164
Pishirish jarayoni germetik berkitilgan uskunalar - digesterlarda amalga oshiriladi.
Digesterlar shnekka o‗xshash aralashtirgichlar bilan ta‘minlangan.
Uskunani ishga tushirishda ichiga bug‗ to‗ldiriladi va shu yo‗l bilan undagi
havo chiqarib yuboriladi. Bu meva va sabzavot tarkibidagi vitaminlarni saqlash
hamda mahsulot qorayishining oldini olish imkoniyatini beradi.
Uskuna
qopqog‗idagi lyuk orqali havo siqib chiqarilgach, tayyorlangan xom ashyo
solinadi, so‗ngra lyuk germetik tarzda yopiladi. Xom ashyo deformasiyalanmasligi
uchun aralashtirgich
darhol ishga tushirilmaydi, jarayon boshlanib 5-10 daqiqa
o‗tgach ishga tushiriladi. Bu orada mahsulot to‗qimalari yumshashga ulguradi.
Pishib yumshash harorati xom ashyo to‗qimalarining zichligiga hamda
kislotaliligiga qarab tanlanadi. Kislota protopektinning
gidrolizlanishiga yordam
beradi, natijada pishib, yumshash tezlashadi. Meva, rezavorlar, tomatlar, kabachok,
shpinat, sliovul hamda sabzavotning suyuq komponentlar bilan aralashmasi va
bulonli maydalangan go‗sht 100°C haroratda pishiriladi. Qovoq, yashil karam
110°C da, rangli karam - 105°C da, maydalangan
sabzi va sabzavot
aralashmasi - 110°C da, lavlagi, kartoshka, sabzavot va go‗sht aralashmasi - 120°C
da pishiriladi. Pishirish jarayonining davomiyligi turli oziq-ovqat xom ashyosi
uchun 5-50 daqiqani tashkil etadi. Pishirish jarayoni davomida mahsulot bilan
kondensat aralashib ketadi.
Kondensat miqdori mahsulot turiga va bug‗lash jarayonining davomiyligiga
bog‗liq hamda uning massadan 16-25 %ni tashkil etishi mumkin. Pishirish - uzoq
davom etuvchi davriy jarayon. Meva,
sabzavot, go‗shtga yopiq bug‗ bilan ishlov
berishda hosil bo‗lgan kondensatni keyingi bosqichda bug‗latib yuborishga to‗g‗ri
keladi. Mahsulotga uzoq vaqt issiqlik bilan ishlov berish natijasida uning sifati
yomonlashadi. Pishirib yumshatish o‗rniga bug‗
bilan ishlov berilayotgan
atmosferada maydalab yumshatish keng qo‗llaniladi. Shu maqsadda yaratilgan
maydalagichning konstruksiyasi ikki gorizontal valda aylanuvchi diskdan iborat.
Har bir diskda uch qator tish mavjud bo‗lib, ular mahsulotni maydalashga xizmat
qiladi. Bug‗ yuklash bunkeri va disklararo bo‗shliqqa beriladi. Maydalash
165
jarayonining davomiyligi 50-90 soniya. Maydalangan mahsulotning harorati 68-
70°C. Pishirish o‗rniga avval maydalab, so‗ng isitish usuli ham qo‗llaniladi: bunda
sabzavot uchun isitish harorati 90-100°C, meva uchun 70-80°C.
Suyuq
komponentlar (sut, bulon, namakob, qand siropi, tomat-pyure, sut va isliqalangan
manniy yorma,
sut va un, sut va guruch) asosiy mahsulotga nasosdozator
yordamida qo‗shiladi va aralashtirilgach, ishqalab maydalanadi.
Ishqalash
. Ishqalash uchun zanglamas po‗latdan tayyorlangan to‗r (elak)li
juftlangan mashina ishlatiladi. Elak teshiklarining diametri tegishlicha 1,5 va 0,8
mm ni tashkil etadi. Mahsulot aerasiyalanmasligi uchun ishqalash mashinasining
ichi bug‗ bilan to‗ldirib turiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: