B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar



Download 387,41 Kb.
bet175/194
Sana14.01.2023
Hajmi387,41 Kb.
#899427
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

Q


QASIDA (arab. – koʻzlamoq, niyat qilmoq) Sharq mumtoz adabiyotidagi sheʼriy janrlardan biri. Qasida biror shaxsning (koʻpincha hukmdorning) madhiga bagʻishlangan. Qasida uchun koʻtarinki, tantanavor ohang xos. Hajmi 20 baytdan 200 baytgacha boʻlishi mumkin. Gʻazalga oʻxshab qofiyalanadi (a-a, b-a, v-a, ...). Kompozitsiyasi gʻazalga nisbatan murakkab boʻlib, nasib (yoki tashbib) deb ata­luvchi lirik muqaddima, gurezgoh (qochish joyi; nasibdan asosiy qism – madhga oʻtish vazifasini bajaruvchi bayt yoki baytlar), madh (maqtov) va mamduh (maq­talayotgan shaxs) haqidagi duo va matlabni oʻz ichiga oluvchi xulosa qismlardan iborat. Oʻzbek mumtoz qasidalari arab va fors qasidachiligi zaminida yuzaga kelgan, uning ilk namunalari “Devonu lugʻotit turk”da uchraydi. 15-asrda Sakkokiy, Lutfiy, Gadoiy, Amiriylar ijodida qasida oʻzining yuqori bosqichiga koʻtarilgan. Hozirgi oʻzbek adabiyotida ham, jumladan Charxiy, Chustiy, Habibiy, Ulfat, E.Vohidov kabi shoirlar ijodida qasida janrida yozilgan asarlar uchraydi. Xususan, E.Vohidov­ning “O‘zbegim”, “Inson”, “Qo‘llar” kabi qasidalari katta shuhrat qozongan.
QAYTARMACHOQ Bolalar uchun, asosan, beshik davri tugagandan keyingi ma’naviy ehtiyoj taqozosiga ko’ra yuzaga kelgan badihalar bo’lib, she’riy namunasi ko’pincha monolog, nasriy shakli dialog (savol-javob) negizida quriladi. Ularda voqea mantiqiy uzviylikni tashkil etuvchi ketma-ketlik zamirida harakatda bo’ladi. Savol-javoblar aksariyat qarama-qarshilikni ifodalovchi tazod san’ati negizida quriladi. ham qaytarmachoq syujetini tashkil etgan har bir voqea alohida epizod tusini oladi, biroq bu epizodlar umumiy bir motiv (g’oya) atrofida izchil mantiqiylik asosida birlashgan bo’ladi. Bunda har bir epizod bir savol shaklida, izohi ham o’zida holatida birin-ketin qaytarilaveriladi. Hodisaning qaytarmachoq deyilishi va alohida janr sifatida e’tirof etilishiga ham xuddi shu xususiyatlari asos bo’lgan. Masalan, «Kun, san nimadan kuchlisan?» qaytarmachog’i dialog negizida qurilgan. Unda bolalarni qiziqtirgan «Dunyoda kim kuchli?» savoliga javob narsa va hodisalar bahsi asosida – voqeadan voqeaning o’sib chiqishi shaklida bola qiziqishi va idrokiga mos holda bayon qilingan:
-Kun, san nimadan kuchlisan?
-Man kuchli bo’lsam, bulut bosarmidi?
-Bulut, san nimadan kuchlisan?
-Man kuchli bo’lsam, yomg’ir yog’armidi?
Ya’ni, har bir savol o’zidan keyingi voqeaga mantiqiy maydon hosil qilgan, shu maydonaro voqealar tizila boradi: Yomg’ir-erni, er-o’tni, o’t-qo’zini, qo’zi-bo’rini, bo’ri-echkini, echki-sichqonni, sichqon-qumursqa(chumoli)ni o’zidan kuchli deb biladi.
QISSA (ar. hikoyat, sarguzasht) Epik turning hikoya va roman qatori­dagi uchta asosiy janridan biri. O‘zining janr xususiyatlari bilan qissa hikoya va roman oralig‘idagi hodisadir: hikoyada qahramon hayotidagi birgina voqea, roman­da qahramon hayotining murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimidagi katta bir davri, qissada qahramon hayotining bir bosqichi bqalamga olinadi. Hikoyaning diqqat markazida voqea, romanning diqqat markazida qahramon vositasida idrok etilayot­gan olam (jamiyatning joriy holati) tursa, qissaning markazida hamisha qahramon turadi.Ya’ni roman uchun qahramon vosita, qissa uchun esa maqsaddir. Shunga ko‘ra qissadagi barcha voqealar qahrmon atrofida uyushtiriladi, uning sujeti roman­niki kabi ko‘p tarmoqli bo‘lmaydi. G‘. G‘ulomning “Shum bola”, S. Ayniyning “Odina”, Oybekning “Bolalik”, A. Qahhorning “O‘tmishdan ertaklar”, “Sinchalak”, shuningdek O. Yoqubov, O‘. Hoshimov, S. Anorboyev, O‘. Umarbekov va boshqa­larning qissalari mazkur janrning yetuk namunalaridir.

Download 387,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish