II BOB. LOYIHALASH MAZMUNI VA BOSQICHLARI.
2.1. Badiiy loyixalash jarayoni.
Xozirgi vaqtda badiiy loyixalash soxasida ishlayetgan olim, rassom, muxandis, texnolog va boshka mutaxassislar orasida bu atamalar va ularning moxiyatini aniklashda karama-karshi fikrlar mavjud.
Dizayner faoliyatida turli xil yunalishlar mavjud bulib, ulardan kuprok kuyidagilari keng tarkalgan: asbobsozlik, mashinasozlik, transport vositalari, yengil sanoat maxsuloti, asboblar sanoati, chiziklar bilan rasm solish va xokazo.
Sanoat ishlab chikarish maxsuloti va texnik tizimlarni badiiy loyixalash jarayeni yuksak darajada murakkabdir.
Uslubiy jixatdan bu jarayen kupincha me'moriy loyixalashtirishga teng keladi, ba'zan esa undan xam murakkabrokdir.
Sanoat san'ati atamasi bilan bir katorda ingliz atamasi dizayn (inglizcha desing niyat, muljal, loyixa) keng tarkalgan, u rassom loyixalovchining dizaynning ijodiyetini, mexnatning usullari va natijalarini ishlab chikarishga tatbik kilish shart-sharoitlarini uz ichiga oladi.
Dizaynning maksadi-jamoat manfaatlari, ishlatish qulayligi, guzallik talablariga javob beradigan maxsulotning yangi turlari va xillarini yaratishdir.
Yuqoridagilardan shu narsa ma'lum buldiki,sanoat san'ati va dizayn atamalari ma'lum darajada xar xil ma'noga ega bulib, ularning ikkalasi xam tula xukuklidir.
Texnikaviy estetika uzining uslubiy asosiga ega,yangi jamiyat estetikasining umumiy tamoyillariga tayanadi, shuningdek, texnika, ruxshunoslik, fizikaviy, tozalik va boshka fanlarning yutuklaridan xam foydalanadi.
Badiiy loyixalash atamasi muakmmal emasligiga karamasdan, kabul kilindi va xamma unga kunikib ketdi. Ammo tabiat konuniyatlaridan kelib chikadigan tamoyillar va mavjudot konuniyatlar borki,ular texnik va badiiy ijodning eng xilma-xil soxalari uchun,shu jumladan dizayn uchun xam ma'lum darajada bir xildir.
Endi badiiy loyixalashda shu tamoyillarni kurib chikamiz. Moskva Oliy Badiiy Ukuv yurti olimlari sanoat ishlab chikarishi buyumlarini loyixalashning uch asosiy tamoyilini ishlab chikganlar.
1. Manfaatdorlik ishga oidlik loyixalashtirish-texnolog, iqtisodiy masalalar majmui, bir vaqtda xal etish.
2. Atrof-muxit va anik shart-sharoitlarni xisobga olish.
3. Shakl va mazmun birligi (jonlilik).
Birinchi tamoyilga tegishli boshka masalalarni uziga tobe kilib olgan xal kiluvchi masala manfaat va ishga oidlik masalasi bulib xisoblanadi. Xakikatan xam turmush ashelari, asboblar, ishlab chikarish uskunalirining ishga yarokliligi axamiyati isbotni talab kilmaydi.
Me'morchilik,amaliy san'at va dizayn sang'atning boshka turlariga karaganda moddiy ishlab chikarishga yakinrok turadi. Ular insonga va uning kundalik turmushiga zarur bulgan kupgina buyumlarni nafakat foydali sifatlarga ega bulgan, balki badiiy kiymatga ega bulgan inson xis-tuygulariga ta'sir etadigan maxsulotlarga aylantiradi.
Shakl va mazmun birligi (obrazlilik).
Badiiy loyixalashda tamoyil badiiy-estetik, goya nuktai nazaridan eng murakkab va mas'uliyatli bulib xisoblanadi. Ma'lumki, asrlar davomida turli bino va inshootlarning shakli ularning mazmuniga mos ravishda uz ifodasini topgan. Tarixiy jarayenda me'morchilik turlari ilm, texnika, san'at,kishilar turmushi ijtimoiy sharoitlarining ilgor tarakkiyeti bilan birga uzgarib kelgan.Manfaatdorlik san'atda bu shakl va kurinishlar, ayniksa, yangi buyumlar va loyixalar, jamiyat ishlab chikarish kuchlari rivojlanishida yangi iktisodiy, maishiy shart-sharoitlar paydo bulgan vaqtda yuzaga keladi.
Dizaynda turli xil bino va buyumlar kurinishi asosiy tamoyillar, shu jumldan, shakl va mazmun birligi tamoyilini xisobga olingan xolda ijodiy jarayenda shakllanadi.
Texnik loyixalar yasash soxasidagi yangi estetik yulning burilishi va yunalishilarini fakat dizayner seza oladi. Muljallanayetgan tanlash, yangi buyumning ma'kul deb topilishi, xaridorning afzal topishi deb xisoblanadi. Uni oldindan paykash uchun aloxida maxorat talab kilinadi.
Buyumning shakli, rangi, fazoviy tuzilishi buladi va biz yukorida aytib utganimizdek, u tasviriy san'atning rang-tasvir, xaykaltaroshlik, me'morchilikning ba'zi bir shakliy sifatlariga ega buladi. Bu buyum estetik kiymatning yaratuvchisidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |