Iroq - u forsga gar etsa sening bu she’ring , ey Bobur,
Oni hifz etkusi Hofiz, musallam tutqusi Salmon.
Jumladan, Bobur Mirzo ishq balosining har dam jafo keltirishini ta’kidlagani holda, undan ayri tusholmasligini quyidagicha badiiy lashtiradi:
Baloi ishqki, har dam manga jafoyedur,
Bu ishqdin kecha olmon ajab baloyedur.
«Ajab baloye» tarzida ta’riflangan ishq she’r qahramonining taqdirida
bitilgani bois uni hijron iztiroblari bilan qarshilantiradi. Bu iztiroblaming
nihoyatda mubolag'ali tasviri ma’shuqa ishqida o'rtanayotgan oshiqning
ruhiy holatini yanada teranroq idrok etishga imkon yaratadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |