Munosabat amallari. Munosabat amallari qiymatlari 1 ga teng agar nunosabat (true) bajarilsa va aksincha (false) bo’lsa 0 ga tengdir. Munosabat amallari arifmetik turdagi operandlarga yoki ko’rsatkichlarga qo’llaniladi.
Nomi
|
Operator
|
Misol
|
Hosil bo’ladigan qiymat
|
Tenglik
|
= =
|
100= =50
50= =50
|
0 (false)
1 (true)
|
Teng emas
|
!=
|
100!=50
50!=50
|
1 (true)
0 (false)
|
Katta
|
>
|
100>50
50>50
|
1 (true)
0 (false)
|
Katta yoki teng
|
>=
|
100>=50
50>=50
|
1 (true)
1 (true)
|
Kichik
|
<
|
100<50
50<50
|
1 (true)
0 (false)
|
Kichik yoki teng
|
<=
|
100<=50
50<=50
|
0 (false)
1 (true)
|
Misollar:
1!=0 qiymati 1 ga teng;
1==0 qiymati 0 ga teng;
3>=3 qiymati 1 ga teng;
3>3 qiymati 0 ga teng;
2<=2 qiymati 1 ga teng;
2<2 qiymati 0 ga teng;
Katta >, kichik <, katta eki teng >=, kichik eki teng <= amallarining ustivorligi bir hildir.
Teng == va teng emas != amallarining ustivorligi uzaro teng va qolgan amallardan pastdir.
Mantiqiy amallar.
Mantiqiy ma’lumotlar uchun quyidagi mantiqiy amallardan foydalanish mumkin: &&- qo’shish (va); ||- ko’paytirish (yoki); ! - inkor (yo’q). Or va and mantiqiy amallar ikkita kattalik bilan, not amali esa bitta kattalik bilan bajariladi.
amal
|
belgilash
|
misol
|
qo’shish (or);
|
&&
|
a && b
|
ko’paytirish (and);
|
||
|
a||a
|
inkor (not).
|
!
|
!a
|
Mantiqiy qiymatlar ustida amallar natijasi quyidagicha:
a
|
b
|
!
| && |
||
|
true
|
true
|
false
|
true
|
true
|
true
|
false
|
false
|
true
|
false
|
false
|
true
|
true
|
true
|
false
|
false
|
false
|
true
|
false
|
false
|
Misol. Agar a = 25 va b = 20 bo’lsa:
a) (a>10) && (b<12) (true) b) (a>10) || (b<3) (false)
c) (a>10) && (b>12) (true) d) (a>10) || (b>12) (true)
e) !( (a>10) && (b>12)) (false)
Nazorat uchun savollar
C++ tilining tarkibiy asosiy qismlari qanday?
Ma’lumot nima va uning qanday turlari bor?
Ma’lumotlar qanday tavsiflanadi?
Butun, haqiqiy, satrli va mantiqiy turlarni tushintiring.
C++ tilida qanday amallar ishlatiladi?
Qanday arifmetik amallarni bilasiz?
Munosabat amallarni bajarilish tartibini tushuntiring?
Ci++ tilida o’zgarmas nima? Qanday o’zgarmaslarni bilasiz?
Qanday mantiqiy amallarni bilasiz?
Taqqoslash amallari nima uchun ishlatiladi?
Sanab o’tiladigan turlarni tushuntiring?
Nima uchun literalli o’zgarmasga nisbatan belgili o’zgarmasni ishlatish yaxshiroq?
Butun sonli va haqiqiy tiplarni qanday farqi bor?
unsigned short int va long int tiplarining o’zaro farqi nimada?
const kalitli so’zini #define direktivasi o’rniga qo’llashni afzalligi nimada?
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar
1. Quyidagilar qaysi biri butun turga tegishli:
a) -3 b) 12a +5.2 c) -999999999999999 d) ++60 e) +-+-+-+3957
2. Quyidagilar qaysi biri haqiqiy turga tegishli:
а) 0.3 b) -2.56 c) 3,5 d) 6.5487E3 e) +.3 f) -7. j) 0.0E6
3. Quyidagilar qaysi biri belgili turga tegishli:
а) 'abc' b) 'ы' c) '3,5' d) “начало” e) '/////' f) 'Алекс j) '0''0' s) '''конец'''
4. Quyidagilar qaysi biri mantiqiy turga tegishli:
а) true b) False c) t d) 'false' e) истина f) trunc j) TRUE
5.Quyidagilardan qaysi biri identifikator bo’lishi mumkin:
а) Alpha b) begin c) a125 d) 2b e) end3 f) Жук j) end_for
6. Agar a = 11 va b = 22 bo’lsa natijani aniqlang:
a) (a>10) && (b<12) b) (a>10) || (b<3) c) (a>10) && (b>12) d) (a>10) || (b>12) e) !( (a>10) && (b>12))
7. Agar x=9 bo’lsa natijani aniqlang:
a) x/3 b) x/3. c) (float x/3)
8. Natijani aniqlang:
a) 12. 37% 4 b) -9 %8 c) 66 %(-12) d) pow(4,6) e) pow10(6)
Test savollari
1. Butun sonli arifmetika ishlatiladigan amalni ko’rsating:
A) + B) % C) && D) ** E) !!
2.. Ishorasiz butun turdagi ma’lumotni tavsiflash uchun ma’lumot turini ko’rsating:
A) long B) short C) char D) unsigned int E) double
3.. Ishorasiz ma’lumotlarni tavsiflashning ma’lumotlar turi:
A) double B) float C) unsigned D) char E) int
4. O’zgarmaslarni aniqlash uchun preprosessorning qaysi diretivasidan foydalaniladi?
A) #include B) #define C) typedef D) union E) extern
5. Belgili o’zgarmas to’g’ri tavsiflanganini aniqlang
A) define s=‘A’ B) #define s “A” C) #define s A D) #define s ‘A’
E) define s=”A”
6. Satrli o’zgarmas to’g’ri tavsiflanganini aniqlang
A) #define s ‘stroka’ B) define s=”stroka” C) #define s=‘stroka’ D) define s stroke E) #define s “stroka”
7. C++ tilida ishorali miqdorlarni ko’rsatishda qaysi kalit so’zidan foydalaniladi
a) short b) long c) Unsingned d) To’g’ri javob keltirilmagan.
8. C++ tilida necha turdagi o’zgarmaslar aniqlangan
a) Ikki turdagi - literal va belgili b) Uch turdagi – short, long va Unsingned
c) Ikki turdagi - oddiy va murakkab d)To’g’ri javob keltirilmagan.
9. C++ tilida belgili o’zgarmasni aniqlashning necha usuli mavjud
a) # define direktivasi yordamida va const kalitli so’zi orqali
b) # define direktivasi yordamida c) const kalitli so’zi orqali
d) to’g’ri javob keltirilmagan.
10. C++ tilida bajariluvchi faylni hosil qilish uchun dastlab qanday amalni bajarish lozim
a) cpp kengaytirmali dastur kodi hosil qilinadi;
b) Dastur kodini kompilyasiya qilish orqali .obj kengaytmali obyektli fayl tuziladi; c) Bajariluvchi faylni hosil qilish maqsadida .obj kengaytmali fayli zaruriy bibliotekalar orqali komponovka qilinadi; d) To’g’ri javob keltirilmagan.
11.Inkrement nima
a) Qiymatni 1 ga oshirish (a+=1) b) Qiymatni 1 ga kamytirish (a-=1)
c) Qiymat berish (a=1) d) to’g’ri javob keltirilmagan.
12. Dekrement nima
a) Qiymatni 1 ga oshirish (a+=1) b) Qiymatni 1 ga kamytirish (a-=1)
c) Qiymat berish (a=1) d) to’g’ri javob keltirilmagan.
13 . Prefiks operatori qachon bajariladi
2>50>50>
Do'stlaringiz bilan baham: |