Babayeva d. R



Download 9,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/435
Sana31.12.2021
Hajmi9,9 Mb.
#224163
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   435
Bog'liq
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi.Darslik.Babayeva D (1)

Mashg‘uIot ishlanmasi:

Mavzu:  Jamoa  hayotidan hikoya  tuzish:  «Bizning  maktabgacha 

ta’lim muassasamiz».

Maqsad:  Tarbiyachining  rejasi  asosida  shaxsiy hayotda  bo'lgan 

voqealami hikoya qilib so‘zlab berishga o‘rgatish.

Vazifalar:

Shaxsiy  hayot  (tajriba)dan  tugallangan  hikoya  tuzish  malakasini 

shakllantirish.

Gapirayotganda  so‘zlami  bir-biriga bog‘lab, jumlalar tuzish  ma­

lakasini mustahkamlash.

Aytilgan jumlani  qanday  holat  (kayfiyat)da  aytilganini  aniqlash 

(xafa, xursand).

Tovushga xos xususiyatlami aniqlash.



Kutilayotgan natijalar:

Shaxsiy  hayot  (tajriba)dan  tugallangan  hikoya  tuzish  malakasi 

shakllanadi.

Gapirayotganda  so‘zlami  bir-biriga  bog‘lab,  jumlalar  tuzishga 

o‘rganadilar.

Tovushga xos xususiyatlami bilib oladilar.

Kerakli jihozlar:

Mavzuga oid rasmlar.

Stol, stul, rangli qog‘oz va qalamlar, o‘yin ishtirokchilari.

129



M ashg‘uIotning borishi:

Tarbiyachi:  Bolalar,  hozir  biz  uchun  qadrdon  bo‘lgan  maktab­

gacha  ta’lim  muassasasi  haqida  suhbatlashamiz.  Biz  maktabgacha 

ta’lim  muassasasini  sevamiz.  U  bizning  ikkinchi  uyimiz.  Siz  mak­

tabga  borganingizda  o‘qituvchingiz  maktabgacha  ta’lim  muassasasi 

haqida  so‘rab  qolishi  mumkin.  Shunda  siz  qiynalib  qolmasligingiz 

uchun shu mavzuda hikoya tuzishga o‘rganamiz.

1.  Siz  qatnagan  maktabgacha  ta’lim  muassasasi  qaysi  ko‘chada 

joylashgan?

2. U necha qavatli?

3. Maktabgacha ta’lim muassasasining qanday xonalari bor?

4. Maydoncha, yer uchastkalari bormi?

5. Uning kiraverishi qanday bezatilgan?

Tarbiyachi:  Maktabgacha ta’lim muassasasi haqida suhbatlashib 

oldik. Endi kim shu  mavzuda hikoya tuzib beradi? (Tarbiyachi namu- 

naviy hikoya berishi mumkin).

Maktabgacha  ta’lim  muassasasi  Olmazor  kp‘chasida joylash­

gan.  Ikki  qavatli.  Birinchi  qavatida  oshxona,,hamshira,  mudira 

xonalari  bor.  Shu  qavatda  muzey  xonasi  ham  bor.  Musavvirlar 

kiraverishini  o‘zbek xalq  ertaklaridan  lavhalar bilan bezatishgan. 

Biz  maktabgacha  ta’lim.  muassasasini  sevamiz  (5-6  ta  bolalar 

hikoyalari tinglanadi).

Tarbiyachi:  Men  hikoyalaringizni  eshitib,  maktabgacha  ta’lim 

muassasangizni  qanchalik  yaxshi  ko‘rishingizni  bilib  oldim.  Hozir 

«Maktabgacha ta’lim muassasasi» jumlasini men chaqirgan bola ay- 

tadi. Qolgan bolalar aytilgan gap qaysi kayfiyatda aytilganini aniqlay- 

dilar (Bolalar jumlani xafa, xursand kabi holatda-kayfiyatda aytishlari 

mumkin).


Jismoniy daqiqa:

Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar :

1. Maktabgacha ta’lim muassasasi qaysi ко‘chada joylashgan?

2. U necha qavatli?

3. Maktabgacha ta’lim muassasamizning qanday xonalari bor?

4. Uning kiraverishi qanday bezatilgan?

5. Kimning hikoyasi sizga yoqdi?

130




Download 9,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   435




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish