Babayeva d. R


tovush,  so‘zlami to‘g‘ri talaffuz qilish, nutqning ta’sirchanligiga eri-  shish



Download 9,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/435
Sana31.12.2021
Hajmi9,9 Mb.
#224163
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   435
Bog'liq
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi.Darslik.Babayeva D (1)

tovush, 

so‘zlami to‘g‘ri talaffuz qilish, nutqning ta’sirchanligiga eri- 



shish, 

rasmlar  asosida hikoya  tuzish,  kichik hajmli badiiy  asarlami 

qayta hikoya qilib berish, manzarali rasmlar asosida hikoyalar tuzish 

talab 

etiladi.  Lekin  kuzatishlar  bu  talablaming  to‘liq  bajarilmayot- 

ganini ko‘rsatadi.

137



Vaholanki,  bolalarning  nutqini  rivojlantirishda  badiiy  adabiyot- 

ning imkoniyatlari kattadir.

Maktabgacha  ta’lim  muassasalari  tarbiyalanuvchilari  badiiy 

adabiyot  namunalari  bilan  har  kuni  tanishtirilib  boriladi.  hiko- 

yatlar,  rivoyatlar,  ertaklar,  maqollar,  topishmoqlar,  tez  aytishlar va 

qo‘shiqlar  ular  nutqining  ifodaliligini  ta’minlab  qo‘ya  qolmaydi, 

balki so‘z zaxirasini ham boyitadi, adabiy til imkoniyatlaridan bah- 

ramand qiladi.

«Bolalar maktabgacha ta’lim muassasalari uchun dastur»da badiiy 

adabiyot namunalari bilan tanishish uchun tavsiya etilgan ro‘yxatdan 

mashg‘ulotlar o‘tkazishda keng foydalaniladi.

Dasturda qo‘shimcha adabiyotlar ham tavsiya etilgan bo‘lib, bular 

asosiy  adabiyotlar  vositasida  o‘tiladigan  mavzulami  to‘ldirishga va 

mashg‘ulotlami yanada boyitishga yordam beradi.

Bolalar  nutqini  rivojlantirishda  eng  muhim  vazifalar  sifatida 

ulaming  lug‘atini  boyitish  va  faollashtirish,  nutqining  gramms- 

iik  tuzilishini,  tovush  madaniyatini,  dialogik  va  monologik nutqni 

shakllantirish,  badiiy  adabiyot  namunalaridan  foydalanish  juda 

muhimdir.

  Ma’lumki,  bolalarning  kundalik  faoliyatida  hikoya  tuzishga 



yo‘naltirishda  ulami  so‘zlashga  undamoq  zarur.  Masalan,  «Kecha 

biznikida  to‘y  bo‘ldi»  mavzusida  bolalarning  o‘zi  tuzgan  hikoyani 

quyidagicha yo‘naltiruvchi savollar bilan to‘ldirish mumkin.

Sizlamikida «Qanaqa to‘y bo‘ldi?», «To‘yga kimlar keldi?», «Sen 

to‘yda  nima  ish  qilding?»,  «To‘y  yaxshimi?»  yoki  bolalardan  biri 

betob  bo‘lib  qoldi  deylik.  Sog‘aygandan  so‘ng  maktabgacha  ta’lim 

muassasasiga kelgan kuni, albatta, savol-javob bo‘ladi: «Sobir, Zokir 

yoki Gulchehra nima uchun maktabgacha ta’lim muassasalariga kel- 

may qo‘yding?>>

-  «Men kasal bo‘lib qoldim».

Shunda tarbiyachi bolani so‘zlatish, hikoya qilishga undash uchun 

quyidagi  savollami  beradi:  «Qanday  kasal  bo‘lding?»,  «Uyga  shi- 

fokor  chaqirdilaringmi?»,  «Qanday  davolanding?»,  «Betobligingda 

zerikmasliging  uchun  senga  qanday  kitob  o‘qib  berishdi?»,  «Bizga 

ham aytib bergin-chi?».

138



Bundan tashqari,  mashg‘ulotlar xonasi jihozlarini  o‘zgartirib bo- 

rish, bolalar chizgan rasmlar ko‘rgazmasi, kichkintoylar uchun kitob- 

lar ko‘rgazmasini uyushtirish jarayonidagi dialogik yoki monologik 

hikoyalar ham katta ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘ladi.

Bu borada bizga bolalaming oilalari yaxshi yordam berdilar. Nati- 

jada  sovg‘a  qilingan  kitob,  kasb  haqida  suhbat,  musiqiy  lahzalar, 

mehnat jarayoni,  bolalaming  oilasidagi  yaqin  kishilari  -   yozuvchi, 

shoir, rassom, bastakor, quruvchi, haydovchi, doktor, o‘qituvchi, chi- 

langar va boshqalar haqida maroqli hikoyalar tuzishga sabab bo‘ldi.

Bolalaming turli ko‘katlar,  gullar bayramida  gullar, yangi yil er- 

taligida turli hayvonlar rolida chiqishlari, qo‘g‘irchoq teatri spektakli 

kabi turli hikoyalarda o‘z ifodasini topdi. Demak, yaratilgan sog‘lom, 

qiziqarli  muhit  ma’naviy  sog‘lomliknmg  muhim  mezoni  -   ravon 

nutqning ham sog‘lom bo‘lishiga olib keladi. Bu esa, o‘z navbatida, 

ravon  nutqning  har  bir  talabini  reja  asosida  bir  tizimda,  maqsadga 

muvofiq amalga oshisihini ta’minlaydi.




Download 9,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   435




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish