B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar



Download 387,41 Kb.
bet176/194
Sana14.01.2023
Hajmi387,41 Kb.
#899427
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

QIQILLAMALAR Harakatga omuxta zavqlardan jilolangan bu qo’shiqlar. kichkintoylarning ritmni tuya borishlari zamirida shovqin solib kuylashlariga asoslangan. Aslida bular to‘qilmaydi, balki raqsga tushib yo biror harakatga omuxta holda bir necha bora qichqirib aytiladigan va hajman ikki satrdan oshmaydigan quvonchdan tug‘iladigan va boshqalarga tez «yuqadigan» badihalardir. Ular ritmik o‘ynoqiligi va ohangdorligiga ko‘ra bolalar qalbiga jiz etib yopishib, jo‘r bo‘lish istagini uyg‘otgan nogahoniy ibora va gaplarning harakat vaznida qichqirib-baqirib aytiladigan qaytariqlardir. Bolalar ularni ko‘pincha kattalar yoki tengqurlarining nutqidan ilib olib, hakkalab chopish vaznidagi ritmga mos qiyqirib aytadilar:
Laka-lak, laka-laka-lak,
Shamolda uchdi kapalak,-
deya kapalakni quvsalar;
Chapak-chapak, chapakcha.
Yotar joyi katakcha,-
deya bir-birlariga hazil qiladilar va h.k.
QIT’A (ar. parcha, bo‘lak, qism, bir kesim) Sharq mumtoz she’riyatida keng tarqalgan, ikki baytdan bir necha o‘n baytgacha (ayrim manbalarda 19 baytgacha deb belgilangan) hajmdagi, juft misralari o‘zaro qofiyalanib, toq misralari ochiq qoluvchi (b-a, v-a, g-a tarzida) she’r shakli; lirik janr. Garchi ko‘proq ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-tarbiyaviy, falsafiy mavzularda yaratilsa-da, qit’a mazmun jihatidan ham, vazn jihatidan ham chegaralangan emas. O‘zbek adabiyotida qit’a janrining qaror topishi va takomilida A. Navoiyning o‘rni beqiyos. Shoirning mashhur qit’a­laridan birini keltiramiz:
Kamol et kasbkim, olam uyidin
Sanga farz o‘lmagay g‘amnok chiqmak.
Jahondin notamom o‘tmak biaynih
Erur hammomdin nopok chiqmoq.
Bu qit’a­si inson bu hayotda komillikka intilishi lozimligi go‘zal tamsil bilan bayon etilgan.
QIZIQMACHOQ tushuncha va tasavvurlarning o’zaro qorishuvi tufayli hosil bo’lgan fantastik obrazlilik va voqeabandlik negizida qurilgan, qiziqchilik qo’shiqlari va o’yin naqarotlari matnlari negizida yuzaga kelgan, biroq bolalargagina yaqin va tushunarli obrazlarni olib shakllangan. Qiziqmachoqlarda obrazlar shaklan va hajman yoxud hajman va mohiyatan o’zaro nomutanosiblikda namoyon bo’lish oqibatida kulgu qo’zg’atils-da, aslida bu nomutanosiblik bola anglagan haqiqatlarni nohaqiqatga aylantirish, aniqrog’i, soxtalashtirish asosidagi tazodda voqe bo’ladi. Bunda bola anglayotgan haqiqatlarga nisbatan ishonch tug’dirish va shu ishonchni mustahkamlash ko’zlanadi. «Ola tog’ning boshida ne ko’rding?» satri bilan boshlanuvchi qiziqmachoqda shunday nomutanosiblik voqea bayonida g’alati mantiqsizlikni yuzaga keltirgan. Qiziqmachoqlarga xos bunday xususiyatni G’afur G’ulom ham g’oyat teran anglab yetgan, shu bois «Kekkaymachoq Sobirjon» she’rida qahramonning o’z-o’zini fosh etishi vositasi sifatida ijodiy foydalana olgan. Ta’kidlab ko‘rsatilgan so‘zlar mantiqan noto‘g‘riligini har qanday o‘quvchi darrov ilg‘ay oladi:

Be, o’sha hayvonlarning


Nima ham qizig’i bor?
O’n quloch ilonlarning
Yamalgan, uzug’i bor.
Qoplonlar terisida
Beqasam chizig’i bor.
Jirafa degan hayvon,
Hayvon emas, jonivor
Mushukdan kichik o’zi,
Kitdan sag’al kattaroq.
Yonboshida to’rt ko’zi,
Timsohday yum-yumaloq.
Shinpanzeday o’rmalab
Yer ostida yashaydi.
Tuyaqushday timdalab
Yumronqoziq oshaydi.
Oq ayiqday xartumli,
Begemotday uch dumli,
Pomirda ko’p uchraydi.

Download 387,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish