QO‘SHIQ Asosan mustaqil to‘rtliklardan tashkil topgan, tugal fikrni badiiy ifodalovchi, el orasida keng tarqalgan va kuylangan xalq og‘zaki ijodi lirik janri. Qo‘shiqning muhim belgisi – ijro uchun mo‘ljallanganlik. Qo‘shiqlar biror musiqa jo‘rligida (lapar, yor-yor), muayyan ish-harakat ritmi (qo‘sh qo‘shiqlari, charxchi qo‘shiqlari va b.) yoki ma’lum bir ruhiy holat mohiyatiga (yo‘qlovlar) mos tarzda ijro qilingan.O‘zbek xalq qo‘shiqlarini quyidagi to‘rt guruhga bo‘lish mumkin:
1. Urf-odat va mavsum marosim qo‘shiqlari.
2. Mehnat qo‘shiqlari.
3. Lirik qo‘shiqlar.
4. Termalar.
Urf-odat va mavsum marosim qo‘shiqlariga alla, “Yo, ramazon”, “Sus xotin”, “Yor-yor”, lapar, o‘lan, kelin salom, yig‘i-yo‘qlov kabilar kiradi. Chunonchi alla bolani uxlatish vaqtida ona tomonidan aytiladi:
Senga qo‘ydim yaxshi ot, alla,
Yaxshi niyatdir murod, alla.
Yurtu elga suyansang, alla
Senga, bo‘lg‘usi qanot, alla.
Mehnat qo‘shiqlariga mehnat jarayonida aytiladigan qo‘shchi qo‘shig‘i, o‘rim qo‘shig‘i, hop-mayda, yorg‘ichoq qo‘shiqlari, sog‘im qo‘shig‘i, hunarmandchilik qo‘shiqlari kabilar kiradi. Mehnat qo‘shiqlari orqali dehqon va hunarmandlar o‘zini ruhlantirgan. Jumladan o‘rim paytida aytiladigan o‘rim qo‘shiqlarida dehqonning umidi ro‘yobga chiqayotgani, ko‘tarinki ruh bilan ishga kirishayotgani bayon etiladi:
O‘rog‘im olmos,
O‘rishdan qolmas,
Sira ham tolmas,
O‘rmasam bo‘lmas.
Lirik qo‘shiqlarda obyektiv voqelikdagi muayyan hodisalar inson qalbida tug‘dirgan his-tuyg‘ular keng yoritiladi:
Beqasam to‘nlar kiyib,
Muncha meni kuydirasan.
Har zamonda bir qarab,
O‘lmay turib o‘ldirasan.
QOFIYA (ar. misra oxiridagi soʻzlarning bir-biriga mos boʻlishi) She’riy misralar oxiridagi qoʻshimcha, soʻz, ba’zan soʻz birikmalarining ohangdosh boʻlib kelishi, aniqrogʻi ularning tarkibidagi tovushlar guruhining ohangdoshligi.Qofiya oʻz tarkibidagi tovushlarning toʻla mos kelishi jihatidan ikkiga ajratiladi: a) toʻliq (yoki toʻq) qofiya. Bunda qofiyalanuvchi soʻzlarning tovush tarkibi bir-biriga toʻla mos keladi: qish – tish, toy – soy, qon – jon kabi. b) och qofiya. Bunda qofiyalanuvchi soʻzlar tarkibidagi tovushlar qisman mos keladi: barg – garq, yengdi – endi.
Quyidagi misralarda qofiydosh soʻzlar toʻq qofiyani hosil qilgan:
Kuz kеlgаndа uyimizdа to‘y bo‘lаdi,
Qo‘zichоg‘im o‘sib kаttа qo‘y bo‘lаdi.
Uzumlаrni pаy urаmiz, qоvun оsib,
Hаmmа yoqni yoz nе’mаti kеtаr bоsib. (Tоlib Yo‘ldоsh)
Mana bu she’riy parchada esa och qofiya ishlatilgan:
Hаttо gilоs lаt yеdi,
Bo‘lsа hаm аbjir.
To‘qnаshuvdа аnоrgа
Chаplаndi аnjir. (Anvar Obidjon)
Do'stlaringiz bilan baham: |