Babayeva d. R


  Monologik  nutqni  shakllantirish  usullari



Download 9,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/435
Sana31.12.2021
Hajmi9,9 Mb.
#224163
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   435
Bog'liq
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi.Darslik.Babayeva D (1)

2. 

Monologik  nutqni  shakllantirish  usullari. 

Bolalarda  gram- 

matik tizimni -  sintaksis, morfologiya, so‘z hosil qilishni shakllanti­

rish o‘zining  alohida xususiyatlariga ega bo‘lib, ularni rivojlantirish 

uchun pedagog turli vositalami qo‘llashi darkor. Morfologiya va so‘z 

hosil qilishni  o‘zlashtirish uchun rag‘batlantiruvchi til o‘yinlari;  sin- 

taksisni rivojlantirish uchun esa, keng fikr bildirish uchun motivatsi- 

yani yaratish muhim.

Ma’lumki, bolalar o‘z iqtidoriga qarab turlicha darajada rivojlanadi 

va о ‘z navbatida pedagogning rahbarligi ham bosqichli xususiyatga ega 

bo‘ladi.  Bola hayotining beshinchi yilida pedagog rag‘batlantirishga 

(gap  so‘z hosil qilish va  so‘z ijodkorligi xususida bormoqda);  oltin-



134


chi  yilda -  gap  tarkibini  eng  oddiy  tahlil  qilish,  nutqning  gramma­

tik to‘g‘riligini  shakllantirishga (so‘z o‘zgartirishda); yettinchi yilda

-   hosila  so‘zlar  o‘rtasidagi  rasmiy-semantik  munosabatlami  oddiy 

tahlil  qilishga,  nutqiy  ijodkorlikka,  murakkab  sintaktik tuzilmalami 

ixtiyoriy tuzishga alohida e’tibor berishi lozim.

Didaktik о‘yinlar va grammatik mazmundagi mashqlar -  bolalar- 

ning  tilga  oid  o‘yinlarini,  ularning  grammatik  sohasidagi  faolligini 

rag‘batlantirishning muhim vositasidir. Pedagog bolalarga so‘z birik- 

masini  o‘ylab  ko‘rish,  so‘ngra  gapda  so‘zlami  bir-biri  bilan  to‘g‘ri 

bog‘lash qobiliyatini o‘rgatishi zarur.

Bolalar fikrlarida murakkab sintaktik tuzilmalami shakllantirish- 

ni yozma nutq vaziyatida,  ya’ni bola matnni  aytib turadigan,  katta 

yoshli  kishi  esa,  uni  yozib  boradigan  vaziyatda  amalga  oshirish 

tavsiya etiladi.

Bolaga bir turdagi tuzilmalardan foydalanmagan holda so‘zlaming 

to‘g‘ri tartibini qo‘llashni o‘rganishda yordam beradigan mashqlarga 

alohida e’tibomi qaratish zarur.

Muhimi,  bolada  gap  tarkibi  haqida  va  har  xil  turdagi  gaplarda 

leksikadan to‘g‘ri  foydalanish haqida oddiy tasawurlar shakllansin. 

Buning uchun bolalarga gapda so‘zlami biriktirishning turli usullari- 

ni, so‘zlar o‘rtasidagi ayrim mazmunli va grammatik bog‘liqliklardan 

foydalanishni  hamda  gapni  intonatsion  jihatdan  rasmiylashtirishni 

o‘rgatish zarur.

Shunday  qilib,  nutqning  grammatik  tizimini  shakllantirish jara­

yonida  sintaktik birliklar bilan amallar bajarish ko‘nikmasi  shaklla- 

nadi,  muayyan  muloqot  sharoitida va ravon  monologik fikrlami tu­

zish jarayonida til vositalarini ongli ravishda tanlash ta’minlanadi.

Bola nutqi, agarda u atrofdagilarga tushunarli bo‘lsagina ishonchli 

muloqot vositasi  bo‘lib xizmat qiladi.  Bu esa fikmi  so‘zlarda izchil, 

ravon  va  to‘liq  ifodalashga,  aniq  so‘zlami  tanlashga,  talaffuzning 

sofligi  va  to‘g‘riligiga  bog‘liq.  Qulay  shart-sharoitlarda  u  yoki  bu 

darajada  ushbu  xususiyatlar  bolada  aniq  reja  asosida  o‘qitish,  turli 

metodik usullami qo‘llash yo‘li bilan hosil qilinadi.

Tarbiyachi bolalaming tafakkurini va uning nutqining barcha jihat- 

larini, shu jumladan, obrazlilikni ham ularga atrofdagi hayot, oila va

135



maktabgacha ta’lim muassasasining maishiy hayoti, kishilar mehnati, 

ijtimoiy voqea va hodisalar bilan, jonli tabiat va predmetli olam bilan 

tanishish  imkonini  beradigan  darajada  rivojlantiradi.  Maktabgacha 

yoshdagi  bolalar  borliqni  faol  qabul  qiladilar  va  atrof-muhitdagi 

hayotga qo‘shilib ketadilar,  bu esa ularda so‘z zaxiralarining tez or- 

tishiga olib keladi.



Xulosa:

Bolalar lug‘atini boyitishning asosiy manbasi bo‘lib kattalar nutqi, 

birinchi  navbatda,  bolalarni  o‘qitib,  tarbiyalaydigan  tarbiyachining 

nutqi  hisoblanadi.  Ular  tarbiyachidan  obrazli  so‘zlami,  ifoda  va 

qollksh  usullarini  o‘zlashtirib  oladilar;  ular  nima  yaxshi-yu  nima 

yomonligini  ajratib ololmaydilar va eshitgan barcha so‘zlarga taqlid 

qiladilar.  Shuning  uchun  tarbiyachining  nutqi  namunaviy  bo‘lishi 

lozim.  Obrazli  nutqni  rivojlantirish keng ma’noda nutq madaniyati- 

nmg muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.


Download 9,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   435




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish