Mavzu
|
VATAN
|
Maqsad
|
- Ta’limiy maqsad : O’quvchilarga mavzuni tushuntirish
- Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash.
- Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning fikrlashini o’stirish, matnni to’g’ri va ravon o’qish
|
Dars turi
|
Yangi bilim beruvchi
|
Uslub
|
Tushuntirish savol-javob, suhbat
|
Jihozi
|
plakat, test, tarqatmalar, rangli rasmlar.
|
BKM elementlari
|
1.O’quvchilar bilimini oshirish
2.Fikrlash doirasini o’stirish.
3.Nutq faoliyatini kengaytirish.
|
Dars bosqichlari va vaqt taqsimi.
t.r
|
Darsning bosqichlari
|
Vaqti
|
I
|
Tashkiliy qism;
Darsni tashkil etish. O'quvchilar davomatini aniqlash. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi.
|
2 minut
|
II
|
O’tilgan mavzu va uyga vazifani so’rash
- “O’qituvchining o’gitlari” she’rining so’rash va qofiyadosh so’zlarini topish.
|
8 minut
|
III
|
- Dam olish daqidasi
- Vatanni madh etuvchi musiqa tinglash.
|
10 minut
|
IV
|
Yangi mavzuni bayoni.”Vatan”
Yangi mavzuni test savollari va klaster metodi asosida mustahkamlash
|
10 minut
|
V
|
Yangi mavzularni mustahkamlash
Vatan haqidagi maqollardan qatorlar o’rtasida bellashuv:
|
8 minut
|
VI
|
Darsni yakunlash
|
5 minut
|
VII
|
Uyga vazifa : Vatan matnni oqish, Vatan haqidagi maqollardan yod olish,mantdan foydalanib rasm chizish
|
2 minut
|
Darsning borishi.
I .Tashkiliy qism
Dars shiori :
Oz-oz o’rganib, dono bo’lur
Qatra-qatra yig’ilib daryo bo’lur
a) Salomlashish
b) Davomatni aniqlash
v) O’quvchilarni darsga hozirlash
d) Uy vazifani so’rab, o’quvchilarni baholash
Ey o’quvchi, bilki, har so’z
Nondek aziz, nondek uvol.
Til boyligin bir bog’ desak
Har bitta so’z bitta nihol.
“O’qituvchining o’gitlari” she’rining qofiyadosh so’zlarini topish:
O’quvchi: uvol, nihol so’zlari qofiyadosh so’zlar.
II Yangi mavzu bayoni .
“ Betakrorimsan , yagonasan ona Vatanim , О‘zbekistonim!”
Doskada:
O, sen Vatan, kindik qoni tomgan joy
Seni sо‘rmay, kо‘rmay bо‘lurmi?
Kо‘z kо‘rgani yoshu qarining –
Ona bag‘rin sevma bо‘lurmi?
Abdulla Oripov
Jahon keng, dunyoda mamlakatlar kо‘p, lekin bu olamda betakror ona-yurtim
Biz – О‘zbekistonimiz yakka-yu yagonadir. Bu gо‘zal yurt, bu gо‘zal zamin faqat bizga ato etilgan. Mana shu ulug‘ tuyg‘u har birimizning dilimizga jo bо‘lishi, hayotiiz mazmuniga aylanishi lozim. Islom Karimov va prezidentimiz Islom Karimov so’zlari bilan yangi mavzu o’quvchilarga tushuntirildi.
„VATAN”
О‘zbekiston- kelajagi buyuk davlat. Bu-mustaqil, demokratik, huquqiy davlatdir. Bu insonparvarlik qoidalariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e’tiqodlaridan qat’i nazar fuqarolarining huquqlari va erkinliklarini ta’minlab beradigan davlatdir.
О‘zbekiston zaminida mavjud bо‘lgan boyliklarga ega davlatlar jahon xaritasida kо‘p emas. О‘zbekiston о‘z yer osti boyliklari bilan haqli suratda faxrlanadi- bu yerda mashhur Mendeleev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan.
Oltin zaxiralari bо‘yicha О‘zbekiston dunyoda 4-о‘rinda, uni qazib olish bо‘yicha 7-о‘rinda, mis zaxiralari bо‘yicha 10-11-о‘rinda, uran zaxirasi bо‘yicha 7-8-о‘rinda turadi.
(Islom Karimov. О‘zbekiston buyuk kelajak sari. О‘zbekiston.1999)
Zar unadi tuproqlarida,
Hayot kular quchoqlarida,
Jannat oqar gulbog‘larida,
Biling, bu yurt О‘zbekistondir!
Dillarida duolari bor,
Daholari, donolari bor,
Kelajakka nidolari bor,
Biling, bu yurt О‘zbekistondir!
Na, shoir aytganidek, ona – yurtimiz О‘zbekistonimiz Olloh nazari tushgan jannatmakon yurtdir. Mustaqillikka erishganimizdan sо‘ng, yurtboshimiz tomonidan milliy istiqlol mafkurasining asosiy g‘oyalaridan biri Vatan ravnaqi edi. Vatan ravnaqi yо‘lida misli kо‘rilmagandarajada yurtboshimiz me`morchiligi asosida ishlar qilindiki, ularni sanab adog‘iga yetolmaymiz, bu ishlar, rivojlanishlar hammasi yurt uchun va insonlar manfaati uchun qilinayotgan о‘zgarishlardir. Respublikamiz poytaxtidan tortib, chekka qishloqlarida ham bugungi taraqqiyot о‘zgarish, yuksalish, obodonlashtirishni kо‘ramiz.
Dam olish daqiqasi
Vatan bizning uyimiz
Vatan bizning ko’chamiz,
Soylarda sof suvimiz,
Maza qilib ichamiz.
Qofiyadosh so’zlarni topish:
Uyimiz-suvimiz
Ko’chamiz-ichamiz
Vatanni madh etuvchi musiqa tinglash.
Darsni mustahkamlash:
O’tilgan mavzuni test savollari asosida mustahkamlash
1.O’zbekiston Respublikasining mustaqillik kuni qachon?
a.1991-yil 1-sentabr
b.1990-yil 31-avgust
d.1992-yil 1-oktabr
2.O’zbekiston Respublikasining poytaxti qayer?
a.Samarqand b.Buxoro d.Toshkent
3.O’zbekiston Respublikasi hududida nechta viloyat bor?
a.13 tab.12 tad.14 ta
5.O’zbekiston Respublikasini asosan qaysi millat vakillari tashkil etadi?
a.o’zbeklarb.ruslard.qozoqlar
Vatan haqidagi maqollardan qatorlar o’rtasida bellashuv:
Ona yurting- oltin beshiging.
Vatan ona kabi muqaddasdir.
Vatanni sevmoq- iymondandir.
Klaster usulidan foydalanib, O’zbekiston Respublikasi hududidagi viloyatlarni topish:
Savollar:
1.O’zbekistonda qanday mashina turlari bor?
2.Qaysi shaharda avtomobil ishlab chiqarish zavodi bor?
3.Qaysi shaharda avtobus ishlab chiqarish zavodi bor?
Uyga vazifa: O‘tilgan mavzuni o’qish va vatan haqidagi maqollardan yodlash.
Xulosa va tavsiyalar
Zamonaviy sharoitda ta’lim samaradorligini oshirishning eng maqbul yо‘li – bu mashg‘ulotlarning interfaol metodlar yordamida tashkil etish deb hisoblanmoqda.
Asar tahlili jarayonida o‘qituvchi savollariga o‘quvchilarning o‘z so‘zlari bilan javob berishi ham matnda tasvirlangan voqea-hodisalar yuzasidan mantiqiy fikrlashga, qahramonlarning xatti-harakatlarini to‘g‘ri baholashga yaqindan yordam beradi. Savollar uzuq-yuluq va mantiqsiz bo‘lmasdan, qat’iy maqsad asosida izchil berilishi o‘quvchilarning o‘qilgan matn mohiyatini chuqur anglab yetishlariga imkon yaratadi, chunki har qanday javob mustaqillikni taqozo etadi.
O‘qish darslarida interfaol metodlardan foydalanish boʻyicha olib borgan izlanishlarimiz asosida quyidagicha xulosaga keldik:
1. Boshlangʻich sinf o‘qish darslarida matn ustida ishlashga alohida ahamiyat berish lozim.
2. Boshlangʻich sinf o‘qish darslarida matn ustida ishlashda interfaol usullardan bolgan klaster, aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash kabi metodlardan foydalanish samarali natijalarni beradi.
3. O‘qish darslariga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish, darslarda interfaol usullarini qo‘llash o‘quvchilar nutqini o‘stirishda yaxshi samara beradi.
TOSHKENT SHAHAR SHAYXONTOHUR TUMAN 314-UMUMIY O’RTA TALIM MAKTABINING BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHISI
MAVZU: Badiiy asar matni ustida ishlashda interfaol metodlardan foydalanish
Do'stlaringiz bilan baham: |