B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar



Download 387,41 Kb.
bet141/194
Sana14.01.2023
Hajmi387,41 Kb.
#899427
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

BADIIY SHAKL VA MAZMUN Shakl narsaning biz bevosita koʻrib turgan, his qilayotgan tomoni va aynan u bizga oʻsha narsaning nimaligini – mazmun-mohiyatini anglatadi. Mazmun muayyan shakldagina yashaydi, shaklsiz mazmun boʻlmaganidek, mazmunsiz shakl ham mavjud emas. Boshqa har qanday narsa singari badiiy asar ham shakl va mazmunning yaxlit birligidir. Badiiy shakl badiiy mazmunning biz qabul qilayotgan mavjudligi, badiiy mazmun esa uning ichki ma’­nosi, magʻzidir. Badiiy shakl bilan badiiy mazmunning oʻzaro munosabatida ke­yin­gisi yetakchi mavqega ega boʻlib, u shaklni hosil qilishda juda faoldir. San’at­kor ijodiy niyatidan kelib chiqqan holda boʻlgʻusi asarning shaklini belgilaydi, yana ham aniqrogʻi boʻlgʻusi asarning mazmuni uning shaklini belgilaydi. Masa­lan, jamiyat­ning joriy holatini badiiy idrok etish, u haqdagi hukmini badiiy konsep­siya tarzida shakllantirish va ifodalash maqsadini koʻzlagan ijodkor roman janrini (ya’ni badiiy shaklni) tanlaydi. Chunki ayni shu shakl ijodiy niyatda koʻzda tutil­gan mazmunga har jihatdan muvofiq keladi va oʻsha niyat ijrosi uchun imkon beradi.
BADIIY TAHLIL (ar. tekshirish, hal qilish) Adabiy asarning mazmun mohi­yatini idrok etish, uning yaxlit estetik hodisa sifatidagi mavjudliginiturli aspektlarda o‘rganib, o‘ziga xosligini ochib berish va qimmatini belgilashga qaratilgan hissiy-intelektual faoliyat.
BADIIY TASVIR VA IFODA VOSITALARI Badiiy sarda narsa-hodisalarni jonli tasvirlash, his-tuygʻu va kechinmalarni yorqin ifodalashga xizmat qilish til vositalarining umu­­miy nomi.
BADIIY TIL Badiiy asar tili, soʻz san’atining asosiy quroli, badiiy adabiyot­ning obraz yaratish vositasi; poetik til, badiiy adabiyot tili kabi shakllarda ham ishlatila­di. Ya’ni badiiy adabiyot birlamchi belgilar sistemasi sanalmish til vosita­sida ikkilamchi belgilar sistemasini – badiiy voqelikni tashkil qiluvchi obrazlar tizimini yratadi. Badiiy tilning eng muhim belgilovchi xususiyatlari obrazlilik (tasviriylik) va emotsionallikdir.
BADIIY TOʻQIMA Yozuvchining ijodiy ijodiy tasavvur va taxayyuli mah­suli, voqe­likda real asosi va toʻliq oʻxshashi boʻlmagan badiiy obrazlar, voqealarni yara­tishda namoyon boʻluvchi badiiy ijodning muhim komponenti. Masalan, “Otgan kunlar” romanidagi Otabek, Kumush kabi qahramonlar toʻqima obrazlar­dir.
BAHR (ar. dengiz) Aruzda yozilgan she’rda ruknlarning takrorlanib kelish tartibi. Bahr misra doirasida voqe boʻladi, chunki ilk misradagi ruknlar tartibi ke­yingi misralarda aynan takrorlanadi. Ya’ni aruzda 8 ta running muayyan tartibdagi takroridan bahrlar hosil boʻladi va ularning har biri oʻz nomiga ega. Masalan, mafoiylun ruknining takroridan hazaj bahri, foilotun ruknining takroridan ramal bahri hosil boʻladi. Navoiyning quyidagi bayti hazaj bahrida yozilgan:Gʻamidin garchi yoʻq erdi tanda,Tirildim la’lidin oʻldum deganda.V- - - V- - - V-
BALLADA (fr. ballade – raqsbop qoʻshiq) Dramatik, tarixiy-afsonaviy, fojiaviy yoxud qaxramonlik mavzularida yozilgan, muayyan shakldagi lirik, liro-epik she’r; she’riy janr. Ballada syujetiga ko‘pincha insonlar hayotida tasodifan ro‘y berib, ularning taqdirini hal etadigan yoki hayotida burilish yasay oladigan keskin voqealar asos qilib olinadi. Urush yillarida yozilgan M. Shayxzodaning “Kapitan Gastello”, H. Olimjonning “Jangchi Tursun” kabi asarlari balladaning oʻzbek adabiyotidagi yaxshi namunalari sanaladi.
BAND She’rning ritmik-intonatsion va mazmuniy jihatdan nisbiy mustaqillika ega boʻlagi. She’r ritmik qurilishidagi bandning roli va ahamiyati gapning matn­dagi roli va ahamiyatiga oʻxshash. Shuning uchun ham aksar hollarda band gapga teng (koʻp holda bandni bitta gap shakliga solish mumkin) keladi. Bandning niho­yasida turoq (rukn) yoki misradan keyingi pauzaga qaraganda yaqqol seziladi­gan ritmik pauzaning mavjudligi, odatda uning boshlanishida yuksaluvchi, oxirida esa psayuvchi intonatsiya boʻlishi; she’rdagi har bir bandni ajratib turadigan tak­ror­lanib turuvchi qofiyalanish tartibi, ba’zan esa tarje’ yoki radif singari qoʻshim­cha vositalarning – bularning bari bandni ritmik-intonatsion jihatdan alohida bu­tun­likka aylantiradi. Jahon she’riyatida hajm e’tibori bilan 2 tadan 16 tagacha misrani birlashtirgan band turlari mavjud boʻlsa-da, hajmi kichikroq (ayniqsa 2, 4, 5 mis­rali) bandlar keng istifoda etilgan.
Quyidagi she’r toʻrt misrali ikki banddan iborat boʻlib, bandlar a-b-v-b tarzida qofiyalangan:

Shudgor uzra uvullar


Ayoz bobo bo‘roni.
Mehmon bo‘ldi qish fasli
Oq choyshabga o‘ranib.

Bundan buyon ko‘cha-ko‘yda


Piyma, etik g‘archillar.
Tinim bermas chanalarga
Shokir, Ra’no, Barchinlar. (Tursunboy Adashboyev, “Qish”)
BARMOQ Turkiy xalqlar she’riyatida keng tarqalgan she’riy vazn tizimi boʻ­lib, unga koʻra she’r misralaridagi hijolar miqdoran teng boʻlishi kerak. Barmoq misralardagi hijolarning bir miqdorda, turoqlarning bir tekisda takrorlanib keli­shiga va shu tarzda ritm hosil qilishga asoslangan vazn. Ilmiy muomala amali­yotida barmoq vazni, barmoq sistemasi, barmoq tizimi kabi terminlar ham ishla­ti­ladi. Barmoq turkiy tillarning tabiati, fonetik xususiyatiga toʻla mos keladi. Shu sababli ham barmoq turkiy she’riyatda qadimdan qoʻllangan: xalq ogʻzaki ijodida­gi she’rlarning asosan barmoqda yaratilgani buning yorqin dalilidir. Hozirgi oʻzbek she’riyatida ham asosiy vazn barmoq vaznidir.
BAYOZ (ar. oq, oqqa koʻchirilgan nusxa) XX asrdan boshlab keng tarqalgan she’riy toʻplam boʻlib, an’anaviy devonlardan farqli qator jihatlarga ega. Jumladan, devon bir shoir qalamiga mansub she’rlardan tuzilsa, bayoz bir muallif she’rlaridan ham, bir necha shoir she’rlaridan ham tarkiblanishi mumkin. Yana bir farqi bayoz­da devondagi kabi she’rlarni joylashtirishning qat’iy tartibi belgilanmaydi.
BAYT (ar. uy) Sharq she’riyatidagi ikki misrali band turi.
Ayt, bu soching tolasimu, jon ipin bir bandimu,
Yoki soching tolasiga jon ipim bog­ʻlandimu? (E. Vohidov)

Download 387,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish