Mars — Mirrix
Mars — «urush xudosi» bunday nom bilan yuritiladigan Yer
tipidagi to ‘rtinchi planeta Mirrix (M ars) ning orbitasi yernikidan
tashqarida yotadi. Uninig Quyoshdan o ‘rtacha uzoqligi 228 million
kilometr. Mars Quyosh atrofida aylanayotib, har 780 kunda Yerga
Yaqinlashib turadi. Bunday Yaqinlashish qaram a-qarshi turish
deyiladi. Mars orbitasi ellips shaklida b o ‘lganidan, qarama-qarshi
turish paytida uning uzoqligi 55 dan 102 million kilometrgacha
o ‘zgarib turadi. Mars Yerga eng Yaqin kelganda (buyuk qaram a-
qarshi turish paytida), undan bizgacha nur atiga uch m inutda
yetib keladi. Planetaning buyuk qaram a - qarshi turishi har 15—
17 yilda kuzatilib, oxirgisi 2004-yilda bo ‘lgan edi.
Mars nisbatan kichik sayyora, uning diametri 6775 kilometr,
massasi esa Yer massasining 0,107 qismini tashkil qiladi. 0 ‘rtacha
zichligi ham Yernikidan ancha kam 3,94 g /sm 3. Erkin tushish
tezlanishi 372 sm /s2.
«Urush xudosi» o ‘zining fizik tab iati jih a tid a n Quyosh
sistemasining planetalari ichida Yerga «qarindosh»ligi bilan ajralib
turadi. Mars sutkasi Yernikidan kam farq qilib — 24 soatu 39,5
minutga teng.
Shuning uchun planetaning o ‘rtacha yillik harorati selsiy
shkalasida - 60°C ni tashkil qilib, sutka davomida keskin o'zgaradi.
35 gradusli kenglikda kuz faslida tush paytiga yaqin harorat minus
20° selsiy, kechqurun -40°, kechasi esa —70° gradusga boradi.
Qish paytida 40° li kenglikda harorat minus 50°C dan, 60°C
gradusli kenglikda esa minus 80°C — 90°C gradusdan ortmaydi.
Mars sirtining m inimal harorati — 125°C dan pastga tushmaydi.
29
Mirrixning atmosferasi «tuni» — juda siyrak bo‘lib, sirtida
o ‘rtacha bosim 6,1 millibard (1 bar taxminan 1 atmosfera), ya’ni
dengiz sathidagi Yerning atmosfera bosimidan qariyb 160 marta
siyrak. Biroq planetaga tegishli aniq m a’lum otlar «Mars» va
«Mariner», «Viking» (AQSH) tipidagi planetalararo avtomatik
stansiyalar yordam ida q o ‘lga kiritildi. M a’lum b o ‘lishicha,
Marsning «tuni» 95% karbonat angidriddan, 2,5% azot, 1,5—
2,0% argondan va juda kam miqdordagi kislorod (0,2%) va suv
bug‘idan (0,1% ) tashkil topgan ekan. Teleskop yordam ida
Marsning qutblarida juda qadimdan kuzatiladigan oq «Qalpoq»
lari, yangi yillarga qadar «urush xudosi»ning asosiy jumboqlaridan
hisoblanardi. Qizigi shundaki, bu «Qalpoqlar», Yerning shimoliy
va janubiy qutblarida kuzatiladigan shim oliy muz okeani va
Antraktidaga juda o ‘xshab ketadi.
Qishda ularning egallagan maydoni ortib, shimoliy yarim
sharda 62 gradusli kenglikkacha, janubiy yarimsharda esa — 55
gradusgacha bostirib keladi. Shuni unutmaslik kerakki, qish har
ikkala yarim sharda bir vaqtda bo ‘lmay, Yerdagidek, bir-biridan
yarim yilga (Mars yili bilan) farq qiladi. So‘ngra bahor boshlanishi
bilan «Qalpoq» larning keskin erishi boshlanadi va yozda ulardan
aytarli iz qolmaydi.
Maxsus usullar yordamida «qutb Qalpoqlari» ni o ‘rganish,
ular muz holatdagi karbonat angidrid ekanini m a’lum qildi.
Keyinchalik kosmik apparatlar, Mars qutblarida harorat, karbonat
angidridining 6,1 bar bosimda kondensatsiyali haroratiga (125°C)
yaqin ekanligini aniqlash bilan yuqoridagi fikrni tasdiqladi. Planeta
atmosferasining tarkibi aniqlangach, «Qutb Qalpoqlari» ning
sayyora atmosferasining fizikasida roli katta ekanligi m a’lum bo‘ldi.
Chunonchi bahorda «Qutb Qalpoq» larining kuchli erishi va
bug‘lanishi hisobiga qutb tepasida atmosferaga juda ko‘p miqdorda
karbonat angidrid uloqtirilib, bosimni keskin ortishiga sabab
bo‘ladi. Oqibatda kuchli shamol vujudga kelib, u juda katta gaz
m assasini jan u b iy yarim sharga olib o ‘tadi. G arch i bunda
shamolning tezligi sekundiga taxminan 10 metrni tashkil etsada,
fasliy o ‘zgarishlar bilan bog‘liq jarayonlar tezligi, ayrim hollarda
sekundiga 70 — 100 metrgacha boradigan kuchli shamolni vujudga
30
keltiradi. Bunday shamol ta ’sirida 100 millionlab tonna chang
atm osferaga k o'tariladi. 1971-yili xuddi shu xildagi b o ‘ron
ko'tarilib, «urush xudosi» sirtini paranji misol bizdan to ‘sdi. Bu
davrda ko‘tarilgan va butun planeta diskini qoplagan qizg‘ish chang
bulutlari hatto «qutb Qalpoqlari»ni ham ko'rishga imkon bermadi.
1971-yil dekabrida sobiq Ittifoqning «Mars—3» va AQSH ning
«M ariner—9» kosmik apparatlari bo‘ron ayni «quturgan» paytda
sayyoraning ko‘rinishlarini aks qiluvchi rasmlarni oldi.
M arsning relyefi bir-biridan keskin farqlanuvchi rayonlardan
iborat b o ‘lib, bular ichida juda katta maydonni kraterlar egallaydi.
Tashqi sayyoralar: Yupiter, Saturn, U ran, N eptun, Pluton.
Do'stlaringiz bilan baham: |