147
• mehnat qonunchiligini takomillashtirish, mehnat va unga haq to'lash sohasida
davlat kafolatlari, imtiyozlari va kompensa-tsiyalarini kengaytirish;
• mehnatga layoqatli aholining ish bilan bandligi davlat siyosatini ishlab chiqish va
amalga oshirish;
• yuqori samarali mehnat motivatsiyasi va rag'batini kuchaytirishga qaratilgan
iqtisodiy va ijtimoiy shart-sharoitlarni yaratish;
• xodimlar mehnatiga, mulkchilik shaklidan qat'i nazar, ish haqi to'lash tizimini
tartibga solish;
• mehnat, moddiy, texnikaviy va tabiiy resurslardan
oqilona foydalanish asosida
mehnat unumdorligi va samaradorligini oshirishga qaratilgan davlat dasturlarini
ishlab chiqish;
• aholi soni o'sishining prognozlari, demografik va ijtimoiy-iqtisodiy omillarni
hisobga olgan holda jamiyatning mehnat salohiyatini shakllantirish.
1992 yilda qabul qilingan ―Aholining bandligi to'g'risida‖gi qonun, 1996 yilda
kuchga kiritilgan O'zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksi mehnat
sohasidagi quyidagi muhim muammolarni hal etishni ta'minladi:
• davlatning aholining ish bilan to'la bandligini ta'minlash bo'yicha majburiyatini
bozor iqtisodiyotining talab va taklif qoidasi asosiga qo'ydi;
• ish bilan bandlik xizmatlarini tashkil etishning va ular amal etishining huquqiy
asoslarini yaratdi;
• ishsizlik bo'yicha nafaqalar to'lashni moliyalashtirish uchun ish bilan bandlik
jamg'armasi tashkil etildi.
Ish
bilan bandlik muammosi, ayniqsa, respublikaning qishloq joylarida
nihoyatda keskin edi. Shuning uchun mamlakatda fuqarolar tomorqalarini
kengaytirish to'g'risida maxsus qaror qabul qilindi. Bu qishloq aholisining natural
daromad yangi manbalarini shakllantirishga xizmat qilishi bilan birgalikda ijtimoiy
yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o'tishning mashaqqatli oqibatlarini birmuncha
yumshatdi. Shaxsiy tomorqa xo'jaliklari uchun 500,0 ming gektardan ko'proq yer
ajratildi. Natijada qishloq aholisining tomorqa xo'jaliklaridagi yer maydonlari 2,5
baravarga kengaydi. Shaxsiy tomorqalarni kengaytirish hisobidan 600 ming
qishloq aholisi mehnat faoliyatiga jalb qilindi.
O'zbekistonda davlat tomonidan ish bilan bandlikni tartibga solishning
dastlabki bosqichida (1991-1999 yillar) davlat milliy va mintaqaviy darajada
mehnat bozorini tartibga solishning ma'muriy shakllarini qo'llashiga to'g'ri keldi.
Ushbu davrda mehnat xizmatiga talabni uning taklifiga mutanosiblashtirish uchun
qator ishlab chiqarishlarda to'liqsiz ish haftasi va to'liqsiz ish kuni tartibi joriy
etildi. Korxonalarda ish bilan bandlik darajasini saqlab turishga intilishlar ko'p
hollarda katta va tobora ortib borayotgan moliyaviy taqchillikni keltirib chiqardi.
Hamma uchun yagona bo'lgan qat'i byudjet cheklovlarini joriy etish va to'lovga
148
qodir bo'lmagan korxonalarni bankrot deb e'lon qilish xodimlarni ommaviy ishdan
bo'shatishga olib kelardi. Bu bosqichda xususiy sektor nisbatan tez rivojlanayotgan
bo'lsa ham, dastavval u ish bilan bandlikni zarur darajada ta'minlash uchun qodir
emasdi.
Davlat tomonidan ish bilan bandlikni tartibga solishning keyingi bosqichida
(2000 yildan boshlab) mamlakat makroiqtisodiy vaziyatida ro'y
bergan ijobiy
o'zgarishlar mehnat bozoriga jiddiy ta'sir ko'rsatdi. O'zbekistonda mehnat resurslari
muttasil ortib borayotganligi hisobga olingan holda yangi ish o'rinlari yaratishning
izchil tizimi yaratildi. Yangi ish o'rinlari investitsiya dasturlari, mahalliylashtirish
dasturlari, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnologik qayta jihozlash
tarmoq dasturlari, vaqtincha ishlamayotgan korxonalarni, shu jumladan tijorat
banklari balansiga berilgan korxonalarni tiklash, kichik korxonalar va
mikrofirmalar
tashkil etish, xususiy tadbirkorlikni rivoj-lantirish, kasanachilikni,
birinchi navbatda, sanoat korxonalari bilan mehnat shartnomasi bo'yicha
kooperatsiyalashishga asoslangan kasanachilikni hamda hunarmandchilik va
oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, fermer va dehqon xo'jaliklarini, ayniqsa,
parrandachilik, baliqchilik, asalarichilikka, shuningdek,
meva-sabzavot va boshqa
turdagi qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan
tuzilmalarni tashkil etish va rivojlantirish, ishlab chiqarish va ijtimoiy
infratuzilmalarni rivojlantirish, aholi punktlarini obodonlashtirishni kengayti-rish
hisobiga yaratilmoqda. Bu hozirgi vaqtda mamlakatda yiliga taxminan 1 millionta
yangi ish joylari yaratish imkonini bermoqda.
Davlatning aholini ish bilan ta'minlashni tartibga solishda quyidagi
usullardan foydalanmoqda:
1. Huquqiy-qonunchilik usullari (mehnat shartnomalari tuzish, ish vaqti, ish
vaqtidan qo'shimcha vaqt ish davomiyligini tartibga solish, ish bilan bandlik davlat
jamg'armalariga majburiy to'lovlarni
joriy etish, aholining nochor qismi uchun
kafolatli ish joylari sonini kvotalash va hokazolar).
2. Tashkiliy usullar (ish bilan bandlik va aholini ish bilan ta'minlash xizmatlari,
mehnat bozoriga xizmat ko'rsatuvchi axborot tizimlarini, kasbga yo'naltirish hamda
kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimlarini shakllantirish va rivojlantirish).
3. Iqtisodiy usullar ( byudjet siyosatida yangi ish o'rinlari yaratishni rag'batlantirish
uchun ish beruvchilar, ayniqsa, tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar ajratish, soliq
yukini kamaytirish, ishga muhtoj aholini mehnat bozorida raqobatbardosh
kasblarga o'rgatish va hokazolarni ustuvor yo'nalish sifatida belgilash).
O'zbekistonda islohotlarni amalga oshirishning dastlabki bosqichlarida
aholini ijtimoiy himoya qilish tadbirlari amalda
kompensatsiya funktsiyasini
bajardi. Bunda asosiy e'tibor oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat tovarlarining
iste'mol darajasini kamaytirmaslik, ularni kafolatli ravishda xarid qilish
149
imkoniyatlarini yaratish, ichki bozor barqarorligini, aholi daromadlari bilan narx-
navolar darajasidagi tafovutni bosqichma-bosqich mutanosiblashtirishga qaratildi.
Ijtimoiy himoya butun tizimida bozor iqtisodyotiga o'tish sharoitlarida eng
nochor ahvolga tushib qolgan aholi toifalari – nogironlar, pensionerlar, ko'p bolali
va kam ta'minlangan oilalarga samarali yordam ko'rsatish ustuvor yo'nalishga
aylandi. Shu maqsadda aholining ushbu toifalari uchun hayotiy zarur mahsulot va
tovarlarni xarid qilish, kommunal va transport xizmatlarini to'lashda qo'shimcha
imtiyozlar berildi. Ayni paytda, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori sezilarli
darajada oshirildi. Narx-navolar ortishi munosabati
bilan ish haqi darajasini
muntazam qayta ko'rib chiqish ham aholini ijtimoiy himoya qilish choralaridan biri
bo'ldi. 1991 yildan boshlab ish haqini oshirish bo'yicha yettita hujjat qabul qilindi.
Ushbu maqsadlar uchun 500,0 mlrd. so'mdan ko'proq mablag' sarflandi.
1993 yil yanvaridan boshlab mamlakatda barcha xodimlar uchun Yagona tarif
setkasi joriy etildi. Ushbu tadbir mehnatga haq to'lash butun tizimini tartibga solish
bilan bir qatorda turli kasb va hunarga ega xodimlar ish haqining ob'ektiv nisbatini
o'rnatish, ish haqi miqdorini eng kam ish haqi miqdori bilan qat'i bog'lab qo'yish
maqsadlariga xizmat qildi. Yagona tarif setkasining joriy etilishi aholiga ijtimoiy
kafolatlarni mustahkamlash, eng avvalo, kafolatli ish haqi darajasini belgilashga
xizmat qildi. Davlat byudjetidagi kamomadga qaramasdan ijtimoiy sohaning eng
muhim tarmoqlari – sog'liqni saqlash, ta'lim, jismoniy tarbiya, madaniyat va
boshqalarning moddiy bazasini mustahkamlash choralari ko'rildi.
Do'stlaringiz bilan baham: