Adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2017 yil 22 dekabrdagi Oliy
Majlisga murojaatnomasidagi nutqi.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2019 yil 8 maydagi
“Maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi to‘g‘risida”gi PQ-4312-
sonli Qarori.
3.
Sh.Fayzullaev. Islohotlar samarasi: tajriba, malaka, texnologiya // Maktabgacha ta’lim
jurn. –T., 2018 yil, 12-son.
֍
–
֍
–
֍
OTA-ONA VA BOLA MUNOSABATLARIDA TARBIYA
Xudoymurodova D.J.
Termiz davlat universiteti, magistrant
Komil inson deganda biz, ma’naviy, ruhiy, jismoniy sog‘lom, har tomonlama boshqalarga
ibrat bo‘ladigan bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz. Komil insonni tarbiyalash eng avvalo,
oiladan boshlanadi Ma’lumki, oila muhitida har bir inson oilaviy o‘zaro munosabatlarning o‘ziga
376
ta’sirini, o‘z xarakter xislatlarining shaklanishida oladigan namuna, andoza va ibrat xususiyatini
anglashi yuz beradi. Chunki, oila jamiyatning negizi, har bir shaxsning ongida, xatti harakatida
bolaligidan boshlab shakllanadigan barcha fazilatlari, niyatlari, maslaklari amalga oshadigan
maskan hamdir. Oilaning tarbiya beradigan ijtimoiylashuv maskanlari orasida eng katta o‘ringa
ega ekanligi talqin qilinadi.
“Ota-ona – qirg‘oq, bola – ko‘prik” degan hikmat bor xalqimizda. Chindan ham shunday.
Oilaning ikki ustuni – er va xotindan iborat bo‘lsa, bu ikki ustunni bir-biriga payvand etuvchi va
shu asosda oila ustunlarini bir-biriga mustahkamroq bog‘lovchi – farzanddir. Ota-ona – san’atkor,
bola – san’at asari, tarbiya jarayoni esa san’atning o‘zidir. Farzandning har jihatdan komil inson
bo‘lib yetishishida ota-ona va bola munosabatlarida tarbiya masalasi katta ahamiyatga ega.
Ota-onalar bilan farzand munosabatlarining o‘zbek oilalari muhitida o‘rganilishi millat va
davlat kelajagini o‘ylash hisoblanadi. Mazkur maqolamizni yozishdan maqsad oiladagi ota-ona va
farzand munosabatining ta’sirini maxsus o‘rganish orqali shu munosabatlarning namoyon bo‘lish
xususiyatlarini ko‘rsatib berish hisoblanadi.
Oiladagi ota-ona va farzand munosabatlarining samarali kechishida ota-onalarning bu
rollarga qanchalik muvofiq ekanligi hamda, o‘zbek oilalarida ota-onalarning farzandiga
munosabat xususiyatini aniqlash masalasiga e’tibor qaratish lozim. Darhaqiqat, oila – har bir
shaxsda bolaligidan boshlab shakllanadigan insoniy fazilatlar, ezgu istaklar, qadriyatlar kamol
topadigan, ming yillar davomida shakllangan o‘zbek xalqining qadriyatlari va ma’naviy merosi
ravnaqini ta’minlovchi tarbiya maskanidir.
Tarbiya ota-onaning nafaqat shaxsiy ishi, balki ijtimoiy burchidir. Tarbiyaviy ta’sirlarning
shakl va uslublaridan to‘g‘ri foydalanish har tomonlama sog‘lom farzandlar tarbiyasiga zamin
hozirlaydi. Qolaversa ota-onalar bolani dunyoga keltirganliklari uchun emas, uni odobli, ahloqli
qilib voyaga yetkazganliklari uchungina olqishga sazovor bo‘ladilar. “Ota-ona davlat boshlig‘imi,
yoki oddiy fuqaromi, bari-bir, u bola tarbiyasi borasida mas’uldir. Davlat boshliqlari, rahbarlar
bola tarbiyasi xususida barchaga ibrat bo‘lmoqlari lozim”, - Ibn Sinoning bola tarbiyasi, tarbiya
psixologiyasi va rahbarlarga qo‘ygan ushbu talablari o‘sha davrda qanchalik taraqqiyparvar va
zarur bo‘lsa, bizning bugungi kunimizda ham u o‘z kuchini yo‘qotgani yo‘q.
Uning fikricha, tarbiyachi, ya’ni ota-ona “nafaqat so‘z bilan, balki amalda ham bola ruhiga
ta’sir ko‘rsatmog‘i lozim”. Shuning uchun ham qadim zamonlardan boshlab oila, undagi
munosabatlar masalalari har bir davrning donishmand, olim, mutafakkirlari tomonidan o‘rganilib
kelinganligini va ularning qarashlarida bu masalalarning yoritilganligini kuzatamiz. Oiladagi
o‘zaro munosabatlar, ota-ona va bola muammolari bizning hayotimizda doimo muhim masalalar
sirasiga kirishini yana qayd etamiz.
Oilada farzand tarbiyasi mas’ullikni talab etadi. Milliy mas’uliyat odamning har bir amali,
faoliyatini to‘liq tasavvur qilgan holda, uning o‘zi va millati uchun nima naf keltirishini anglay
olish qobiliyatidir. Mas’uliyatni his qilgan inson o‘z ishini doimo puxta rejalashtirib, uning
oqibatlarini oldindan tasavvur qila oladi va zarur natijaga erishish uchun butun kuchi va
salohiyatini safarbar etishga qodir bo‘ladi. Bunga erishishning eng qulay yo‘li avvalo, ota-
onalarning bilimlarini oshirish, ularda sog‘lom tafakkur va ilmiy dunyoqarashni shakllantirishdir.
Bu esa ota-onalardan farzand oldidagi, el-yurt oldidagi ma’naviy burchini to‘g‘ri anglashni,
oilaviy munosabatlar doirasida milliy urf-odat va an’analarimizning eng nodirlarini tarbiyaga
singdirish orqali bolalarda insoniy munosabatlarni shakllantirishni, ularni mustaqil fikrlaydigan
kishilar qilib tarbiyalashni taqozo etadi. Bola shaxsini shakllantirilishida, unga tarbiya berishda
ota-onadagi mavjud psixologik va pedagogik bilimlar, ularning oiladagi va ijtimoiy hayotdagi
obro‘si juda muhim hisoblanadi. Obro‘ insonga tabiatan berilmay, balki ma’lum bir mehnat orqali
yuzaga keladi. Lekin, ba’zan ota-onalar o‘z obro‘larini soxta asosda yuzaga keltirishlari ham
mumkin. Soxta asosda yuzaga kelgan obro‘ning bir qancha turlari mavjud.
Muhabbat obro‘si ko‘pincha yumshoq gapirish, o‘z muxabbatini bildirib ortiqcha erkalash,
bolaning xohish istagini qondirshiga harakat qilish, uni xissiyotga beriluvchan qilib shakllantirishi
bilan bir qatorda, hamisha faqat o‘z manfaatini o‘ylovchi shaxs bo‘lib o‘sishiga sabab bo‘ladi.
377
Xulosa qilib aytish joizki, ota-onalardan farzand oldidagi, el-yurt oldidagi ma’naviy burchini
to‘g‘ri anglashni, oilaviy munosabatlar doirasida milliy urf-odat va an’analarimizning eng
nodirlarini turmushga singdirish orqali bolalarda insoniy munosabatlarni shakllantirishni, ularni
mustaqil fikrlaydigan kishilar qilib tarbiyalashni taqozo etadi. Bola shaxsini shakllantirilishida,
unga tarbiya berishda ota-onadagi mavjud psixologik va pedagogik bilimlar, ularning oiladagi va
ijtimoiy hayotdagi obro‘si juda muhim hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |