va himmatli panjalar sifatida shuhrat qozonadi. Bunday manzaralardan
sarxush shoir himmat ko‘rsatadi, o‘sha panjalami quyosh bilan yonma-
yon qo'yadi. Shams—yaxshilik, himmat-u saxovat izmida bo'lganlaming
sarxayli. Bu borada tanlov uning uchun begona, Sharqdan G'arbgacha
bo'lgan bepoyon hududda birday nur sochaveradi. Himmat va saxovatni
hayot dasturiga aylantirgan inson ham quyoshdan ibrat olishi va
«siymfishonlikka» (siym—kumush, tanga, aqcha, yoming badaniga
nisbatan rangni: oq, oppoq va silliq; fishon-sochuvchi) uning yo'lini
davom ettirishi lozim. Saxovat—tama’dan yiroq. Oluvchi olganini qaytara
oladimi (o'zini yoxud ortig'i bilan), yo'qmi, beruvchi uchun masalaning
Do'stlaringiz bilan baham: |