B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samarqand



Download 1,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/120
Sana07.06.2023
Hajmi1,99 Mb.
#949546
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   120
Bog'liq
B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samar

Tartibga 
solish 
ob‟yektlari 
1. Aholining ijtimoiy yordamga muhtoj toifalari 
2. Ishsizlar 
Tartibga 
solish 
sub‟yektlari 
1. Davlat organlari 
2. Ish beruvchilar 
3. Kasaba uyishmalar 
Tartibga 
solish 
manbalari 
1.Davlat byudjeti
2. Mahalliy byudjetlar 
3. Ijtimoiy jamg‘armalar 
4. Ish beruvchilar pul o‘tkazmalari 
5. Homiylar mablag‘lari 
Tartibga 
solish 
mehanizmlari 
1. Meʼyoriy-huquqiy hujjatlar 
2. Pul-kredit siyosati 
3. Fiskal usullar 
4. Narx-navoni tartibga solish 
Xususan, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ―Har kim qariganda, 
mehnat layoqatini yo'qotganda, shuningdek, boquvchisidan mahrum bo'lganda va 
qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta'minot olish huquqiga ega‖
deb ko'rsatilgan. O'zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksida ijtimoiy-mehnat 
munosabatlarini tartibga solish qoida-tartiblari belgilab qo'yilgan.
Umuman, O'zbekiston Respublikasida mehnatni muhofaza qilish sohasidagi 
davlat siyosati quyidagi tamoyillarga asoslanadi: 
• korxonaning ishlab chiqarish faoliyati natijalariga nisbatan xodimning hayoti va 
sog'lig'i ustuvorligi; 
• mehnatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning 
boshqa yo'nalishlari bilan muvofiqlashtirib borish; 
• mulk va xo'jalik yuritish shakllaridan qat'i nazar barcha korxonalar uchun 
mehnatni muhofaza qilish sohasida yagona tartib-qoidalar belgilab qo'yish; 


151 
• mehnatning ekologiya jihatidan xavfsiz sharoitlari yaratilishini va ish joylarida 
atrof-muhit holati muntazam nazorat etilishini ta'minlash; 
• korxonalarda mehnatni muhofaza qilish talablari hamma joyda bajarilishini 
nazorat qilish; 
• mehnatni muhofaza qilishni mablag' bilan ta'minlashda davlatning ishtirok etishi; 
• oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarida mehnat muhofazasi bo'yicha mutaxassislar 
tayyorlash; 
• xavfsiz texnika, texnologiyalar va xodimlarni himoyalash vositalari ishlab 
chiqarilishi va joriy etilishini rag'batlantirish; 
• fan va texnika yutuqlaridan hamda mehnatni muhofaza qilish bo'yicha 
mamlakatimiz va chet el ilg'or tajribasidan keng foydalanish; 
• ishlovchilarni maxsus kiyim va poyafzal, shaxsiy kiyim vositalari, parhez oziq-
ovqatlar bilan bepul ta'minlash; 
• korxonalarda mehnatning sog'lom va xavfsiz shart-sharoitlarini yaratishga 
ko'maklashuvchi soliq siyosatini yuritish; 
• ishlab chiqarishdagi har bir baxtsiz hodisani va har bir kasb kasalligini tekshirib 
chiqish hamda hisobga olib borish va shu asosda ishlab chiqarishdagi 
jarohatlanishlar hamda kasb kasalliklariga chalinishlar darajasi haqida aholini 
xabardor qilishning majburiyligi; 
• ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan jabrlanganlar yoki kasb kasalligiga 
yo'liqqan ishlovchilarning manfaatlarini ijtimoiy himoyalash; 
• kasaba uyushmalari va boshqa jamoat birlashmalari, korxonalar va alohida 
shaxslarning mehnatni muhofaza qilishni ta'minlashga qaratilgan faoliyatini har 
tomonlama qo'llab-quvvatlash; 
• 
mehnatni muhofaza qilish muammolarini hal etish chog'ida xalqaro 
hamkorlikni yo'lga qo'yish . 
O'zbekistonda ish bilan band xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy muhofaza qilish 
mexanizmi quyidagilardan tarkib topgan (11.11-rasm): 
1) 
Ijtimoiy-mehnat kafolatlari:
• ish vaqti davomiyligi, mehnat va dam olish vaqtini, mehnatga layoqatli yosh 
chegarasini tartibga solish; 
• moddiy ta'minot – eng kam ish haqi miqdori, tarif setkalari, vaqtincha mehnatga 
layoqatni yo'qotgandagi to'lovlar va hokazolar; 
• kasb ta'limoti – xodimlarni kasbiy tayyorlash va qayta tayyorlash, mehnat 
faoliyati sharoitlaridan xabardor qilish. 
2) Tibbiy kafolatlar:
• dastlabki va davriy tibbiy ko'riklar o'tkazish; 
• ishlab chiqarishda jarohat olganlarni davolash. 
3) Kompensatsiya – reabilitatsiya kafolatlari: 


152 
• xodimning mehnat faoliyatini amalga oshirish paytida sog'lig'iga yetkazilgan 
zararni moddiy jihatdan qoplash; 
• ishlab chiqarishda sog'lig'iga zarar yetganlarni tibbiy, kasbiy va ijtimoy 
reabilitatsiya qilish; 
• noqulay mehnat sharoitlaridagi ish uchun imtiyozlar va kompensatsiyalar. 

Download 1,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish