Hajr o‘lturdi meni, anglasam erdi muncha,
Do'stlar, yordin ayrilmas edim o'lguncha.
Hajr o‘lturdi meni, anglasam erdi muncha,
Do'stlar, yordin ayrilmas edim o'lguncha.
Zohido , do'zax o‘tindin meni ne qo‘ rqutasen,
Hajr o'ti qoshinda ko'rmasm en ani uchquncha,
Ul Quyosh mehrini bir zarra manga ko 'rguzmas,
Kav kabi ashk to'kub bo'Isam garduncha.
Husnda ortuq agar bo'lsa yuzi Laylidin ,
Men taqi bormen aning ishqida yuz Majn uncha .
Rindlar olida hayvon suyini ko'p o'kasen ,
Ey Xizr , bormu ekin ulsu mayi gulguncha.
Boburo , she’ringga gar solsa quloq, ul shohing,
Bo'lg 'usidur so'zungga qadr duri maknuncha.
Bobur M irzo sh e ’ riyatid a yo rq in namoyon bo‘lib tu ru vchi fazilatlardan biri shundaki, shoir so'zlaming turli ma’no qirralaridan mahorat bilan foydalanadi. Yuqoridagi g'azalning matlaidayoq shunday holat ko'zga tashlanadi. Ijodkor «Hajr o‘ti o'lturdi meni» deganda, she’r qahramonining ayriliq azobidan afgor bo'lishi, tanining majruhlanib tamomila holdan toyishini nazarda tutadi. Zero, o'lgan odamning o'z qotili hajr ekanligini «anglashi» mantiqqa zid, shuningdek, hajr o'tidan nolib do'stlariga «o'limi» sababini bayon qilishi ham o'sha hayotiy tamoyilga mos emas. Aksincha, ikkinchi baytda hajr va do'zax o'tining o'zaro muqoyasasi asosida oshiq ruhiy holatidagi aftodalik tasvirining she’rxon ko'z o'ngida yorqin gavdalanishiga erishish shoir mahoratining yana birolmos q irrasid ir. M a zk u r baytda zo hid g a m urojaat e tilis hidan ayonlashadiki, Bobur M iizo she’riyatidagi asosiy qahramon hisoblangan oshiqning himmati baland. Uning nazarida hajr o'ti oldida do'zax o'ti bir uchquncha ham emas. Zohid do'zax azobidan qo'rqqani bois jannat tamaida
toat-ibodat bilan mashg'ul bo'lsa, she’r qahramoni hajr azobidan zaiflashib nochor bir ahvolga tushgan bo'lsa ham, ma’shuqa diydoridan bahra olishdan umidini uzmayd i. Shu bois uchinchi baytda tasvirlanganidek, oshiq Quyoshdan ayri tushgan gardunday ko'z yosh yulduzlarini to'kib o'rtansa ham, uning ma’shuqasi-Quyosh esa zarracha bo'lsin mehr ko'rsatishni istamaydi. Baytda qo'Uangan Quyosh, kavkab, gardun timsollari insonga xos ma’naviy hamda tabiiy hodisalar orasida ijodkor tomonidan ajib bir mutanosiblik kashf etilganidan dalolat beradi. Gardun ma’shuqasi Quyoshning mehrini (jamolini) ko'ra olmagani bois tunda kavkabmisol yoshlarini to'ksa, oshiq shunday iztirobni ma’shuqasi
hajrida boshidan kechiradi. Quyoshni ma’shuqa ma’nosida qo'llash shoiiga istiora asosida hayotiy tamsilni she’r qahramoni holatiga tashbeh qilish imkonini yaratadi.
Bobur Mirzo oshiqona g'azallarining aksariyati ta’rif-tavsif tarzidagi
g'azallardir. Ularda ma’shuqaning qiyossiz go'zalligi o'ziga xos badiiy
timsollar vositasida tasvirlanadi:
Ko'ngulga bo'ld i ajoyib qaro soching ,
Shikasta ko'nglum a ermish qaro balo sochin g .
Ushbu matla’ bilan boshlanuvchi Bobur Mirzo qalamiga mansub
bo'lgan g'azal o'zaro adabiy ta’sir mahsulidir. Ulug' shoir Alisher
Navoiyning «Ko'zung ne balo qaro bo'lubtur, K im jonga qaro balo
bo'lubtur» (M A T . 1-tom , 141-142-betlar ) matlali mashhur g'azali
bor.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |