I BOB. BADIIY MODELLASHTIRISHNING MAZMUNI.
Dastgoh va qurilmalarning tashqi shakli, nisbatlari va materiallarning ahamiyati.
Buyumning tashqi shakli - geometrik shakllar parallelopiped, prizma, silindr, konussimon.
Nisbatlar - bu tushuncha kontrasli va farqli nisbatlar bir-biri bilan mustahkam bog'liq (hajmini, chiziqli miqdorlarini, fakturalarni, ranglarni). Hajmi fazoviy tuzilish (frontal, fazoviy). Ma'lumki har qanday buyum uch o'lchovga ega bo'lib, bu o'lchovlar nisbatini biz hamisha his qilib turamiz. Shu sababli buyumning hajmiga doir xarakteristika uning asosiy o'lchovlariga bog'liq bo'ladi. Material - obyekt qanday materialdan tayyorlanganligi ham juda katta ahamiyatga ega. Garmonik shakl va kompozitsiya tushunchasi. Garmonik shakl go'zallik qonunlari asosida yaratiladi. U uzviy va yaxlit qismlari proporsional va ritmik bo'lib, u odamga va atrofdagi bo'limlarga mos plastik bo'ladi, rangi ko'zni quvontiradi. Ishlab chiqarish sharitlarida yangi mashinalarni yaratish jarayoni ham, o'quv ustaxonalarda texnik modellarni yasash jarayoni qanday jixatlarni qamrab oladi?
Ishlab chiqariladigan buyumlarning texnik va estetik xususiyatlari mutanosibligi
1. Dastgoh va qurilmalarning tashqi shakli, nisbatlari va materiallarning ahamiyati. Dizayn nazariyasi hozirgi kunda texnik estetika deb nomlanib, u o'z ichiga ijtimoiy, iqtisodiy, ergonomik masalalarni oladi.
Yaratilayotgan har qanday obyekt ma'lum vazifani (funksiyani) bajarishga qaratilgan. Obyektning shakli, o'lchami uning funksiyasiga shakl mazmuni va tashkiliy qiyofasiga mos kelishi kerak. Agar buyumning eni va balandligi chuqurligidan nihoyatda katta bo'lsa, bunday tuzilishi frontal, agar buyumning chuqurligi yuqorida aytilgan tartibda bo'lsa, u holda bunday tuzilishni fazoviy tuzilish deyiladi. Dizaynda kompozitsiya deganda ba'zan tugallangan obyektni xarakterlovchi sifat bahosi tushuniladi. Estetik faoliyat asosini insonning muayyan talab va ehtiyojlari tashkil etadi. Inson faoliyatining xususiyati ana shu talab va ehtiyoj tabiati bilan belgilanadi. Estetik faoliyatning asosiy xususiyatlari ham estetik ehtiyojlar bilan belgilanadi. Inson faoliyatining barcha turlari ijtimoiy hayot jabhalarida namoyon bo'ladi. Estetik faoliyat inson moddiy yoki ma'naviy faoliyatining o'zagi bo'lib, uning barcha shakllari inson kuch-qudrati mohiyatining yorqin ifodasi bo'lib borgan sari estetik mazmun kasb etaveradi. Shunday qilib, estetik faoliyat inson faoliyati boshqa shakllarining "insoniylik" mezoniga aylanadi. Estetik faoliyat ilmiy ijodning ham estetik tomonini tashkil qiladi. Lekin estetik omillar ilmiy ijodga tarkiban xos bo'lib, unga yordamchi omil vazifasini o'taydi. Juda ko'p ilmiy tadqiqotlar va atoqli olimlar guvohlik berishlaricha, olimning salohiyati, ijodiy mehnati natijalari va samaradorligi uning estetik madaniyati darajasiga bevosita bog'liq ekan. Estetik faoliyat ilmiy izlanishlarning hamma bosqichlarida ilmiy muammolarning qo'yilishi, ularning yechimi, olingan ilmiy natijalarni baholash jarayonida katta ahamiyat kasb etadi. Eng yaxshi san'at asarlari insonlarda xayol-farazni vujudga keltiradi va yaxlitlik, nafosat his-tuyg'usini uyg'unlashtiradi, tafakkur qilish qobiliyatini oshiradi, erkin dunyoqarash baxsh etadi, yuksak muloqot madaniyatini shakllantiradi, hozirgi fan ravnaqi uchun juda muhim ahamiyat kasb etadigan barcha qobiliyat imkoniyatlarini safarbar qilishga undaydi. Estetik ong oddiy his-tuyg'u emas, balki muayyan axloqiy, huquqiy, ilmiy-mafkuraviy qadriyatlarga asoslangan e'tiqoddir. Demak, estetik ongning mohiyati, mazmuni insonning o'zini anglash darajasi bilan bog'liq. Estetik ong shakllangan e'tiqodlar, maqsad va manfaatlar tizimi, o'z-o'zini anglash esa shu tizimning shakllanish jarayonidir. Estetik faoliyat nisbatan badiiy faoliyatda, ya'ni san'atda eng sof holda ko'rinadi. Shu bois san'at estetik faoliyatning ixtisoslashgan ko'rinishidir. Inson faoliyatining asl xususiyatlarini anglash uchun san'atga murojaat qilish maqsadga muvofiq keladi. Chunki san'at o'z tabiatiga ko'ra ijodiy maqsadga qaratilgan, "nafosat qonunlariga rioya qilingan" bo'lib, undan inson faoliyatining eng muhim belgilari ko'rinadi. Estetik faoliyat moddiy ishlab chiqarishning barcha sohalarini - mehnat sharoitlarini ham, mehnat samaralarini ham qamrab oladi. Mehnat insonning jismoniy va ma'naviy kuch-qudratining mohiyatini ko'proq ifodalasa, uning estetik ahamiyati ham shunchalik ko'proq ortib boradi. Mehnatning estetik jihatdan to'laqonli bo'lishi, birinchi navbatda, obyektiv omillarga, qolaversa, ishlab chiqarish jarayoni qatnashchilarining umumiy va estetik madaniyati darajasiga bog'liqdir. Bu yerda mehnat sharoitlari ham muhim o'rin tutadi. Ishlab chiqarish muhitining estetik jihatlarini vujudga keltirish, unga "ma'naviy qadriyat" maqomini berish dizayn (sanoat estetikasi)ga oid rasm chizmalar, modellar, bezaklar vositasida ham amalga oshiriladi. Hozircha estetik adabiyotda dizaynning yagona hammabop yaxlit qoidaga aylangan ilmiy ta'rifi yaratilmagan. Lekin ko'pchilik tadqiqotlar dizayn badiiy-texnik faoliyat turidir, deb qarashga moyildirlar. Texnik estetika o'zining tabiiy tomoni bilan bevosita texnika bilan qorishib ketadi. Dizayn dunyoqarashga ham taalluqli bo'lib, u umumiy estetik nazariya oqimiga kelib quyiladi. Bu yerda dizaynning maxsus faoliyat turi sifatidagi xususiyatlarini, dizayn va san'atning o'zaro munosabatlari, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda badiiy ijod ishtiroki, ular o'rtasidagi umumiylik va farqlar, texnikaning estetik jihozlanishi va estetik qiymati kabi muammolar tahlili estetik faoliyat uchun ko'p samaralar berishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |