unga qo'l kelgan. Shunday qilib, baytni quyidagicha talqin qilish mumkin:
Navoiy nazm bobida mahorat ko'rsatib, shunday go'zal misralar yaratdikim
(«tig'i zabonni uyla sundikim»-bu o'rinda ham «tig'» orqali pichoq nazarda
tutiladi va bu bilan misralararo tanosub hosil qilinadi), ulami o'qigan
«Pichoqchi» (Sakkokiy) uyalib, o'zini so'yish uchun pichoq topolmay
dog'dadir. Fikrimizeha, so'z san’ati bobida bundan-da yuksak nazokat bo'lmas...
Tabiat Alisher Navoiydan o'z ehsonlarini darig' tutmagan. Jumladan,
kuchli hofiza quwati va bir necha tilni puxta bilish iste’dodini unga ravo
ko'igan. Arab va fors tillarini puxta bilgan shoirga o'ziga qadar bo'lgan
fors-tojik va arab adabiyotlarini o'ta sinchkovlik bilan o'rganish imkoniyatini
Do'stlaringiz bilan baham: |