Qur’oni karimdagi xabarga qaraganda, Luqmoni hakim ming yil, Nuh
alayhis-salom ham shunga yaqin umr ko'rishgan. Biroq ularga ham
dunyoning ustuni bo'lib yashash nasib etmagan. Rivoyat qiladilar,
zulmat tubida pinhon obi hayot — tiriklik suvini Iskandari Maqduni va
Xizr alayhis-salom birga izlashgan. Iskandar qolib, Hizr payg'ambarga
o'sha majoziy obi hayot nasib bo'lgani uchun ham ul zoti bobarakot
ezgulik tug'i ostida yaxshilik urug'ini sochishda davom etayotgan ekanlar...
Alisher Navoiy bunday hikmat-u rivoyat, hikoyat-u haqiqatlardan
ko'pini bilgan. o'shalardan qaysigadir ixlos bilan qaragan, ishongan,
ba’zilarini shubha ostiga olib inkor qilgan. Shundan bo'lsa kerak,
Do'stlaringiz bilan baham: |