B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samarqand



Download 1,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/120
Sana07.06.2023
Hajmi1,99 Mb.
#949546
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   120
Bog'liq
B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samar

Birinchi sektor 
Ikkinchi sektor
Uchuinchi sektor
Da
vlat (
muni
tsi
pa
l) 
korxo
na
lar

D
avla
t mua
ssa
sa
v

tashkil
otl
ari


137 
 
 
 
 
11.5-rasm. Ijtimoiy soha muassasa va tashkilotlarining mulk shakli bo'yicha 
tasnifi 
Yevropada ijtimoiy sug'urta tashkilotlari O'rta asrlarda shakllana boshlagan. 
Hunarmandlar uyushmalari o'zaro yordam jag'armalari va jamiyatlari tashkil 
etishgan, ularga a'zo bo'lgan va muayyan miqdorda badal to'laganlar betob bo'lgan 
yoki jarohatlangan hollarida bu jamg'arma va jamiyatlardan moddiy yordam olish 
huquqiga ega bo'lganlar. 
Ijtimoiy dasturlarni maqbullashtirish siyosati ko'zlangan samaraga erishishni 
ta'minladi: davlatning bu sohaga xarajatlari qisqardi. Shu bilan birga 2008 yilda 
boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga qaramasdan rivojlangan 
davlatlarda ijtimoiy soha uchun xarajatlar yalpi ichki mahsulot hajmida hali ham 
katta salmoqqa ega. Bu iqtisodiy o'sish va ijtimoiy rivojlanish o'rtasidagi uzviy 
bog'liqlik bilan izohlanadi (11.6-rasm). 
 
 
11.6-rasm. Inson ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar sub'ekti sifatida 
Inson faoliyati turlariga iqtisodiy nuqtai nazardan yondashish sarf 
qilinadigan xarajatlarni buning natijasida erishiladigan samara bilan taqqoslashni 
taqozo etadi. Ijtimoiy soha iqtisodiyotida ham shunday tamoyilga amal qilinadi.
Ya'ni, cheklangan moliyaviy, moddiy, mehnat va boshqa resurslarni 
qilinadigan xarajatga mutanosib samaraga erishishni ta'minlaydigan ijtimoiy 
ehtiyojlarni qondirish uchun taqsimlash talab etiladi.
Iqtisodiyot
Ijtimoiy soha
Inson


138 
Ijtimoiy soha iqtisodiyotiga mulkchilikning xilma-xil shakllari, erkin 
tadbirkorlik, sog'lom raqobatga hamda iqtisodiyot yuksak darajada rivojlangan 
holda aholi turmushining munosib darajasi ta'minlanadigan, ijtimoiy himoyalanishi 
kafolatla-nadigan kuchli ijtimoiy siyosatga asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy 
munosabatlar tizimi sifatida ta'rif berilishi mumkin (1.8-rasm). Bunday talqin 
ijtimoiy soha iqtisodiyoti rivojlangan davlatlardagi bozor iqtisodiyoti hamda o'tish 
iqtisodiyotiga 
ega 
davlatlarda 
bozor 
munosabatlari 
shakllantirilayotgan 
sharoitlarda amal etayotganligiga mos tushadi.
Ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotining tub mohiyatini inson, uning 
manfaatlariga xizmat qilish tashkil etadi. Uning asosiy xususiyatlari aholini ish 
bilan bandligini amalga oshirish va shu asnoda ishonchli miqdordagi daromad 
manbaini yaratib, uning farovonligini oshirib borish, ijtimoiy xavfsizlik, ijtimoiy 
adolat va ijtimoiy taraqqiyot, ishlab chiqarish vositalariga xususiy egalik va narx-
navoning erkin shakllanishi, raqobat, iqtisodiy o'sish, erkin tashqi savdo, erkin 
valyuta ayirboshlashdan iborat. 
Ijtimoiy soha sog'liqni saqlash, ta'lim, uy-joy-kommunal xo'jaligi, 
madaniyat, sport va turizm, ijtimoiy xizmat ko'rsatish va ijtimoiy ta'minot, ijtimoiy 
sug'urta, pensiya ta'minotini mujassamlashtirgan va ular bevosita inson, uning 
moddiy, jismoniy va ma'naviy ehtiyojlarini qondirishga yo'naltirilgan. U hozirgi 
davr iqtisodiyotining salmoqli qismini tashkil etadi. XXI asr ikkinchi o'n yilligi 
boshiga kelib jahonning rivojlangan davlatlarida yalpi ichki mahsulotning 30,0-
45,0 %i ijtimoiy soha ehtiyojlariga yo'naltirilmoqda. 
Ijtimoiy soha iqtisodiyotiga mulkchilikning xilma-xil shakllari, erkin 
tadbirkorlik, sog'lom raqobatga hamda iqtisodiyot yuksak darajada rivojlangan 
holda aholi turmushining munosib darajasi ta'minlanadigan, ijtimoiy himoyalanishi 
kafolatlana-digan kuchli ijtimoiy siyosatga asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy 
munosabatlar tizimi sifatida ta'rif berilishi mumkin. Uning bosh maqsadi insonning 
erkin rivojlanishini, har bir fuqaro va umuman, mamlakat butun aholisining 
munosib turmush darajasi va turmush sifatini ta'minlashdan iborat.
Ijtimoiy soha iqtisodiyoti bozor iqtisodiyoti nazariyasiga metodologik asos 
sifatida tayanadi va shu sharoitda ijtimoiy sohani rejalashtirish, samarali amal 
etishini, resurslar bilan ta'minlash masalarini qamrab oladi, iqtisodiy qonuniyatlar 
hamda iqtisodiy qonunlarni ijtimoiy sohada qo'llash amaliyoti asosida davlat, 
ijtimoiy guruhlar va shaxs o'rtasidagi iqtisodiy aloqalarni o'rganadi. 

Download 1,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish