Mundarija
A 9
B 18
D 25
E 28
F 33
G 40
H 43
I 46
J 53
K 54
L 61
M 63
N 73
O 77
P 83
R 90
S 91
T 107
V 127
X 128
Z 131
Oʻ 131
CH 139
BOLALAR DABIYOTI FANI TERMINLARI 141
A 141
B 147
D 153
E 157
I 171
J 174
K 175
L 179
M 181
P 195
Q 199
R 204
S 208
T 213
U 226
CH 231
СОДЕРЖАНИЕ
A 9
B 18
D 25
E 28
F 33
G 40
H 43
I 46
J 53
K 54
L 61
M 63
N 73
O 77
P 83
R 90
S 91
T 107
V 127
X 128
Z 131
Oʻ 131
CH 139
BOLALAR DABIYOTI FANI TERMINLARI 141
A 141
B 147
D 153
E 157
I 171
J 174
K 175
L 179
M 181
P 195
Q 199
R 204
S 208
T 213
U 226
CH 231
CONTENT
A 9
B 18
D 25
E 28
F 33
G 40
H 43
I 46
J 53
K 54
L 61
M 63
N 73
O 77
P 83
R 90
S 91
T 107
V 127
X 128
Z 131
Oʻ 131
CH 139
BOLALAR DABIYOTI FANI TERMINLARI 141
A 141
B 147
D 153
E 157
I 171
J 174
K 175
L 179
M 181
P 195
Q 199
R 204
S 208
T 213
U 226
CH 231
ONA TILI FANI TERMINLARI
A
ABBREVIATURA (ital. abbreviatura – qisqartaman) – q. Qisqartma soʻzlar.
ABSTRAKT OT (lot. abstractus – uzoqlashgan, mavhum) – q. Mavhum ot.
ABZAS (nem. Abzatz < absetzen – surmoq, nari surmoq) ayn. Xatboshi.
ADABIY ME’YOR Til birliklarining adabiy til qoida-talablariga mos holda, namunali tarzda qoʻllanishini, tilning adabiyligini ta’minlovchi vositalarni belgilovchi me’yor.
ADABIY TIL Umumxalq tilining ishlangan, sayqal berilgan, ma’lum me’yorga solingan, xalqning turli madaniy ehtiyojlariga xizmat qiluvchi shakli. Adabiy tilning ikki shakli bor: 1) yozma shakli, 2) ogʻzaki shakli.
ADGERENT KONNOTATSIYA Ma’lum nutqiy matn (kontekst)da hosil boʻladigan konnotativ ma’no. Masalan, shirin (yoqimtoy) bola, achchiq (noxush) so‘z.
AFEREZIS (yun. aphairesis) Oldingi soʻzning soʻnggi tovushi (yoki tovushlari) ta’sirida keyingi soʻz boshidagi tovush (yoki tovushlar)ning tushishi. Masalan, aytar edi > aytardi kabi.
AFFIKS (lot. affixus – birlashtirilgan, biriktirilgan) Soʻzga (leksemaga) zid qoʻyiladigan (leksik ma’noga ega boʻlmagan), oʻzi qoʻshiladigan asosning lugʻaviy yoki grammatik ma’nolarining shakllanishiga xizmat qiladigan morfema; qoʻshimcha. Masalan, ish-chi-lar-imiz-ni. O‘zbek tilidagi affikslar asosan soʻzning oxiriga, ba’zilari soʻz oldiga qoʻshiladi, ya’ni suffiks va prefiks holida boʻladi.
AFFIKSAL AITONIMIYA Qo‘shimchalar orasidagi antonimiya: -li va -siz (kuchli – kuchsiz) kabi.
AFFIKSAL MORFEMA – ayn. Qo‘shimcha.
AFFIKSAL OMONIMIYA Qo‘shimchalar orasidagi omonimiya: -ik (ko‘pik – ot yasovchi), -ik (egik – sifat yasovchi) kabi.
AFFIKSAL SINONIMIYA Qo‘shimchalar orasidagi sinonimiya: -siz va be- (farqsiz – befarq) kabi.
AFFIKSAL SOʻZ YASALISHI Asosga qo‘shimcha qoʻshish yoʻli bilan soʻz yasalishi: bo‘yoqchi (bo‘yoq + chi), bo‘yoqchilik (bo‘yoqchi+lik)
AFFIKSATSIYA Umuman, asosga qo‘shimcha qoʻshish, qo‘shimcha yordamida soʻz yoki shakl yasalishi: (soʻroq (soʻra + q) – soʻz yasalishi, soʻradi (soʻra + di) shakl yasalishi.
AFFIKSNING VARIANTI Qo‘shimchaning fonetik (tovush) tarkibi jihatidan turi. Masalan, obroʻyi – obroʻsi, uyga – terakka – buloqqa, kuzgi – kechki, kelguncha – birikkuncha – chiqquncha kabi.
AFFIKSOID (lot. Affixus yun. eidos – tur) Qo‘shimcha vazifasida qoʻllanuvchi morfema: ishxona, darsxona kabi soʻzlardagi xona.
AFFRIKATA (lot. africata – ishqalangan) Qorishiq undosh tovush; paydo boʻlish oʻrniga va ovozning ishtirokiga koʻra bir xil boʻlgan portlovchi tovush bilan sirgʻaluvchi tovushning yaxlit bitta tovush sifatida talaffuz qilinishiga to‘g‘ri keladi. Masalan, choy soʻzidagi ch, joy soʻzidagi j tovushlari affrikatalardir.
AGGLUTINATIV TILLAR Soʻz yasalishi va shakl yasalishi agglyutinatsiya (q.) yoʻli bilan bo‘ladigan tillar. Masalan, turkiy tillar, fin-ugor tillari.
AGGLUTINATSIYA (lot. agglutinare – yopishtirmoq) Soʻz yasalishi yoki shakl yasalish asosi oʻzgarmagan holda yangi soʻz yoki soʻz shakli hosil boʻlishi. Bunda har bir qo‘shimcha ma’lum bir ma’no, vazifa bilan qatnashadi. Masalan, turkiy tillarda jumladan, oʻzbek tilida yasama soʻzlar va soʻz shakllari asosga ma’lum izchillik bilan qo‘shimchalar qoʻshish orqali hosil qilinadi va bu qo‘shimchalarning har biri oʻz ma’nosi bilan qatnashadi: ter-im-chi-lar-imiz-ga.
AJRATILGAN ANIQLOVCHI Gapda oʻzidan oldingi aniqlovchining ma’nosini izohlab, alohida ohang, urgʻu va toʻxtam (pauza) bilan aytiladigan boʻlak: Bugun Hilolaning, singlimning tug‘ilgan kuni.
AJRATILGAN BO‘LAK Gapning mazmun va ohang jihatdan ajratilgan boʻlagi. Gap boʻlaklarini ajratish bilan ma’lum boʻlakning ma’nosi ajratilib, boʻrttirib (ta’kidlab) koʻrsatiladi, diqqat shu boʻlakka qaratiladi va hokazo. Q. Ajratilgan aniqlovchi. Ajratilgan toʻldiruvchi. Ajratilgan hol.
AJRATILGAN HOL Gapda oʻzidan oldingi holning ma’nosini izohlab, ta’kidlab, maxsus ohang bilan aytiladigan boʻlak: Uzoqda, tog‘ yonbag‘irlarida behisob qorako‘l qo‘ylari o‘tlaydi. (Mirmuhsin)
AJRATILGAN TO‘LDIRUVCHI Gapdagi biror toʻldiruvchining ma’nosini ta’kidlab, unga izoh berib, alohida ohang bilan aytiladigan boʻlak: Yo‘lchi o‘zi uchun mushkul masalani, ya’ni xo‘jayin oldiga kirib, undan pul talab qilishni o‘yladi. (Oybek) Nerv to‘qimasi nerv hujayralaridan, ya’ni neyronlardan hosil bo‘ladi, neyronlar esa tana va o‘simtalardan iborat. («Anatomiya» kitobidan)
Do'stlaringiz bilan baham: |