B. S. Abdullaeva tdpu ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/314
Sana31.03.2022
Hajmi5,22 Mb.
#521992
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   314
Bog'liq
2928-Текст статьи-7932-1-10-20200909

֍ 

 ֍ 
– 
֍ 
 
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI HAR TOMONLAMA TARBIYALASH 
VOSITALARI 
Kamilova G. 
Buxoro davlat universiteti, dotsent 
Kurbonova G.
Buxoro davlat universiteti, magistrant 
 
Atrof-muhitni muhofaza qilish masalasi Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin 
dolzarb muammolardan biriga aylandi. Bu muammo hukumatimizning siyosati bilan bog‘liq 
bo‘lganligi tufayli O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan barcha 
qonun hujjatlarida alohida tilga olingan. 
So‘nggi yillarda atrof-muhitni, tabiatni, o‘simliklar va hayvonot dunyosini muhofaza qilish 
haqida qator qonunlar hamda ko‘plab me’yoriy metodik hujjatlar qabul qilindi. Bu qonunlarda 
respublikamizning hozirgi ekologik-iqtisodiy siyosati umuminsoniy ekosistemaning muhofazasini 
ta’minlashga, inson hayoti mohiyatining barcha qirralarini kafolatlashga qaratilgan.
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin maktabgacha ta’lim
 
muassasalari 
tarbiyalanuvchilari uchun yangi tipdagi milliy dasturlar ishlab chiqishga e’tibor kuchaytirildi. 
Natijada 2001, 2010 va 2018 yillarda ishlab chiqilgan dasturlar bu borada yangi qadam bo‘ldi. 


135 
Ularda maktabgacha yoshdagi bolalarga tabiat olami, undagi voqea-hodisalar o‘rtasidagi 
bog‘liqlik to‘g‘risida aniq tasavvur va bilimlar berish, tabiatni asrab-avaylash, boyitish uchun faol 
harakat qilish ko‘nikma hamda malakalarini shakllantirish ko‘zda tutilgan. Bu maqsadni amalga 
oshirish jarayonida bolalarni davlatimizning tabiat muhofazasi bo‘yicha olib borayotgan ishlari 
bilan tanishtirib borishga e’tibor kuchaytirilgan.
Ekologik tarbiya insoniyat ijtimoiy va ma’naviy
 
taraqqiyotining har bir bosqichida o‘ziga 
xos tarzda amalga oshirilgan. Dastlab ibtidoiy tuzum sharoitida shakllana boshlangan ekologik 
tarbiya mezonlari qadimgi odamning animistik va totemistik tasavvurlari asosida targ‘ib qilina 
boshlangan bo‘lsa, keyinchalik uning qo‘rquvi va ixlosi zaminida yaratilgan tabu-taqiqlar 
ko‘magida singdirila boshlandi. Nihoyat, insoniyatning badiiy tafakkuri rivojlanishi bilan uning 
donoligi, aqlu zakovati bilan yaratilgan ertak, qo‘shiq, topishmoq, maqol kabi xalq og‘zaki ijodi 
namunalarida ekologik tarbiyaga oid ayrim fikr va qarashlar targ‘ib qilina boshlandi. Xususan, 
bunda topishmoqning roli va ahamiyati beqiyosdir. Topishmoq o‘z xususiyatiga ko‘ra tabiat 
predmetlari va hodisalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki yashirin tilda ifodalab kelib, u yoki bu 
tabiat narsa-hodisalari haqida aniq ma’lumot bera olish imkoniyatining mavjudligi tufayli uzoq 
o‘tmishda yoshlarga ekologik bilim va tarbiya berishda, ularning tevarak-atrofga nisbatan 
kuzatuvchanligini va g‘amxo‘rligini, ekologik madaniyatini oshirishda juda qo‘l kelgan. Qizig‘i 
shundaki, topishmoqqa xos xalqona an’ana hozirgacha o‘z qimmatini yo‘qotmay kelayapti.
O‘rta asrlar tuzumi sharoitida ekologik tarbiya ko‘proq islom dini talablari bilan bog‘liq 
holda targ‘ib va tashviq qilindi. Xalqning ona tabiatni asrab-avaylash to‘g‘risidagi o‘y-
kechinmalari, qarashlari, tasavvur-tushunchalari islom dini hukmronligi davrida yanada 
mustahkamlandi. Bolalar qalbida tabiatga muhabbat qancha erta uyg‘otilsa, ularning tabiat bilan 
bog‘lanishlari shunchalik uzviylashadi. Bola tabiatga erta mehr qo‘yadi. Bu, shubhasiz, 
tarbiyachilar va kattalarning faoliyati bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, insonni o‘rab olgan 
olamning murakkabligini anglashlariga, tabiat inson turmush tarziga ta’sir etuvchi vosita 
ekanligini tushunishlariga, bugunimiz va ertamiz uchun naqadar muhimligini bilib olishlariga 
yordam beradi. Tabiatdagi hamma narsa kichkintoylar uchun qiziqarli va sirli bo‘lib, bamisoli 
topishmoqqa o‘xshab ketadi. Ular shu topishmoqlarni bilishga, sabablarini anglashga va bu haqda 
fikrlashga ehtiyoj sezadilar. Asta-sekin maktabgacha ta’lim muassasalari mutaxassislari 
tomonidan bolalar o‘rtasida ekologik tarbiyani yaxshi yo‘lga qo‘yish, ularning ekologik bilimini 
va madaniyatini oshirish uchun eng qo‘l keladigan metodlarni izlab topishga, aniqlashga nisbatan 
qiziqish birmuncha kuchaya bordi. Natijada bu borada bir qancha metodik qo‘llanmalar, maxsus 
ilmiy-tadqiqot ishlari yaratildi.
Ekologik tarbiya ijtimoiy-iqtisodiy va muhim davlat ahamiyatiga molik masalalardan biri 
bo‘lib, ta’lim sohasida respublika doirasida amalga oshirilayotgan asosiy tadbirlardan sanaladi. 
Maktabgacha ta’lim muasssasalari uchun mo‘ljallab yozilgan “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturida 
ham bolalarda ilk tabiat haqidagi bilimlarni rivojlantirish, bolalarning ilk rivojlantirish 
masalalarida ota-onalar va jamiyatga tegishli bilimlar berishni tashkil etish va amalga oshirish 
masalalari kiritilgan. Dasturda bu borada ota-onalar bilan ishlash, hamkorlikni rivojlantirishda 
quyidagi vazifalar ko‘rsatib berilgan: 
1.
Ota-onalarning maktabgacha ta’lim muassasasi borasidagi fikrlarini hisobga olish; 
2.
Ilk rivojlanish masalalarida ota-onalarga bilim berish; 
3.
Ota-onalarning o‘quv-tarbiyaviy jarayonda faol qatnashishga jalb etish; 
4.
Ota-onalarning muassasa hayotida ishtirok etish borasidagi tashabbuslarini qo‘llab-
quvvatlash. 
Dasturda bolaning rivojlanish sohalari kopetensiyalari ya’ni, bilish jarayonining rivojlanishi 
sohasi kompetensiyalarida bolalar bilim olishga faol qiziqishni namoyon etishi, atrof-muhitdagi 
voqea-hodisalar va ko‘rinishlarni kuzatishi hamda tadqiq qilishi, o‘quv va hayotiy faoliyat uchun 
axborotni mustaqil ravishda topishi va undan foydalanishi, predmetlar, voqealar va ko‘rinishlar 
o‘rtasida oddiy aloqalarni tushunishi, atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona va g‘amxo‘r 
munosabatni namoyon etishlari ko‘rsatib o‘tiladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, maktabgacha 


136 
yoshdagi bolalar aqliy qobiliyatini rivojlantirish, tabiat bilan tanishtirish va ularning ekologik 
tarbiyasini amalga oshirishning qulay pedagogik usullarini ishlab chiqish, didaktik imkoniyatlarga 
boy tarbiyaviy vositalarini aniqlash alohida ahamiyatga ega bo‘lib kelmoqda. Bu muammoning 
yechimida xalq og‘zaki ijodiga mansub badiiy janrlardan biri – bolalarning zehnini charxlash, 
aqliy qobiliyatini va mantiqiy tafakkurini o‘stirish, so‘z boyligini oshirish, nutq madaniyatini 
rivojlantirish maqsadida yaratilgan, qadim zamonlardan beri xalq pedagogikasida muhim tarbiya 
vositalaridan biri sifatida tan olinib, keng qo‘llanilib kelinayotgan topishmoqlardan o‘rinli va 
unumli foydalanish ijobiy natija beradi.
Binobarin, topishmoqlar o‘z janri tabiatiga ko‘ra ixcham shaklli, mazmunan teran va 
hayotiy-badiiy zavqi baland barkamol namunalardir. Ular ko‘proq tabiat va jamiyat hodisalari, 
hayvonlar va o‘simliklar mavzularida yaratiladi. Shuning uchun topishmoqlar tarbiyaviy-didaktik 
imkoniyatlarga boy bo‘lib, bolalar diqqatini o‘ziga tez jalb qiladi va ular xotirasiga tez o‘rnashib 
qoladi. Topishmoqlar deyarli barcha yoshdagi bolalarning qiziqishini o‘ziga jalb etuvchi 
ma’naviy-axloqiy o‘yin namunasidir. Ular bolalarning tevarak-atrofga kuzatuvchanligini oshiradi, 
tabiat voqea-hodisalarining sodir bo‘lish sabablarini aniqlashga qiziqishlarini kuchaytiradi. 
Natijada, bolalarning idroki, tasavvuri, qobiliyati, topqirligi, mustaqilligi rivoj topadi. Ayniqsa, 
topishmoqlar bolalarga borliqdagi narsa-hodisalarning yaxlit ko‘rinishida qismlardan, qism 
ko‘rinishida esa yaxlitlikdan tarkib topishini idrok etishlariga, olam bir butunligini anglab 
yetishlariga, hayot go‘zalliklaridan ma’naviy zavq olishlariga va shu go‘zallikni qadrlashga 
o‘rgatishda muhim rol o‘ynaydi. Maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi 
bo‘g‘ini hisoblanib, u har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga 
tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi.
Mustaqllikning ilk yillaridanoq ta’lim muassasalarini milliy an’analarimiz asosida isloh 
etish, ularga zamonaviy texnologiyalarni olib kirishga dolzarb vazifa sifatida qaralib kelinmoda. 
Maktabgacha ta’lim muassasalari uchun bola tarbiyasida turli o‘quv dasturlari, tavsiyalar 
bilan ish ko‘rishdan tashqari, mahalla, oilaviy muhit, bola bilan izchil munosabatda bo‘ladigan 
shaxslarning tasirini ham hisobga olmoqlari kerak. Bular bolani shakllantirish muhiti, bola hayoti, 
tasavvuri, aqlni boyitib boruvchi manba bo‘lib, ular bola psixikasi, shaxsi, hayotiy tajribasi, 
faoliyatini boyitishning asosiy omili hamdir. Shu bilan bir qatorda, bola har bir yoshda o‘zini o‘rab 
turgan muhitdan aynan o‘ziga zarur bo‘lgan hayotiy malakani oladi. Yuqoridagi muhit qanchalik 
toza va musaffo bo‘lsa bolaning inson sifatida shakllanishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Tabiiyki, 
bu jarayonning o‘ziga xos qonuniyatlari mavjud. Ayniqsa bolalarni yoshlikdan mehnat qilishga 
o‘rgatish va kattalar mehnatini qadrlashga o‘rgatish muhim hisoblanadi.
Mehnat tarbiyasining maqsadi bolalarda mehnatga ongli munosabatni shakllantirishdir. 
Mazkur maqsadga erishish yo‘lida quyidagi vazifalarni ijobiy hal etish maqsadga muvofiq: 
-
yosh avlodda mehnat qilish istagini qaror toptirish va ularni zamonaviy ishlab 
chiqarishning turli sohalarida faoliyat yuritishga tayyorlash; 
-
bolalarda umumjamiyat manfaati yo‘lida mehnat qilish ehtiyojini hosil qilish; 
-
ularning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish; 
-
bolalarning mavjud bilimlarini uzluksiz ravishda takomillashtirib borishlari uchun zarur 
shart-sharoitni yaratish; 
-
ularda mehnat ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirish; 
-
bolalar faoliyatida yuqori madaniyat, maqsadga intilish, tashkilotchilik, mehnat intizomi, 
tadbirkorlik, tejamkorlik, ishni sifatli bajarish, moddiy boyliklarga ehtiyotkorona munosabatda 
bo‘lish, hayotiy faoliyat yo‘nalishini belgilash malakalarini shakllantirish; 
-
bolalarda davlat iqtisodiy siyosati mazmuniga tayangan holda ular yashab turgan 
hududlar ishlab chiqarish xususiyatlariga muvofiq kasblarni egallashga bo‘lgan qiziqishni 
oshirish; 
-
bolalarni kasbga yo‘llash, ularni mehnat faoliyatining barcha turlari, shuningdek, ular 
yashayotgan hududda ehtiyoj mavjud bo‘lgan mutaxassisliklar bilan tanishtirish. 


137 
Mazkur vazifalar tizimda bolalarni mehnatga psixologik va amaliy jihatdan tayyorlash 
ularning qiziqish va qobiliyatlarini aniqlash orqali amalga oshiriladi. 

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish