B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samarqand



Download 1,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/120
Sana07.06.2023
Hajmi1,99 Mb.
#949546
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   120
Bog'liq
B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samar

 
 
 
 
 
 
11.9-rasm. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning “o'zbek modeli” 
 
―O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar muvaffaqiyati, aholi 
turmush darajasi va hayot sifatini oshirish bo'yicha erishilgan yutuqlar yetakchi 
xalqaro tashkilotlar hamda ekspertlar hamjamiyati tomonidan keng e'tirof etilib, 
xolisona baholanmoqda‖ . 
1. Iqtisodiyotni mafkuradan xoli etish, ya'ni uning siyosatdan ustun bo'lishini 
ta'minlash. Bu, aslo, siyosatning ikkinchi darajali ekanligini anglatmaydi. 
Iqtisodiyot va siyosat alohida-alohida amal etmaydi. Ular uzviy bog'liq, bir 
yaxlitlikning ikki tomonidir. Ushbu o'zaro bog'liqlikda iqtisodiyotga yagona 
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning “O‟zbek modeli” 
Iqtisodi
yot
ning m
afkur
adan 
xoliligi
Davlat
-bos
h isloh
otchi
Qonun 
ust
uvor
lig
ini t
a‘
min
lash
Kuchli ijti
moiy si
yosat 
Islohotl
arni
bosqic
hma
-bosqich 
va izchil oli
b boris
h


143 
tizimning birlamchi bo'g'ini sifatida ustunlik beriladi. Davlatning iqtisodiy siyosati 
iqtisodiyot barqaror yuqori sur'atlarda o'sishini ta'minlashi, uning rivojlanish 
strategiyasini belgilab berishi kerak. Iqtisodiyot va siyosat yaxlitlikda asosiy 
ijtimoiy maqsad – aholi farovonligini oshirish va uning ijtimoiy himoyalanganligi 
darajasini oshirib borishga da'vat etilgan. 
2. Davlat – bosh islohotchi. Markazlashgan, ma'muriy-buyruqbozlik 
tizimidan bozor iqtisodiyotiga o'tish ziddiyatli va muammoli jarayondir. Bu esa 
kuchli davlat boshqaruvini talab etadi. O'tish iqtisodiyoti sharoitlarida islohotlar 
tashabbuskori davlat bo'ladi, milliy iqtisodni rivojlantirishning ustuvor yo'nalish-
larini ishlab chiqaradi, mamlakat ijtimoiy hayotida tub o'zgartirishlarni amalga 
oshiradi. 
3. Qonun ustuvorligini ta'minlash. Keng ko'lamli tub islohotlarga kirishib, 
ijtimoiy yo'naltirilgan iqtisodiyot shakllantirilar ekan, eng avvalo, bu 
yangilanishlarning huquqiy asosi yaratilishi kerak. Ayni paytda, barcha sohalarda 
qonunga qat'i rioya etilishi, uning ustuvorligi ta'minlanishi lozim. Faqat huquqiy 
demokratik davlatda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlan-tirishda salmoqli natijalarga 
erishilishi mumkin. 
4. Kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish. O'zbekiston o'ziga xos 
demografik xususiyatga ega. Sobiq tuzumdan aholi, ayniqsa, qishloq joylarida 
istiqomat qiladigan fuqarolar katta qismining nochorligi, murakkab ijtimoiy 
muammolar meros bo'lib qolgan. Shu bilan birga avvalgi ittifoq tasarrufida bo'lgan 
yirik korxonalarning bankrotlikka uchrashi, xo'jalik aloqalarining uzilishi 
mehnatga layoqatli aholini ish bilan ta'minlash muammosini nihoyatda 
keskinlashtirib 
yubordi. 
Ayni 
paytda, 
mamlakatning 
jahon 
xo'jaligiga 
integratsiyalashishi ichki bozorlardagi narx-navoni dunyo bozorlaridagiga 
mutanosiblash-tirishni talab etardi. Talab va taklifga asoslangan narx-navo bozor 
mexanizmlarining joriy etilishi aholi, ayniqsa, uning kam ta'minlangan qismini 
moddiy jihatdan qo'llab-quvvatlash uchun kuchli va ta'sirchan ijtimoiy himoya 
mexanizmlari yaratish zaruratini kuchaytiradi. Faqat shunday sharoitlardagina 
jamiyatda barqaror ijtimoiy-siyosiy vaziyatni saqlab turish va tub bozor 
islohotlarini amalga oshirish mumkin. 
5. Islohotlarni bosqichma-bosqich va izchil olib borish. Ayrim 
mamlakatlarda bo'lganidek, O'zbekistonda bozor munosabatlariga ―falaj qilib 
davolash‖ orqali o'tishning iloji yo'q edi. Shoshqaloqlik bilan qisqa muddatda 
bozor mexanizmlarini joriy etish to'planib qolgan nihoyatda murakkab ijtimoiy 
muammolarni keskinlashtirishi, aholini yanada qashshoqlashtirib yuborishi 
mumkin edi. O'zbekistonda islohotlarni bosqichma-bosqich va izchil amalga 
oshirish, shuningdek, tegishli huquqiy asoslar, bozor infratuzilmalarini yaratish, 
mulkchilik, qishloq xo'jaligida chuqur o'zgartirishlar qilish, keskin raqobat 


144 
muhitida samarali faoliyat olib borishga qodir bo'lgan mutaxassislarni tayyorlash, 
kishilarda yangi iqtisodiy tafakkurni shakllantirish, ularning bozor sharoitlariga 
moslashishi uchun muayyan vaqt talab etilishi bilan ham izohlanardi.
Markazlashgan-rejali, ma'muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyot va bozor 
iqtisodiyoti – mutlaqo o'zgacha, bir-biriga aslo mos kelmaydigan xo'jalik 
tizimlaridir. 
Shu 
sababli 
markazlashgan-rejali 
iqtisodiyotdan 
bozor 
munosabatlariga o'tish mavjud xo'jalik mexanizmlarini modernizatsiya qilish yoki 
takomillashtirishni emas, balki hayot sinovida o'zining raqobatbardosh emasligini 
ko'rsatgan bir iqtisodiy tizimdan ikkinchi, sifat jihatdan tubdan yangi tizimga 
o'tishni talab etardi.
O'zbekistonda ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish 
muammolari sobiq tuzumdan meros bo'lib qolgan quyidagi ijtimoiy-iqtisodiy 
ziddiyatlar bilan izohlanardi: 
• murakkab demografik vaziyat, aholining, ayniqsa, qishloq joylaridagi aholining 
turmush darajasi pastligi; 
• iqtisodiyotning asosan xomashyo va yarim tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish 
va eksport qilishga yo'naltirilganligi; 
• iqtisodiyotning qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining rivojlanish darajasiga, 
demak-ki ob-havo omillariga qaramligi; 
• iqtisodiyotning respublikaga yonilg'i-energetika resurslari, asosiy oziq-ovqat 
mahsulotlari – don, go'sht-sut, kartoshka, shakar va hokazolarning chetdan 
keltirishlariga qaramligi; 
• ishlab chiqarish umumiy hajmida tayyor pirovard mahsulot salmog'ining pastligi; 
• ishlab chiqarishning texnologik darajasi pastligi; 
• ishlab chiqarishdagi eskirib qolgan mashina-uskunalardan foydalanilishi 
oqibatida ichki va tashqi bozorlarda raqobatdosh bo'la olmaydigan mahsulot ishlab 
chiqarilishi; 
• bozor infratuzilmalarining shakllanmaganligi, aholining yangi sharoitlarda 
tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun zarur iqtisodiy-xuquqiy tayyorgalikka ega 
emasligi; 
• ayrim mintaqalarda ekologik vaziyatning keskinlashganligi. 
O'zbekistonda 
davlat 
mustaqilligiga 
erishganidan 
so'ng 
ijtimoiy 
yo'naltirilgan bozor munosabatlariga o'tish juda noqulay sharoitlarda boshlandi. Bu 
davrda boshqa sobiq ittifoqdosh respublikalardan farqli ravishda O'zbekiston tub 
iqtisodiy islohotlarni aholining turmush darajasi ko'rsatkichlari eng past bo'lgan 
holatda o'tkazishga majbur bo'ldi.
Respublika aholi jon boshiga real daromadlar, o'rtacha ish haqi va pensiyalar 
miqdori, oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat tovarlari, pulli xizmatlar, 


145 
turarjoy maydoni, ijtimoiy-madaniy muassasalar tarmoqlari bilan ta'minlanish 
darajasi bo'yicha Sobiq ittifoqda oxirgi o'rinlarni egallardi.
Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimov davlat 
mustaqilligiga erishilmasdan ilgariroq shunday deb ta'kidlagan: ―Iqtisodiyotimiz 
bir yoqlama tarzda, faqat xomashyo yetishtiradigan holga tushib qolganini va 
kompleks rivojlanish yo'liga, aholi ehtiyojlarini qondirishga o'tkazilmaganini qayd 
etishga to'g'ri keladi. Sanoatda tayyor mahsulot ulushi bor-yo'g'i 50 foizni tashkil 
etadi, qishloq xo'jaligi mahsulotlarining 80 foizdan ko'prog'i mutlaqo qayta 
ishlanmasdan respublika tashqarisiga chiqarilmoqda.
Respublikadan olib ketilayotgan mahsulotning uchdan ikki qismi xomashyo, 
materiallar va chala mahsulotlar ekanligining o'zi ijtimoiy ishlab chiqarish 
tuzilishining chuqur nomutanosibliklaridan darak beradi‖ . 
Sobiq tuzum O'zbekistonni o'zining xomashyo bazasiga aylantirgan, 
xususan, paxta yetishtirishga ixtisoslashtirgan edi. Ammo paxta yetishtirish uchun 
mehnat sarfining 86,0 %i respublika hissasiga to'g'ri kelgan holda uni qayta 
ishlashdan olinadigan daromadning atigi 16,0 %i O'zbekistonga tegardi.
Buning oqibatida sobiq ittifoqda oyiga 75 rubldan kamroq daromad oladigan 
aholining ulushi 12,0 %ni tashkil etgani holda respublikada bu ko'rsatkich qariyb 
to'rt baravar ko'p – 45,0 %ga yoki 8,8 million nafarga yetgandi. O'zbekiston aholisi 
o'rta hisobda go'sht, sut va ular mahsulotlari, tuxumni Sobiq ittifoqdagi o'rtacha 
ko'rsatkichdan ikki baravar kam iste'mol qilar edi. Buning ustiga bu yerdagi 1,0 
million nafarga yaqin mehnatga layoqatli aholi ijtimoiy ishlab chiqarishda o'zi 
qodir bo'lgan ishni topa olmasdi . 
Respublika aholisi ko'pchilik qismining turmush darajasi kambag'allik 
darajasidan past edi. Buning ustiga aholining demografik tarkibida boqimandalar 
ulushi juda salmoqli edi. Xususan, mamlakat aholisining to'rtdan uch qismi o'z 
tirikchiligini mustaqil o'tkazishga qodir bo'lmasdan, davlat tomonidan moddiy 
qo'llab-quvvatlashga ehtiyoj sezardi. Ana shunday sharoitlarda aholiga kuchli 
ijtimoiy kafolatlar bermasdan turib, iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli amalga 
oshirishning imkoniyati yo'q edi. Shu bilan birga avvalgi tuzumdan meros bo'lib 
qolgan taqsimlash munosabatlariga, odamlardagi boqimandalik kayfiyatiga barham 
berish talab etilardi.
Ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirayotgan davlat o'tish 
davrida o'z ijtimoiy siyosatida quyidagilarga alohida e'tibor berishi talab etiladi: 
• iqtisodiy faoliyatning erkinligi, bu – aholi farovonligini oshirishning asosidir; 
• mehnatga layoqatli aholining mehnat faolligini oshirish, bu – oila farovonligini 
ta'minlashning shartidir; 
• aholini manzilli ijtimoiy himoya qilish, bu – amalda ijtimoiy himoyaga muhtoj 
aholi toifalarini davlat tomonidan moddiy qo'llab-quvvatlashdir (11.10-rasm). 


146 
Bu hisobga olingan holda ushbu davrda O'zbekistonda davlat ijtimoiy 
siyosati asosan quyidagilarga qaratildi: 
• aholi daromadlarini tartibga solish; 
• aholini ijtimoiy himoya qilish va fuqarolarning ijtimoiy kafolatlarini ta'minlash; 
• ish bilan bandlik muammosini hal etish; 
• sog'liqni saqlash, ta'lim, madaniyat va ijtimoiy soha tarmoqlarini 
moliyalashtirishni qayta tashkil etish
• respublikada demografik vaziyatni yaxshilash. 
Davlat ijtimoiy yo'naltirilgan bozor munosabatlariga o'tishning murakkab 
davrida iqtisodiyot, ayniqsa, uning asosini belgilaydigan tarmoqlarni har taraflama 
qo'llab-quvvatlash, narx-navolarni tartibga solib turish, ularga soliq solish va qarz 
berishda imtiyozlar yaratish, shuningdek, bevosita yordam ko'rsatish choralarini 
ko'rdi. Shu bilan birga davlat iqtisodiy erkinliklarning kafolati bo'ldi, bozor 
institutlarini yaratish uchun qulay sharoit yaratdi, ishbilarmonlik tuzilmalari 
shakllanishi va rivojlanishini dastakladi.Davlatning ijtimoiy siyosatida mehnat 
muammolari alohida o'rin tutadi. Jamiyat a'zolari turmushining moddiy asosini 
tashkil etadigan mehnat bu sohadagi muammolarni davlat tomonidan ish 
beruvchilar va kasaba uyushmalar bilan birgalikda, ijtimoiy sheriklik asosida hal 
etishni talab etadi. 

Download 1,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish