“Badiiy o’qish” kursiga kirish



Download 223,5 Kb.
bet3/9
Sana27.04.2023
Hajmi223,5 Kb.
#932541
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
BO`D 2-mavzu

2) Komediya(yun. Comos-quvnoq kishilar(olomon) va oide-qo’shiq)da hayot voqea-hodisalari dramatik qahramonlarning kulguli fe’l-atvorlari, xatti-harakatlarida voqye bo’ladi. Bu xususiyati bilan u “tragediyaga tamoman qarshi...dir. Tragediyaning mazmuni buyuk axloqiy hodisalar olamidir, uning qahramonlari ma’naviy inson tabiatining substansial kuchlari bilan to’la bo’lgan shaxslardir, komediyaning mazmuni-aqliy zaruriyatdan mahrum tasodiflar, sharpalar dunyosi yoki bor kabi ko’rinib, haqiqatda mavjud bo’lmagan voqyelik hodisalaridir; komediyaning qahramonlari o’z ma’naviy tabiyatining substansial (tub, mohiyat –H.U) asoslaridan voz kechgan odamlardir. Shuning uchun tragediyaning ko’rsatgan ta’siri ruhni qaltiratuvchi muqaddas dahshatdir; komediya ko’rsatgan ta’sir sho’x kulgudir... tragediya o’z hayotining tor doirasida faqat yuksak momentlarni, qahramon voqeasining shoirona momentlarini to’plasa, komediya har kungi hayotning oddiy ko’rinishlarini, uning mayda-chuydasini, tasodiflarini ko’rsatadi” (B.Belinskiy. Tanlangan asarlar. 204-bet).
Komediyaning mohiyati-komik konfliktga bog’liq bo’lib, unda “hayot o’z-o’zini inkor qiladi” (V.Belinskiy), ya’ni aslida xunuk, zararli, razil va nopok xulqli inson (mazmun) o’zini yaxshi, ilg’or, pok, odamiy qilib ko’rsatsa (shakl) yoki buning aksicha holatda bo’lsa, kulgu keltirib chiqaradi (Berdiali Imomov. Dramaturgik mahorat sirlari, T., G’afur G’ulom nomidagi Nashriyot-matbaa birlashmasi, 1991, 50-bet). Unda shoirning shaxsi faqat tashqi jihatdan ko’rinmaydi, - deb yozadi V.Belinskiy. – Lekin uning subyektiv mushohadasi yashirin fikr sifatida ko’p komediyada bevosita hozir bo’ladi, komediyada ko’rsatilgan hayvonlar va tasqara basharalar orqasidan sizga boshqa yuzlar, go’zal, insoniy yuzlar ko’ringanday bo’ladi, kulgusi sho’x xursandchilikni emas, alam va norozilikni ifoda qiladi... Badiiy komediyaning eng yaxshi namunasi Gogolning “Revizor” nomli asaridir(204-bet). O’zbek adabiyotida Hamza Hakimzoda Niyoziyning “Maysaraning ishi”, Abdulla Qahhorning “So’ngggi nusxalar”, B.Rahmonovning “Yurak sirlari”, Erkin Vohidovning “Oltin devor”, Said Ahmadning “Kelinlar qo’zg’oloni”, Abduqahhor Ibrohimovning “Zo’ldir” kabi asarlari ham komediya janrini rivojlantirish ishiga qo’shilgan hissalardir.
3) Drama(yun. drame-harakat) atamasi keng ma’noda – dramatik turni, tor ma’noda – drama janrini bildiradi. Drama, V.Belinskiy asoslaganidek, tragediya bilan komediya o’rtasidagi janrdir, u ma’shum falokatni ham, yumoristik va satirik kulguni ham talab qilmaydi. Balki hayot hodisalarini yuqori darajali tarzda, jiddiy holatda tasvirlaydi. “Dramada muhim narsa – uzundan uzoq hikoyalarning yo’q bo’lishidir, har bir so’z dramada harakat – amal bilan ifodalanishi lozim. Drama tabiatdan oddiy ko’chirmakashlik emas, ayrim sahnalarning, garchi ular go’zal bo’lsalar ham yig’indisi emas, drama ayrim, xos, yopiq bir dunyo bo’lishi kerak, unda har bir shaxs o’z maqsadiga intilib, faqat o’zi uchun harakat qilib, o’zi bilmasdan ham, pyesaning umumiy harakatiga yordam beradi, drama xayol, mulohaza orqali yopishtirilmasdan, balki fikrdan tug’ilgan bo’lsagina shunday xarakterga ega bo’ladi” (V.Belinskiy, 207-bet).
Dramaning qahramoni ko’pincha hayotdagi oddiy kishilar, ularning dramatizmga to’la qismatlaridir. Ularning taqdirlarida ro’y beruvchi jiddiy konfliktlarning oqilona bartaraf qilinishidir.
Agar tragediya qahramoni noilojlikdan halok bo’lsa, uni taqdir boshqarsa, drama qahramoni o’z irodasiga, xarakteriga muvofiq yakun topadi, uni tipik sharoit mantig’i to’liq asoslaydi. Izzat Sulton va Uyg’unning “Alisher Navoiy”, O’lmas Umarbekovning “Qiyomat qarz”, “O’z arizasiga ko’ra”, Izzat Sultonning “Imon” kabi asarlari – dramaning harakat birligiga asoslangan eng yaxshi dramalar sanaladi.

Download 223,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish