389
- pedagogik muvaffaqiyat tamoyili asosida tarbiyachilar,ota-onalar, mutaxassislar va
tarbiyalanuvchilarning o‘zaro birgalikdagi ijtimoiy faoliyatini tashkil etish.
Tarbiyalanuvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlash mazmuni
Treninglar
Axloqiy tarbiyaga doir diagnostik metodikalar
Baholovchi-natijaviy blok
bolalarning salbiy hulqini korreksiyalash jarayonini monitoringi (kuzatish, anketa, hisobga olish
jadvalini ishlab chiqish), ijtimoiy xulq-atvor me’yorlarining o‘zlashtirilishini tashxis etish
Bolalarda ijobiy hulq-atvorni anglash komponentlari va ko‘rsatkichlari
Komponentlari:
Ko‘rsatkichlari:
Ijtimoiy munosabatlarga kirishish ko‘nikma
va
malakalarini
tarkib
toptirishga
yo‘naltirilgan kognitiv komponent.
-
Sog‘lom turmush tarziga yo‘nalganlik;
-
Qiyinchiliklarni mustaqil yengib o‘tish va
kommunikativlik ko‘nikmasi.
Muvaffaqiyatga intilish, o‘z-o‘ziga ishonch,
vaziyatni tahlil etish va maqbul qarorlar
qabul qilishga yo‘naltirilgan faoliyatga doir
komponent.
-
Do‘stlariga, ta’lim muassasiga moslasha olish
ko‘nikmasi;
-
Mehnat faoliyatga mas’uliyatli munosabat.
Guruhiy
faoliyatda
ishtirok
etish,
kommunikativ ko‘nikmalarni shakllanti-
rishga yo‘naltirilgan emotsional-qadriyatga
yo‘naltirilgan komponent.
-
Ahloqiy
sifatlarining
shakllanganligi
–
tashabbuskorlik va tashkilotchilik ko‘nikmalari;
Taqdim etilgan loyihalash xaritasida ko‘rsatib o‘tilgan har bir bosqich o‘z ahamiyatiga ega.
Tarbiyachi-pedagogning faoliyati mazmunini loyihalash o‘z navbatida tarbiyachining faoliyatga
va tarbiyasida salbiy o‘zgarishlar kuzatilgan bolalar bilan ishlash jarayoniga ham ruhan, ham kasb
nuqtai nazaridan tayyor bo‘lishini nazarda tutadi.
Mazkur loyihalash tarbiyachidan loyiha tamoyillari, pedagogik shart-sharoitlari va
shakllarini to‘g‘ri tanlash hamda uyg‘unligini ta’minlashni talab etadi. Mazkur loyihalash
xaritasida tarbiyachining maktabgacha yoshdagi bolalar hulqidagi salbiy o‘zgarishlarni
korreksiyalashga doir mashg‘ulot dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish hamda
samaradorligini baholash imkonini beradi.
Loyihadagi diagnostik komponent erishilgan natijalarni nazariy jihatdan asoslash va statistik
ahamiyatini baholash imkonini beradi.
Tarbiyachi-pedagogning maktabgacha yoshdagi bolalar hulqidagi salbiy o‘zgarishlarni
diagnostika qilish va korreksiyalash jarayonining muvaffaqiyatini ta’minlovchi pedagogik shart-
sharoitlar o‘zida tashqi holatlar va maqbul muhitni aks ettiradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar
hulqidagi salbiy o‘zgarishlarni korreksiyalashda quyidagi metodikadan foydalanish maqsadga
muofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: