Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:o‘quvchilarning bog’lanishli nutqini o’stirish, lug‘at ustida ishlash, o’z xatti-harakati, fikr-mulohazalariga tanqidiy yondasha olish, o’zini nazorat qila bilish, og’zaki va yozma matnlar mazmuniga to’g’ri baho bera bilish, mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish. FK2: asar mazmunidan ta’sirlana olish;
Darsning turi: Noan’anaviy
Dars uslubi: suhbat, tushuntirish, savol-javob, guruhlarda ishlash, didaktik ta’limiy o’yinlar
Darsning jihozlanishi: darslik, tarqatma materiallar, AKT.
DARSNING BORISHI :
Tashkiliy qism:
Salomlashish;
Navbatchi axborotini hamda kun yangiliklarini tinglash.
Darsni tashkil qilish. O’quvchilarni dars mavzusi, borishi bilan tanishtirish va ularning faoliyatini o’quv topshiriqlarini bajarishga yo’llash
O’tilgan darslar yuzasidan takrorlash.
O’quvchilar gurihlarga bo’linib , guruhlar bo’yica joylashib o’tirishgan.
Guruhlar quyidagi shartlar bo’yicha bellashadi:
Savollarga qisqa javob
Yozma tarzda amalga oshiriladi.
Ertaklar qanday janr?(Ertaklar xalq og'zaki ijodi janri.)
Ertaklarni qadimda qanday nomlashgan?(Ertaklarni cho'pchak deb atashgan.)
Topib o’qing
“Bo‘rining tabib bo‘lgani haqida ertak” (I qism) mazmuni o’quvchilardan so‘raladi. O‘quvchilardan davomi qanday bo‘lishi haqida so‘raladi.
Quyida berilgan topshiriqlar konvertga solinib, har bir guruhga beriladi.
topshiriq. Berilgan parchani o'qing, ifodali o'qib berishga tayyorlaning. Bu topshiriq bo'yicha ifodali o'qish musobaqasi uyushtiriladi; 3 ta guruhdan 1 tadan o'quvchi chiqib, matnni ifodali o'qiydi.
topshiriq.O'qigan matn parchasida ifoda etilgan ma'lumotlarni bilib oling. Izohlashga tayyorlaning. O'quvchilar taxminan quyidagicha fikr bildiradi:
1- guruh: Anvar Obidjon jahonda qiziq ishlar bo'ladi, yer teskari aylanib hayvonlarni yeydigan bo'ri ularni davolaydigan tabib bo'ladi, — deydi. Tabib bo'lsa ham yirtqichligini tashlamaganini quyidagi misralarda ifoda etgan:
2- guruh: Bo'ri yirtqich bo'lishi bilan birga, bilimsiz tabibdir. U quyonning biqini qolib chap ko'zini tekshiradi. Oshqozon og'riqni tumov deb ataydi.Bunga mana bu misralar misol bo'lishi mumkin:Bo'ri yaqin o'tirdi,
3- guruh: Bo'ri tabib bo'lib bemorlardan faqat o'z foydasini ko'zlaydi. To'ng'izning kasalini davolash go'shtini kesib olish kerak deydi:
Yangi mavzu bayoni:
Yangi mavzuni boshlashdan avval savol-javob asosida suhbat o’tkaziladi. to’ldirilab, yangi mavzu tushuntiriladi.
AKTdan foydalanib multimedia va prezentatsiya namoyish etiladi.
-
Keldi Tulki ming‘irlab,
Tikan kirib qo‘liga.
(Bo‘ri der: «Bu boshqa gap!»
Uchrab go‘shtning mo‘liga.)
– Tabib, uzr,
Keldim kech...
Juda chatoq ishlarim...
– Dard ko‘rmaysan endi hech,
Omon bo‘lsa tishlarim!
Yutar ekan so‘lagin.
Fursat poylab To‘ng‘izcha Rostlab qoldi juftagin.
– Kecha tunda uzoqdan
Tinglab shirin ovozin,
Tutib keldim uzoqdan
Tul kampirning xo‘rozin.
Yo‘lda ablah bo‘ztikan
Yaraladi qo‘limni.
Azobi ja zo‘r ekan,
Bukchaytirdi belimni.
«Shoshmay turgin, muttaham!»
Der Bo‘rivoy ichida.
– Ko‘z tegmasin,
O‘zing ham –
Yetilibsan-da juda...
Dardingni bilay tishlab,
Beri kel-chi, jon inim.
...Shunday qilib,
Dil xushlab,
Bo‘ri yedi Tulkini.
So‘ngra ochib bemorning –
Qabul qilish daftarin,
Silab-siypab qornini
Yozdi ushbu gaplarni:
«Qo‘lin tirnab bo‘ztikan,
Tulki keldi notetik.
Ahvoli og‘ir ekan,
Chora topmadik...
Yedik!»
|
Kechga yaqin kekkayib,
Kirib keldi qari Sher.
Bo‘ri yetti bukchayib,
«Xush kelibsiz, shohim!» der.
Sher harsillab,
O‘zini
O‘rindiqqa tashladi.
Chaqchaytirib ko‘zini,
Darg‘azab so‘z boshladi:
– Yuray desang sog‘, quvnoq,
Yaxshilab ko‘r, akasi.
Bir haftaki,
Sal yo‘qroq
Ishtahamning mazasi.
Bo‘ri aytar:
– O, shohim,
Chekmang tashvish ozorin.
Buning chorasi oson,
Zarurdir quvvatdori.Tabibdir yetti pushtim,
Shunday uqtirar ular:
«Semiz hayvonning go‘shti
Quvvatga ko‘p boy bo‘lar».
Og‘zidan so‘lak oqib
U tugatgach gapini,
Semiz tabibga boqib
Sher yaladi labini:
– Yaxshi emas, har holda,
Quvvatdori izlasam.
Shoh bo‘lsam-u,
Shoqolday –
O‘rmonda giz-gizlasam.
Qo‘ldan berib imkonni,
So‘ng yurarman armonda –
Sendan semiz hayvonni
Topish mushkul o‘rmonda.
Qadrlayman men har choq
Tabiblarning so‘zini,
Totmoqchiman hoziroq
Quvvatdori tuzini.
|
Lug‘at ustida ishlanadi:
ters— teskari, chap; yirtqich — vahshiy; bemor — kasal, betob.
inim— ukam; gar — agar; muolaja qilamiz — davolaymiz.
payi— elastik to'qima; rostlab qoldi juftagin — qochib qoldi
tul kampir –beva kampir
muttaham –aldoqchi
dil hushlam- hursand bo’lmoq
darg’azab –g’azabli
Lug’at ustida ishlangan so’zlarga ma’nodosh so’zlar toptiriladi.
Yangi mavzu bo’yicha mustahkamlash: guruhlarga savollar beriladi.
Matnni ifodali o‘qing va bo‘riga xos xislatlarni aniqlang.
Quyon bilan To‘ng‘izchaning qochib qolishi sababini izohlang.
Bo‘rining shum taqdirini «qilmish-qidirmish» deb baholash mumkinmi?
Ertakka yana qanday sarlavha qo‘yish mumkin
Reja tuzdiriladi:
I qism Tabib bo’ri
1.Shum shifokor.
2.Bemor quyoncha.
3.Juftakni rostlagan To'ng'izcha
II qism Qilmish-qidirmish
1.Tulkining qismati.
2. Sherning tashrifi.
3. Bo’rining jazosi
“O‘rnini top” o’yini o’tkaziladi.
Darslikdan foydalanib “Zanjir” usulidaguruhlarda ishlanadi:
Vazifa bajarilgandan so’ng har bir guruhning flipchati doskaga osiladi.O’qituvchi yordamida xatosi tekshiriladi.
Darsga yakun yasash va o’quvchilarni baholash: guruhlarning ballari umumlashtiriladi, g’olib guruh rag’batlantiriladi. O’quvchilar ishtiroki, bilimi baholanadi.
Uyga vazifa: Darslikning 70-71 betlarini o’qish
Do'stlaringiz bilan baham: |