Dizayn kompozitsiyasi
Dizayn kompozitsiyasiga asosiy talablari quyidagicha: Kompanovka talablaridan kelib chiqqan holda qismlarini o'zaro muvofiqlashgan va bog'langan holda joylashuvi: Texnika g'oyasiga va uning bajaradigan vazifasiga mosligi, xaridorning emotsional-hissiy istaklari-talablariga javob beradigan, badiiy obrazli ko'rinishga ega bo'lgan dizayn mahsuloti: kompozitsion vositalardan ustakorlik bilan foydalanilgan. Kompleksli yechim birligiga va tartibga erishilganlik kabilar.
Dizaynning turlari ko'p bulganligi sababli badiiy obrazli yechimiga qo'yiladigan talablar ham keng mikyosda bo'ladi: Masalan yagona buyum, jihoz kompozitsiyasi yechimi yoki butun interyerning barcha qismlarini o'zaro uyg'unlashtirilgan yechimi. Bularning har ikkalasining kompozitsion yechimlari o'z vazifalariga ko'ra yuo'ori sifat darajasi talabini qo'yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |