139
Ijtimoiy siyosat – davlat tomonidan ijtimoiy rivojlanish va ijtimoiy ta'minot
sohalarida Davlat dasturlari asosida amalga oshiriladigan siyosat. ―Bu borada,
albatta, aholi jon boshiga to'g'ri keladigan daromad
bilan bir qatorda yashash
sharoiti va standartlari, aholining obod va zamonaviy uy-joylar bilan ta'minlangani,
kishilar istiqomat qiladigan muhitni rivojlantirish hamda obodonlashtirish, zarur
infratuzilmaning mavjudligi va uning samarasi, aholini sifatli iste'mol
tovarlari,
shu jumladan, mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar bilan ta'minlash, zamonaviy
talablar asosida ta'lim olish hamda sog'liqni saqlash tizimidan bahramand bo'lish
kabi hayot darajasini belgilaydigan muhim ko'rsatkichlar inobatga olinadi‖. Bu
davlat tadbirlari ijtimoiy guruhlar, umuman, butun jamiyat a'zolari turmush
darajasi va turmush sifatini oshirishga qaratilgan majmua hisoblanadi. (11.7-rasm).
11.7-rasm. Davlatning ijtimoiy siyosati strategiyasi, sub'ektlari va
tamoyillari
Davlatni
ng ijtim
oiy si
yosati
Ijtimoiy siyosat
strategiyasi asosiy
yo‘nalishlari
Аholining munosib turmush darajasi
va turmush sifatini taʼminlash
Oila institutini mustahkamlash,
onalik va
bolalikni himoya qilish
Inson huquq va erkinliklarini kafolatlash
Ishonarli ijtimoiy muhofaza, ijtimoiy
sohalarni
rivojlantirish
Ijtimoiy siyosat
sub‘ektlari
Davlat
Ish beruvchilar
Jamoat birlashmalari
Ijtimoiy siyosat
tamoyillari
Ijtimoiy adolat
Ijtimoiy mas‘uliyat
Ijtimoiy sherikchilik
Ijtimoiy kafolatlar
140
Ijtimoiy siyosat sub'ektlari davlatning qonun chiqaruvchi va ijroiya
organlari, ish beruvchilar, kasaba uyushmalari va boshqa jamoat birlashmalari
hisoblanadi. Davlatning ijtimoiy siyosati quyidagi tamoyillarga tayanadi:
•
ijtimoiy adolat;
• ijtimoiy mas'uliyat;
• ijtimoiy sherikchilik;
• ijtimoiy kafolatlar.
Ijtimoiy siyosatning asosiy vazifalari sifatida milliy iqtisodiyotning barqaror
o'sishini rag'batlantirish va ishlab chiqarishni iste'mol manfaatlariga bo'ysundirish,
mehnat motivatsiyasini kuchaytirish, tadbirkorlikni har taraflama qo'llab-
quvvatlash, aholining munosib turmush darajasi va turmush sifatini ta'minlash,
ijtimoiy himoya qilish, madaniy merosni, milliy o'zlik va an'analarni rivojlantirish
ko'rsatiladi. Davlat ijtimoiy siyosatining asosiy mezoni – aholi turmush darajasi va
turmush sifatidir.
Aholining turmush darajasi odamlarning zarur moddiy va ma'naviy ne'matlar
bilan ta'minlanganligi, shuningdek, inson taraqqiyoti – bilimi, salomatligi, shaxsiy
ehtiyojlarini qondirish imkoniyatlari hamda uning yashash shart-sharoitlari – uy-
joyga egaligi, atrof-muhitning ahvoli, iqtisodiy va ijtimoiy xavfsizligidir.
Aholi turmush darajasining ma'naviy ehtiyojlar qondirilishida esa maktab
yoshigacha (0–6 yosh) bo'lgan bolalarning maktabgacha tarbiya-ta'lim
muassasalari bilan qamrab olinishi, umumiy savodxonlik darajasi,
nashr
etilayotgan adabiyotlar, matbuot hajmi, axborot vositalari va kompьyuterlar bilan
ta'minlanganlik, maktablar, o'rta maxsus va oliy o'quv
yurtlari, ularda tahsil
olayotganlar soni va hokazolar hisobga olinadi.
Turmush darajasi ko'plab omillar ta'sirida o'zgarib turuvchi dinamik
jarayondir. Bir tomondan, turmush darajasi muntazam o'zgarib turuvchi turli
ne'matlarga ehtiyojlarning tarkibi va katta-kichikligi
bilan belgilanadi, ikkinchi
tomondan esa, bozordagi tovar va xizmatlar, aholi daromadlari, xodimlar ish
haqlarining
holatidan kelib chiqqan holda, ehtiyojlarni qondirish imkoniyati bilan
cheklanib qoladi.
Shuning uchun aholi turmush darajasi quyidagicha tasniflanadi:
• to'kin-sochinlik (inson barkamol rivojlanishini ta'minlovchi ne'matlardan to'liq
foydalanish imkoniyati);
• normal daraja (inson jismoniy va intellektual qobiliyatlarini takror hosil qilishni
ta'minlovchi ilmiy asoslangan oqilona iste'mol darajasi);
• kambag'allik (ishchi kuchini takror hosil qilish uchun moddiy ne'matlardan
ularning quyi chegarasi doirasida foydalanish imkoniyati);
• qashshoqlik (moddiy ne'matlardan biologik mezonlar asosida minimal darajada
foydalanish).
141
Aholi turmush sifatini aks ettiruvchi birinchi xalqaro ko'rsatkichlar tizimi
1960 yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan. Hozirgi
vaqtda u 12 ta asosiy ko'rsatkichlar guruhini qamrab olgan (11.8-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: