bahrida bitilganligi fikrimizni yanada quwatlantiradi.
“Kutadg‘u bilig” yuksak badiiy ahamiyatga ega bo‘lgan yirik hajmli
ilk turkiy doston bo‘lishi bilan bir qatorda, qoraxoniylar davri tarixi,
etnografiyasi, madaniyati, tili va adabiyotini o‘rganish uchun ham
qimmatli adabiy manba hisoblanadi.
3.5. Ahmad Yugnakiy va uning «Hibat ul-haqoyiq» dostoni
Ahmad Yugnakiy X-XII asrlar o‘zbek adabiyotining yirik
namoyandasi, iste’dodli shoir, donishmand murabbiydir. Adibning
«Hibat ul-haqoyiq” dostoni uning ma’naviy merosidan bizgacha yetib
kelgan yagona namunadir. Hajman ixcham bu doston o‘sha davr turkiy
adabiy tilining ham nihoyatda qimmatli, mo‘tabar manbalaridan biri
sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |