voqealari nuqtai nazaridan qaraydigan kitobxon misralardagi zorlanish,
shikoyat ohanglari ikki shaxs: oshiq va ma’shuqa o'rtasidagina sodir
bo‘ladigan voqea bo'lmay, balki minglab, millionlab kishilar ohu fig'oni
ekanligini osonlikcha his etadi.
Odati budur hamisha bu bevafo ma’shuqaning
Kim aning vaslin tilasa, ul firoqinda tutar,
Bu falak javri bekin Sayfi Saroyi bag‘rini,
Ul yuzi oy hajr o‘tining ixtiroqinda tutar(16-b ).
Zamonadan cheksiz jafolar ko'igan oshiqning o'tli fig'oni, hasratli
nafasi tobora balandlashadi. U tengsizlik, haqsizlik, jabr-u zulmning
kuchayganidan iztirobga tushadi, vafo o ‘rniga jafoning peshvoz
chiqqanidan to ‘lg‘anadi, ruhan eziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |