26-rasm.
Y erning tarixi.
91
Yerimizning yoshini yillar bilan ifodalab berishga qilingan
urinishlar absolyut geoxronologiya deb nom oldi.
Absolyut yoshni aniqlash usullari tu rlich a b o ‘lib, ular
yotqiziqlarni yotishini o'rganishga, yotqiziqlarni yemirilishini
o ‘rganishga, Yerning issiqlik rejimini o ‘rganishga va boshqa
geologik jarayonlarni o ‘iganishga asoslangan. Masalan: Nil daryosi
100 yilda 151 sm qalinlikdagi yotqiziq olib kelar ekan. N il daryosi
yotqiziqlarining umumiy hajmini bilgan holda bu yotqiziqlarni
hosil bo'lishiga 4082—6350 yil ketganligini aniqlash mumkin. Yana
bir misol, Niagara sharsharasi 100 yilda 31m. ga kengayar ekan.
Sharsharaning umumiy kengligini bilgan holda u taxminan 36000
yilda hosil bo‘lganligini hisoblab chiqish mumkin.
H ozirgi vaqtda absolyut yoshni aniq lash n i b ir q an ch a
radioaktiv moddalarga asoslangan usullari bor. Ular jinsning
tarkibidagi radioaktiv m o d d alarn in g m iq d o rin i aniqlashga
asoslangan. Uran (U) ta toriy (Th) parchalanganda o ‘zidan issiqlik
chiqaradi va geliy va qo‘rg‘oshinga aylanadi. 0 ‘iganishlar natijasiga
lgram m uran parchalanishi natijasida 1 yilda 9.10-6 sm3 geliy va
7.4.10-9 gr. Q o‘rg‘oshinga aylanar ekan. Jinslarning tarkibidagi
uran, geliy va qo‘rg‘oshinlarning miqdorini bilgan holda quyidagi
formula yordamida jinsning absolyut yoshini aniqlash mumkin:
n
n 1
A = ----------------- (g e liy u c h u n );
A = ----------------------( q o ‘rg‘o sh in u c h u n );
m • 9 • 10-6
m • 7.4 • 10'9
A — absolyut yosh, m — jinsdagi U miqdori, n — jinsdagi
geliy miqdori, n 1 — jinsdagi qo‘rg‘oshin miqdori.
Bu usullar bilan aniqlaganda jinsning yoshi aniq chiqmaydi,
chunki jinsning tarkibida radioaktiv bo‘lmagan qo‘rg‘oshin bo‘lishi
mumkin hamda geliy tabiatan uchuvchan b o ‘lmaganligi uchun
jins tarkibidan chiqib ketgan bo'lishi mumkin.
Bu usullardan tashqari argon usuli mavjud. Bu usulning asosi
etib argonni kaliy izotopiga nisbati olingan. Kaliyli minerallar
parchalanganda 12% atom organ va 88% kaliy kalsiy izotopiga
ay lan ar ekan. Hosil b o 'lg a n argon kristal panjaralarin ing
mustahkamligi uchun qayta ta ’sirga uchram as ekan. Shuning
92
uchun bu usulda aniqlaganda jinslarning yoshi aniq chiqar ekan.
Bulardan tashqari stronsiy, radiouglerod, radiyion usullari mavjud.
Yerning yoshini birinchi bo'lib Xlopin va N enadkew ichlar
1924-yilda aniqlashgan. Ulardan so‘ng Gerling, Vinogradov, Zi-
kov, Rossel, Xolms, Xeveshi, Rozerford va boshqalar aniqlashgan.
Hozirgi vaqtda geologik davrlarni yoshi quyidagicha qabul
qilngan: Kz — 66-70 mln. yil, Mz — 173-175 mln. yil, Pz — 335-
355 mln. yil, PR — 2 mlrd. yil, AR — 1.8 mlrd. yil.
Tog‘ jinslarining yoshini aniqlash bilan geologiyaning stra
tigrafiya (lotincha qavat) sohasi shug‘ullanadi. Stratigrafiya Yer
po ‘stini tashkil qilgan tog‘ jinsi qatlamlarining ketm a-ket yotishi,
o ‘zaro munosabati va Yer yuzasida tarqalishini o ‘rganadi. Tog*
jinslarining yoshi nisbiy va mutloq usullari bilan aniqdanadi. Nisbiy
yoshini aniqlaganda cho‘kindi jinslar va ularning hosil b o iish
ketma-ketligiga stratigrafik tadqiqotlar yordamida bajariladi. 0 ‘z
navbatida tog‘ jinslarining nisbiy yoshini aniqlashda nopaleonto-
logik va paleontologik usullar mavjud.
Nisbiy yosh qatlam lam i va qirilib bitgan va toshga aylangan
fauna va flora qoldiqlarini o ‘rganishga asoslangan qoldiq holatda
hayvonlarning suyaklari himoya qobiqlari yaxshi saqlanadi. U lar
ikkilamchi minerallar bilan (kalsiy, orogonit, kremniy, oltingugurtli
tem ir va boshqalar) to ‘ydirilib toshga aylangan holda saqlanadi.
O rg a n iz m la rn in g y u m sh o q q ism i u m u m a n sa q la n m a y d i.
C ho'kindi jinslarda organik qoldiqlar magmatik va metamorfik
jinslarga nisbatan yaxshi saqlanadi (Yakutiyada muzlikda topilgan
m am ont juda yaxshi saqlangan bo ‘lib uning juni va og‘zidagi
ovqati ham saqlangan). U m um an «soqov» qatlamlarga magmatik,
ko‘pgina metamorfik, muzlik va kimyoviy yo‘l bilan hosil b o ig a n
cho‘kindi jinslar kiradi. Tarkibida fauna va flora qoldiqlari saqlan
gan jinslar «rahbar» jinslar deb hisoblanadi. Ularvertikal qirqimda
emas, balki geografik hudud bo'yicha tarqalgan b o iish i kerak.
Yuqorida qayd etilganidek, tog‘ jinslarining nisbiy yoshini
aniqlashda stratigrafik tadqiqotlaming ahamiyati katta. Stratigrafik
tadqiqotlarning asosiy vazifasi ch o ‘kindi jinslam i litologik tarkibi
bo'yicha va ularda saqlanib qolgan oiganik qoldiqlardan foydalanib,
kesimni qatlamlarga, stratigrafik b o ‘limlarga ajratishdir. U ndan
93
keyin bir-biridan uzoq joylashgan kesim lardagi qatlam larni
taqqoslab (stratigrafik korrelatsiya lotincha soggekio — o ‘zaro
munosabat) bir xil yoshlilari topiladi yoki korrelatsion yuzalar
aniqlanadi. Bir qancha kesimlarni taqqoslab, ulardan um um iy
stratigrafik ustun tuzish m um kin va m a ’lum hududdagi to g ‘
jinslarini birin-ketin xronologik tartibda tabaqalanib yotishini
aniqlash mumkin.
Geologiyada stratigrafiyaning ahamiyati nihoyatda muhimdir.
Uning asosida organik dunyoning rivojlanishi, paleogeografik
sharoitlar, tektonik rivojlanish, foydali qazilmalarni izlab topish
masalalari hal qilinadi. Yer po ‘stidagi strukturalarni aniqlash,
geologik xarita tuzish va foydali qazilmalarni qidirish va razvedka
qilish uchun birinchi navbatda shu hudud stratigrafiyasi ishlab
ch iq ilad i. Stratigrafiya fan in in g o ‘z q o n u n -q o id a la ri yoki
jarayonlariga asoslanib stratigrafik tadqiqotlarda turli usullami
qoM lash m u m k in . K e y in g i 20 yil m o b a y n id a o lim la r
stratigrafiyaning asosiy jarayonlarini ta ’riflab berishga urinib
k o ‘rd ilar. Lekin u la r to m o n id a n stratig rafik ja ra y o n la rn i
tushunishda va ularning sonini aniqlashda har xillik kuzatiladi.
Jumladan: A.Shou (AQSH) stratigrafiyaning 12 ta jarayonini
t a ’riflab berdi; D .A .Stepanov va M .S.M esejnikov shunday
jarayonlarni 9 tasini ajratdilar; A.M.Sodiqov esa stratigrafiyani 5
ta asosiy jarayoni bor degan. Adabiyotlarda m a’lum bo'lishicha,
ko'pchilik olim lar stratigrafiyaning asosan uchta jarayoni bilan
chegaralanadilar, qolganlari esa mana shu uchta jarayonning u
yoki bu tom onlarini yoritadi xolos.
B irinchi ja ra y o n 1669-yilda daniyalik olim N .S te n o n
tom onidan quyidagicha ta ’riflangan: «Buzilmasdan pastda yotgan
har qaysi qatlam ustidagidan qariroq». Bu fikr XVII asr uchun
eng muhim hisoblanib, stratigrafiyaga asos soldi va Stenon jarayoni
deb nom oldi. Bu jarayon qatlamlar orasidagi «oldin-keyin» degan
vaqt munosabatlarini aniqlashga yordam berdi.
Stratigrafik taqqoslashda 1868-yilda aytilgan N.A.Golovkinskiy
jarayoni ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jarayonga binoan
q irg‘oq chizig‘iga parallel y o'nalishda tarqalgan qatlam dagi
cho‘kindilami bir xil yoshda deb hisoblash mumkin. Ushbu jarayon
bilan shvedsariyalik geolog A. Gressli aytib o ‘tgan bir xil yoshdagi
qatlamlarning fatsial o ‘zgamvchanligi haqidagi jarayoni chambarchas
bog‘liq.
Qatlamlarni biostratigrafik ajratish va taqqoslash haqida XIX
asr boshida V.Smit yozib qoldirgan va u uchinchi jarayon deb
qabul qilingan. Unga asosan qatlamlarni ularda joylashgan organik
qazilmalar b o ‘yicha ajratish vataqqoslash m um kin; boshqacha
aytganda bir xil yoshdagi qatlamlar dastlabki o ‘z organik dunyosiga
ega; J.Sulavesi — V.Smit jarayoni yuqorida aytilganlarni yanada
to ‘ldirdi, ya’ni qazilma fauna va floralar aniq bir tartibda birin-
ketin joylashadi.
Stratigrafik tadqiqotlarda stratigrafik va paleontologik solno-
malar to ‘la emasligini albatta hisobga olish zarur. Zero, Yer po‘stini
tashkil qiluvchi qatlam larning stratigrafik ketm a-ketligi to ‘la
bo‘lmasligi mumkin; geologik vaqtning m a’lum bir qismida, ayrim
sabablarga ko‘ra c h o ‘kindi to ‘planm asa, keyin hosil b o ‘lgan
qatlam lar o ‘zidan oldingi qatlam lar ustiga nom os yotadi; ya’ni
o ‘sha vaqtdagi cho'kindi to ‘planishida tanaffus b o ia d i.
Kesimlami ajratish va taqqoslash, qatlam larning m ineral-
petrografik xususiyatlari, ularning o ‘zaro m unosabatlari va hosil
b o ‘lish sharoitlaridan kelib chiquvchi m ezonlar ulardagi hayvon
va o ‘simlik qoldiqlarini o'rganib amalga oshiriladi. Shunga ko‘ra,
geologik yoshni aniqlashning ham m a usullari ikki yirik guruhga
b o ‘linadi: q atlam larn in g tarkibi va o 'z a ro m u n o sab atlarin i
o ‘rganishga asoslangan geologik-stratigrafik (paleontologik emas)
va jinslarning paleontologik tafsilotlariga asoslangan biostratigrafik
usullar. Bu usullar tog‘ jinslarining nisbiy yoshini aniqlashga va
bir xil yoshdagi qatlamlarni bir-biri bilan taqqoslashga imkon be
radi. Tog‘ jinslarining izotop yoshini astronom ik birliklarda aniq-
lovchi radiogeoxronologik usullar alohida aham iyat kasb etadi.
Bular mutlaq yoshni aniqlash usullari yoki mutlaq geoxronologiya
usullari deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |