bu jihati ahamiyatsiz bo'lmog'i lozim. Shuning uchun satrda quyosh va
saxiy odam yonma-yon turibdi, hatto quyosh ibrat darajasiga ko'tarilgan.
Ulug' shoir kitobxon e’tiborini yana muhim bir masalaga jalb qilishni
ham unutib qo'ymaydi. Barcha sohada hudud va me’yor bo'lgani kabi
saxovatning ham chegaralari bor. Alisher Navoiy mavzuning shu jihati
ustida jiddiy bahs yuritadi. Shuningdek, baxil—baxillik, qurumsoqlik,
xasislik bilan bog'liq masalalar ham qalamga olinadi:
Aqlki ta’rif etar avsofni,
Buxl bila teng tutar isrofni (7, 145).
Maqtov, shon-shuhrat uchun sochilgan mol-mulk saxiylik emas.
Hamisha va hamma yerda inson aql-u farosat doirasidan chetga chiqmasligi
Do'stlaringiz bilan baham: |