Prefiks va postfiks. Inkrement operatori ham, dekrement operatori ham ikki variantda ishlaydi: prefiksli va postfiksli. Perefiksli variantda ular o’zgaruvchidan oldin (++Age), postfiksli variantda esa o’zgaruvchidan keyin (Age++) yoziladi.
Oddiy ifodalarda bu variantlarni qo’llanishida farq katta emas, lekin bir o’zgaruvchiga boshqa o’zgaruvchining qiymatini o’zlashtirishda ularning qo’llanilishi boshqacha xarakterga ega. Perefeksli operator qiymat o’zlash-tirilguncha, postfiksli operator esa qiymat o’zlashtirilgandan keyin bajariladi. Qiymat berish buyrug’ining y=++a; va y= - -a; ko’rinishlari uning prefiks ko’rinishi, y = a++; va y = a - -; ko’rinishlari postfiks ko’rinishlari deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |