Литературы:
1.
Зверева О., Береза Е. Образование детей в итальянском детском саду //
Управление ДОУ. -2016. - №8. - С. 100-110.
2.
Зверева О.Л Дошкольное образование в Великобритании // Управление ДОУ. -
2018. - № 7. -С.104-110.
3.
Дошкольное образование в Финляндии. Early Childhood Education and Care
especially: https://minedu.fi/en/early-childhood-education-and-care
4.
Дошкольное
образование
в
Словакии
https://eacea.ec.europa.eu/national-
policies/eurydice/content/early-childhood-education-and-care-72_en
5.
Детские сады в Сербии// https://www.bebinka.ru/article/detskie-sady-v-serbii
֍
–
֍
–
֍
98
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI TARBIYACHILARINING FAOLLIK
MARKAZLARIDAGI INNOVATSION FAOLIYATI
Ziyodullaeva D.
Samarqand davlat universiteti, magistrant
Xalqaro miqyosda pedagoglarning innovatsion faoliyatini rivojlantirish va metodik
amaliyotini shakllantirish olamshumul ahamiyat kasb etib, maktabgacha ta’lim tizimini
modernizatsiyalash, bugungi kun talablariga mos ravishda integratsiyalash, kompetensiyalarga
asoslangan “Ilk qadam” davlat dasturini joriy etish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim
jarayoni samaradorligi va tarbiyachilarning metodik kompetentliligini oshirishga xizmat qiluvchi
ilg‘or innovatsion mexanizmlarni ishlab chiqish dolzarb muammo sifatida e’tirof etilmoqda.
Dunyo miqyosida maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarining xalqaro standartlar
asosida metodik kompetentligini rivojlantirish, bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy,
estetik va jismoniy rivojlanishi uchun ilg‘or xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda zarur shart-
sharoitlar yaratish masalalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Maktabgacha ta’lim
tashkiloti
tarbiyachilarining
metodik
kompetentligini
rivojlantirish
mexanizmlarini
takomillashtirish, maktabgacha ta’lim tizimini modernizatsiyalash, eng ilg‘or innovatsion
yondashuvlarga asoslangan davlat ta’lim standartlarini joriy etish, o‘quv jarayoniga zamonaviy
pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarning
imkoniyatlaridan keng ko‘lamda foydalanishni yangi sifat darajasiga ko‘tarishni talab etmoqda.
Maktabgacha ta’limni ham shaklan, ham mazmunan yangilashga qaratilgan bu kabi
innovatsiyalar ota-onalardan tortib barcha pedagoglar bola tarbiyasi, uning ta’lim olishga
tayyorgarligiga zamon talablaridan kelib chiqqan holda yondashuvini talab etadi. Maktabgacha
ta’lim tashkilotlari guruhlarida tashkil etiladigan rivojlanish markazlaridagi jarayonlar bolalarning
doimiy ravishda yangi bilimlarni o‘zlashtirishga, mustahkamlashga yordam beradi. Bolalarni o‘z
bilimini mustaqil ravishda to‘ldirib borish, kechayotgan yangilanish jarayonlariga munosib
moslashib borishga o‘rgatish rivojlanish markazlarining asosiy maqsadidir.
“Ilk qadam” davlat dasturi asosida tashkil etiladigan rivojlanish markazlari bolalarda
quyidagilarni tarkib toptiradi: erkin faoliyat olib borish ko‘nikmasini; o‘zgarishlarni qabul qilish
va amalga oshirishni; tanqidiy fikrlashni; tanlashni, amalga oshirishni; muammolarni mustaqil hal
eta olishni; o‘zlaridagi ijodiy, tafakkur va ixtirochilik imkoniyatlarini namoyon eta olishni;
odamlarga, Vatanga, jamiyatga, atrof-olamga g‘amxo‘rlik qilish kabi xislatlarni.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Ilk qadam” davlat dasturi asosida tashkil etilgan faollik
markazlari quyidagilardan iboratdir: qurish-yasash va matematika markazi; syujet-rolli o‘yinlar va
dramalashtirish markazi; til va nutq; ilm-fan va tabiat markazi; san’at markazi.
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida
“Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish va ushbu muassasalarda bolalarning har
tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni tubdan
yaxshilash, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va foydalanish
imkoniyatlarini ta’minlash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish” kabi
muhim vazifalar belgilangan. Chunki, tarbiyachilarning innovatsion, adaptatsion sharoitda
ishlashini, tez o‘zgaruvchan sharoitlarga nisbatan qayishqoq bo‘lishni zamonning o‘zi talab
etmoqda. Alohida urg‘u berib o‘tish joizki, zamonaviy tarbiyachi kelajak bunyodkori, yangi
pedagogik texnologiyalar, nazariyalar, konsepsiyalarning muallifi, ishlab chiqaruvchisi,
tadqiqotchisi, foydalanuvchisi va targ‘ibotchisi ekanligini chuqur his etishi lozim.
Ma’lumki, bugungi kunda tashkil etilayotgan faollik markazlari maktabgacha ta’lim
sohasiga innovatsiya bo‘lib kirdi va hali hanuz ko‘pchilik pedagog-tarbiyachilar ushbu
markazlarda erkin ta’lim faoliyatini to‘g‘ri tashkil etishlarida ayrim kamchiliklar ko‘zga
tashlanmoqda.
99
Oqilona tashkil etilayotgan bunday rivojlantirish markazlari bolalarda izlanishga, tashabbus
ko‘rsatishga va ijodkorlik qobiliyatlarini namoyon etishga rag‘bat uyg‘otadi. Bunda tarbiyachilar
bola rivojlanishi qanday kechayotganligi to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lishlari, buning uchun
esa ularni doimiy raviщda nazorat qilib borishlari zarur bo‘ladi.
Tarbiyachi o‘quv materialini bolalarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda ularga
munosib tarzda yetkazadilar. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagogik jamoasining o‘rni
shundan iboratki, ular har bir bolaning qiziqishi, qobiliyati va ehtiyojini inobatga olgan holda mos
keladigan maqsadlar qo‘yishlari, bolalardagi tabiiy qiziqishlarni qo‘llab-quvvatlashlari, ularda
borliqni birgalikda o‘zlashtirish ko‘nikmalarini shakllantirishlari kerak.
Bola rivojlanishining o‘ziga xosligini inobatga olishda avvalo, shuni tushunib yetish kerakki,
barcha bolalar rivojlanishning ma’lum bosqichlarini bosib o‘tadilar, biroq bunda har bir bola
noyob va takrorlanmasdir. Tarbiyachilar bolalarni aynan bir xil, o‘xshash narsalar va faoliyat
turlari bilan ta’minlashlari uchun ularning o‘ziga xos, boshqalardan ajralib turadigan rivojlanish
ko‘rsatkichlari to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega bo‘lishlari lozim. Shuningdek, tarbiyachilar bir xil
yoshdagi turli bolalarning qobiliyatlari va qiziqishlaridagi farqlarga e’tibor bilan munosabatda
bo‘lishlari kerakligini mutaxassislar alohida ta’kidlashadi. Bunda bola rivojlanishining o‘ziga
xosligiga doir, bolalar qiziqishlariga javob beruvchi faoliyat turlari, ya’ni ularning aqliy, ijtimoiy
va ma’naviy yetuklik darajasi nazarda tutiladi. Bunday faoliyat turlari bolalarning tabiatga
qiziqishlariga, tajribadan qoniqish hosil qilishlariga va o‘z g‘oyalarini tajribada sinab ko‘rish
xohish-istaklariga qaratilgandir. Bunda bolalarda paydo bo‘lgan savollarga o‘zlari javob topishiga
yordam berish muhim ahamiyatga ega. Negaki, savolga javob izlash barobarida bolada qiziqish,
dalillash va e’tibor berish avtomatik tarzda faollashadi. Bunda tarbiyachining roli savolni
soddalashtirmasdan va bolani ko‘p axborot bilan chalg‘itmasdan uni qoniqtiradigan javob topish
yo‘llarini birgalashib qidirishdan iboratdir.
Faollik markazlaridagi ta’lim jarayonida bolalar o‘zlari istagan ta’limiy faoliyatni ixtiyoriy
tanlaydilar. Bolalarni mustaqil guruhlarda ishlashida, individuallashtirishda tarbiyachi shunday
faoliyat turlarini o‘ylab topadiki, unda barchaga birdek ko‘rsatma berilsa-da, biroq har bir bola
undan kelib chiqqan holda o‘zi mustaqil ravishda muvaffaqiyatga erishishiga imkon beriladi.
Bunda bolalarni individuallashtirish darajasini optimallashtirish mumkin.
Tarbiyachilar faollik markazlarida ta’lim-tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil etishlari uchun
quyidagilarga e’tibor qaratishi zarur:
-
birinchidan, bolalarning qiziqishi asosida “Ilk qadam” davlat dasturi taqvim mavzularini
qiziqarli olib borish texnologiyasini avvaldan reja qilishi (ma’lumki, dasturda maktabgacha ta’lim
tashkiloti davlat o‘quv dasturi asosida o‘zining MTT ishchi o‘quv dasturini ishlab chiqish
huquqiga ega. Ta’lim muassasasining ishchi o‘quv dasturi muassasa pedagoglari tomonidan ota-
onalarni jalb etgan holda tuziladi va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadi);
-
ikkinchidan, maktabgacha ta’lim tashkilotida rivojlantiruvchi muhitni tashkil etishda
bolalarning o‘ziga xos belgilarga ega bo‘lgan yoshga doir xususiyatlari va ehtiyojlarini hisobga
olishi;
-
uchinchidan, maktabgacha ta’lim tashkilotining ko‘rgazmali-rivojlantiruvchi muhiti
mazmunini madaniy-tarixiy qadriyatlar: milliy va hududiy an’analar; tabiat, iqlimdan kelib
chiquvchi xususiyatlarga moslab tashkil etishi;
-
to‘rtinchidan, faollik markazlarida birlamchi dunyoqarash asoslarini shakllantirishi;
-
beshinchidan, bolaning muvaffaqiyatli ijtimoiy moslashuviga yordam berishi lozim.
Shuningdek, faollik markazlarida tarbiyachilarning vazifasi – bolalarning muloqotga
kirishishga bo‘lgan qiziquvchanligini rag‘batlantiruvchi muhitni yaratishi va bolalarning
o‘zgaruvchan ehtiyojlariga qarab, o‘z vaqtida kerakli sharoitlarni moslashtirishi hamda ularni
kuzatishdan iborat. Individual yoki kichik guruhlar uchun topshiriqlar ota-onalar bilan
suhbatlashgandan so‘ng, qaysidir ko‘nikmalarga alohida e’tibor berish uchun ishlab chiqiladi. Ota-
onalar va oilaning boshqa a’zolari mashg‘ulotlarga kelar ekanlar, ular o‘z farzandlarida
ishtiyoqning ortib borayotganligini, intilishning o‘sayotganligin his etadilar va ta’lim jarayoni
100
qanday kechayotganligini, kelajakda bilimli, ijodkor kishilar bo‘lish uchun bolalar qanday o‘zaro
muloqot qilayotganliklari, kelishayotganliklari, izlanayotganliklari, tanlayotganliklari va bilim
hamda ko‘nikmalarni egallayotganliklarining guvohi bo‘ladilar.
Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, faollik markazlarida bola rivojiga individual yondashuv
uning shaxsini hurmat qilish, bola manfaatlari, ehtiyojlari va rivojlanish darajasini hisobga olish,
hissiy qulaylik borasida g‘amxo‘rlik qilish, erkin, ijodiy, o‘z-o‘zini ko‘rsatishi uchun sharoitlar
yaratib berishni ko‘zda tutadi. Shu sababli, rejalashtirish bilan bir qatorda, bola rivojlanishini
kuzatib borish pedagog faoliyatida muhim ahamiyat kasb etishi, tarbiyachi bolani va uning o‘zini
tutishi sabablarini yaxshiroq tushunishi, bola rivojini, uning ichki dunyosini ko‘rishi, qo‘llab-
quvvatlashi, rivojlanish yo‘llarini belgilashi, bola hayotini sistematik kuzatib borishi lozimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |