Hayot faoliyati xavfsizligi fanidan 1-topshiriq
1. Mavzu bo‘yicha mustahkamlash uchun berilgan savollardan biriga qisqa va lo‘nda javob bering.
Hayot faoliyati xavfsizligi fanining maqsadi?
HFX fanining vazifalari?
HFX fani tuzilish jihatdan qanfay bo‘limlardan tashkil topgan?
HFX fanining asosiy tushunchalari
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa?
Mehnatni muhofaza qilish nima?
Xavfli va zararli ishlab chiqarish omili nima?
Favqulodda vaziyat tushunchasi?
HFX fanining asosiy aksiomalari?
Xavflarning turlari ?
Xavflarni o‘rganish tartibi?
Xavflarning taksonomiyasi?
Xavflarning nomenklaturasi?
Xavflar kvantifikatsiyasi?
Xavflar identifikatsiyasi?
Faoliyat xavfsizligini ta’minlash tamoyillari?
Faoliyat xavfsizligini ta’minlash usullari?
2. Quyidagi test savollarining to‘g‘ri javoblarini toping
1. «Hayot faoliyati xavfsizligi» fani tuzilish jihatdan nechta bo‘limdan tashkil topgan?
A) 2 ta bo‘limdan
B) 3 ta bo‘limdan
C) 4 ta bo‘limdan
D) 5 ta bo‘limdan
2. Xavflarning kelib chiqish tabiatiga ko‘ra turlari?
A) fizikaviy, biologik, kimyoviy
B) lokal, mahalliy, milliy, global
C) tasodifiy, shiddatli, mo‘tadil, ravon
D) tabiiy, texnogen, antropogen, ekologik
3. Xavflarning ta’sir xususiyatiga ko‘ra turlari?
A) lokal, mahalliy, milliy, global
B) fizikaviy, kimyoviy, biologik, termik va psixofiziologik
C) tasodifiy, shiddatli, mo‘tadil, ravon
D) tabiiy, texnogen, antropogen, ekologik
4. Xavflarning ta’sir doirasiga ko‘ra turlari?
A) lokal, mahalliy, milliy, global
B) fizikaviy, kimyoviy, biologik, termik va psixofiziologik
C) tabiiy, texnogen, antropogen, ekologik
D) tasodifiy, shiddatli, mo‘tadil, ravon
5. Xavflarning kelib chiqish sohasiga ko‘ra turlari?
A) lokal, mahalliy, milliy, global
B) turmushda, sportda, transportda, ishlab chiqarishda, urush yoki tabiiy ofat natijasida
C) tabiiy, texnogen, antropogen, ekologik
D) fizikaviy, kimyoviy, biologik, termik va psixofiziologik
Misol uchun:
Savol: Faoliyat xavfsizligini ta’minlash tamoyillari?
Xavfsizlikni ta’minlash tamoyillari (prinsiplari) ularni amalga oshirish belgilariga qarab shartli ravishda 4 ta sinfga bo‘linadi:
1. Yo‘naltiruvchi (taxminiy) tamoyillar o‘zida xavfsiz echimlarni topuvchi yo‘nalishni aniqlovchi metodologik va ma’lumot bazasi bo‘lib, xizmat qiluvchi, asos soluvchi g‘oyalarni taqdim etadi.
2. Texnik tamoyil xavfli omillarning ta’sirini bevosita oldini olishga yo‘naltirilgan. Texnik tamoyillar fizik qonunlarni ishlatishga asoslangan.
3. Boshqaruv tamoyillari xavfsizlikni ta’minlash jarayonining alohida bosqich va etaplari orasida o‘zaro bog‘lanish va munosabatlarni aniqlovchi tamoyillar.
4. Tashkiliy tamoyillarga xavfsizlik maqsadida mehnatni ilmiy tashkil qilish qoidalarini amalga oshiruvchi tamoyillar kiradi.
Test javoblari: 1. C. 2. D. 3. B 4. A. 5. B
Do'stlaringiz bilan baham: |