qiziqchilar, qoʻgʻirchoqbozlar tomonidan badiha yoʻli bilan toʻqilgan.
Ogʻzaki drama "Tanqid", "Muqallid", "Kulki-hikoya", "Qoʻgʻirchoq oʻyin" deb atalgan pyesalar turkumlarini oʻz ichiga oladi. Tematik jihatdan Ogʻzaki drama nihoyatda boy. Unda xalq turmushi, urf-odatlari, mehnati bilan bogʻliq boʻlgan voqealar ham oʻz aksini topadi. Ogʻzaki drama Oʻzbekistonda yozma professional dramaning yaratilishi va shakllanishida muhim rol oʻynadi. H. H. Niyoziy oʻz dramaturgiyasida, jumladan, "Tuhmatchilar jazosi", "Maysaraning ishi" komediyalarida xalq ijodining boshqa turlari qatori Ogʻzaki drama motivlari va tasviriy vositalaridan foydalangan. Ogʻzaki drama anʼanalarini mashhur qiziqchilar Yusufjon Shakarjonov, Berdiyor Diyorov, Oxunjon Huzurjonov, Hoji tamtamlar davom ettirib, sanʼ-at rivojiga muhim hissa qoʻshdilar.
Yevropa mamlakatlarida ham Ogʻzaki drama mehnat faoliyati bilan bogʻliq holda shakllangan. Uning asosini yil fasllarining almashishiga hamda dehqonchilik ishlariga bagʻishlangan oʻyinlar tash-kil etadi. Mac, Gʻarbiy Yevropada qishni kuzatish bilan bogʻliq maslenitsa bay-ramlarida qish va yozning kurashi ram-ziy obrazlar orqali namoyish etilgan. Dastlab Germaniyada rivojlangan bu mavsumiy oʻyintomoshalar keyinchalik, 15 —16-asrlarda Italiya, Fransiya va boshqa mamlakatlarda ham tarqalgan. Ros-siyada Ogʻzaki drama 17 — 18-asrlarda paydo boʻlgan. Yevropa mamlakatlarida tarkalgan Ogʻzaki drama ham shu mamlakatlardagi milliy yozma dramaturgiya rivojiga katta taʼsir koʻrsatgan.
Hayotiy ko`lamning kengligi, murakkab insoniy taqdirlar, qaxramonlar ruhiyatidagi sanoqsiz tovlanishlar voqealar asnosida idrok etilishi lozim bo`lgan epik asarlarda tahlil ham o`ziga xos tarzda amalga oshiriladi. Epik asarlarda kechinmalarning o`zini, kayfiyatlarning ifodasini berishdan ko`ra, tuygularning paydo bo`lish jarayoni, ularning ildizlari ko`rsatilishiga e'tibor qaratiladi. Epik asarlarda badiiy tahlil ham ko`lamdor, ko`p bosqichli bo`ladi. Epiklikning eng asosiy belgisi: vokeabandlik va tasvirda tafsilot mavjudligidir. Qaysi janrda bo`lishiga qaramay, epik turga mansub asarlarda personajlar ozdir-ko`pdir voqealar qo`ynida tasvirlanadi va ularning tabiatlari hodisalar tasviri asnosida namoyon bo`la boradi.
Epik asarda dramadagi singari makon va zamonda sodir bulgan vokealar aks ettiriladi. Epik asarning uziga xosligini ta'minlaydigan asosiy jixat unda bayoning tashkiliy urni muximligidan iboratdir. Nutk egasi, suzlovchi yoki bayonchi guyo oldin bulib utgan vokeani xikoya qilib berayotganday buladi va ayni vaktda yul-yulakay turli xolatlarni, personajlar kiyofasini tasvirlaydi, ba'zan izoxlaydi. Epik asarlarning, odatda, xajman yirikligi, ko`pincha, lirik asarlar singari bir zarb bilan o`qib chiqib bo`lmasligi, uning ta'sir ko`rsatishi ham serqatlam ekanligi tahlilda e'tiborga olinishi lozim.Bu xil asarda tuyg`ular oqimi bir tarafga yo`nalgan bo`lmaydi. Unda to`qnashuvlar, xis-xayajonlar, olkishu kargishlar, ma'qullashu inkorlar goyat sertarmoq, ko`p xarakterli bo`ladiki, tahlilchi ana shu badiiy oqimlar orasida tadqiqining kalavasini yukotib kuyishi mumkin. Epik asarlarni taxlil kilishning uziga xosligini keltirib chikargan omillar ayni shu xajm va kulamdir.
Lirikada mavjud ob`yektiv voqe`likdan ko`ra ijodkor shaxsining his-tuyg`ulari, qalb kechinmalari, lirik qahramonning ichki dunyosi birinchi o`rinda turadi. Barcha ifoda shoirning meni orqali o`tadi. Lirikada eposdan farqli o`laroq muayyan epic syujet bo`lmaydi. Lirik asarlarda muallif xissiyotini yashirib utirmaydi, butun asar faqat tuygular junbushiga kuriladi, kechinmalar kanchalik kuchli va ularning ifodasi kanchalik yorkin bulsa, lirik asarlardan chikadigan badiiyma'no xam shunchalik salmokli buladi.Epik asarlarda esa, muallif tuygusi xam, lirik asarlarda mutlako bulmaydigan personajlar kechinmalari xam, kupincha, ochik xolda kelmaydi. Bu xil asarlarda xissiyot vokealar qa'riga berkitilgan buladi.
Aslida dramatik asarlar taxlili xam xuddi epik va lirik turdagi asarlarni taxlil kilishga judaxam uxshab ketadi. Ammo dramatik turdagi asarlar fakat ukish uchun emas, balki asosan kursatish, namoyish etish uchun xam yozilganligi sabab teatrga xos xususiyatlar xisobga olinishi,ya'ni yaratilayotgan vaktidayok asarning spektaklga aylanishi kuzda tutilishi joiz. Dramatik asarlar taxlili uzgacha sinchkovlikni talab etadi. Aslida suz va teatr san'atlarining omuxtasi bulmish dramani ukish, idrok etish xamda taxlillash uchun muayyan darajada qo`shimcha zo`riqish lozim buladi. Qahramonlar va ularning tuyg`ulari, insoniy sifatlari haqida muallifning xarakteristikasi bo`lmagan sharoitda asar qahramonlari holati, ruxiyati va shaxsiyati borasida fikr yuritish, muayyan xulosalar chikarish katta akliy kuvvat takozo etadi. Drama asarlari taxlilida asosiy e'tiborni kaxramonning sa`viyasini ochishga karatish lozim.Negaki, xar bir dramatik kaxramon tabiati yuzasidan ularning uz suzlari, xatti-xarakatlari orkaligina fikr yuritish mumkin, bu ishda boshka adabiy turlardagi singari muallif yordam berolmaydi. Dramatik asarlarni tulakonli taxlil etish uchun teatr san'ati qoidalaridan xam xabardor bo`lish zarur. Dramatik asarni taxlilga jalb etishda tadkikotchi bir kator kiyinchililarga duch keladi.
Avvalo, dramatik asarning o`qilishi boshqa turdagi asarlardan tubdan fark kiladi va muayyan nazariytayyorgarlikni talab etadi. Shu xildagi tayyorgarlik yukligi uchun xam ishilar kupincha dramatik asarlarni ukimaydilar. Bordi-yu, saxna asari ukilgan takdirda xam uni idrok etish, uning zamiridagi badiiy ma'noni topish oson kechmaydi. Chunki drama asarida muallif mutlako ishtiroketmaydi, uning pozitsiyasi biror yul bilan bayon kilinmaydi va asarda ruy berayotgantuknashuvlarni ma'naviy jixatdan baxolash xamda undan estetik xulosa chikarish kitobxonningxayot tajribasiga, intellektual darajasiga, ma'naviy sifatlariga boglik bulib koladi. Murakkablikyana shundaki, drama asarlarida vokea xam, tuygu xam yetakchi bulmaydi. Bu xil asarlardaxarakter asosiy urin tutib turadi. Chunki dramatik turdagi asarlar kanday janrda bulishidan kat'I nazar dramatizmga - ruxiy xavotir shiddati tasviriga kurilgan buladi. Dramatik asarda kaxramonuchun xayot-mamot axamiyatiga ega bulgan kandaydir bir narsaning kuldan berilishi yoki amalgaoshmay kolishi xavfi tasvirlangan bulishi kerak. Ana shundagina dramatik asar yuzaga chikadi.Taxlilda ushbu nazariy talabga aloxida axamiyat berish lozim buladi.Dramatik turdagi asarda kaxramon nutki xal kiluvchi axamiyat kasb etadi. Negaki, muallif bayonkilishi xam, munosabat bildirishga xam, tasvirlashga xam xakli bulmagan ushbu adabiy turdanutk deyarli barcha vazifani uz zimmasiga oladi. Monolog shakli bilan tomoshabinlarga, dialogtarzida saxnadosh sheriklarga murojaat kilishning, vokealar rivojining, xarakterlar ochilishiningvositasi buladi. Shuning uchun xam dramada nutk aloxida bir badiiy kuvvatga ega buladi. Taxlilmobaynida shu xolat xisobga olinishi lozim. Dramatik nutkka doir yana bir jixat shundaki,dramatik asar tili, albatta, bir kadar kutarinki, aytilishi jarangli, eshitilishi anik bulishi lozim.Chunki u saxnada kuyilishi zarurligi, tomoshaxonaning turli burchaklarida utirganlargaeshitilishi uchun shunday xususiyatlarga ega bulishi joiz. Dunyodagi barcha dramatic kaxramonlarning bir kadar sun'iyrok tilda suzlashi va L.Tolstoy tomonidan tankid kilinganligisababi shunda. Drama kaxramonlari kuyuk tuygular, xissiyotlar buroni ogushida yashaydilar,kuchli to`qnashuvlarni boshdan kechiradilar, keskin va ta'sirchan tilda so`zlashadilar, har qanday voqea-hodisaga keskin va kutilmagan munosabat bildirishga moyil bo`ladilar.
Radio drama ( yoki audio drama, audio ijro, radio player, radio teatri yoki audio teatr) bu ham dramatic janr, faqat akustik ishlash. Visual component yo`q. radio drama tinglovchilarga qahramonlar va hikoyani tasavvur qilishga yordam beruvchi dialog, musiqa va ovoz effektlariga bog`liq. Bu jismoniy o`lchovda eshitish qobiliyatiga ega, ammo psixologik o`lchovdagi kuch sifatida bir xil darajada kuchli. Radio drama maxsus radio uchun yozilgan spektakllarni dramatizatsiyalashgan asarlarni, fantastika , shu qatorda musiqiy teatr va operalarni ijro etishi mumkin.
Radio dramaning kelib chiqishi 1880 – yillarga borib taqaladi. 1920-yillarda esa rivojlanib borgan. Ayniqsa , dastlabki 10-yilda keng ommalashgan. 1940-yillarga kelib esa yetakchi xalqaro ko`ngilochar sohaga aylandi.
1950-yillarda televizor kelib radio drama o`z muxlislarini yo`qotishni boshladi. Biroq, bu dunyoning ba`zi joylarida mashhurligicha qoldi.
OTR yozuvlari (eski radio) bugungi kunda kolleksionerlar, kutubxonalar va muzeylarning audio arxivlarida, shuningdek, bir nechta onlayn saytlarda omon qolgan.
Raqamli ro`yxatga olish va internetning tarqatishdagi yutuqlari tufayli radio drama 2010 – yilga kelib qayta tiklandi. Podkasting vintage dasturlarini tarqatishdan tashqari, yangi radio dramalarni arzon narxda yaratish vositalari taklif etildi.

Download 223,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish