B. S. Abdullaeva tdpu ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet261/314
Sana31.03.2022
Hajmi5,22 Mb.
#521992
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   314
Bog'liq
2928-Текст статьи-7932-1-10-20200909

 
Adabiyotlar: 
1.
O.Xasanboeva va boshq. Oila pedagogikasi. –T.: Aloqachi, 2007. 
2.
Bolangiz maktabga tayyormi? Metodik qo‘llanma. –T., 2001.
3.
M.Nurmatova, Sh.Xasanova. D.Azimova. Ustaxonada amaliy mashg‘ulot. –T.: 
Cho‘lpon, 2010. 
4.
О.Акулова. Театрализованные игры \\ Журн. “Дошкольное воспитание”. -2005. -
№4. 
֍ 

 ֍ 
– 
֍ 
 


369 
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR MA’NAVIYATINI 
SHAKLLANTIRADIGAN ASOSIY OMILLAR 
 
Xolboeva G.U.
Termiz davlat universiteti, o‘qituvchi 
 Asatova S.E. 
Termiz davlat universiteti, talaba 
Inson ma’naviyatini shakllanishi bolalikdan boshlanadi. Zero, uzluksiz ma’naviy tarbiya ona 
suti, oila tarbiyasi, ajdodlar o‘giti, Vatan tuyg‘usi orqali amalga oshiriladi. Erkin fikrlash muhiti 
va ma’naviy yuksalish imkoniyatlari davlat va jamiyat taraqqiyotining asosidir. Ma’naviyatni 
tushunish, anglash uchun avvalo insonni tushunish, anglash kerak. Ma’naviy tarbiyada hushyorlik, 
qat’iyat va mas’uliyatlilik – taraqqiyot kafolatidir. O‘z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini 
unutgan millatning kelajagi yo‘q. O‘zlikni anglash, millatning kelajagini ta’minlaydi. Yuksak 
ma’naviyat xalqimizga xos xis ekanligi barchamizga ma’lum. Uning tarixiy, tabiiy va ijtimoiy 
omillari bisyor. Mehr-oqibat tushunchasini uning milliy, diniy ildizlari deb bilamiz. Bu 
tushunchalar mutafakkirlar merosida o‘z ifodasini topgan.
Milliy mentalitet, milliy bayramlar xalq ma’naviyatining ko‘zgusi bo‘lib kelmoqda. 
Ma’naviy sohadagi islohotlarning milliy ma’naviy merosga bee’tiborlik munosabatini bartaraf 
etishga xizmat qilishi har birimizning insoniylik burchimizdir. Zamonaviylik asosida “ommaviy 
madaniyat”ga e’tiborning ortib borishi, g‘arb san’atiga sajda qilish, jamiyatning ma’naviy 
barqarorligiga ziyon yetkazishi mumkin. Fuqarolarning ayrim qismida mavjud bo‘lgan ijtimoiy 
loqaydlik, ayniqsa, yoshlardagi ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarga qiziqishning sustligi jamiyatda 
turli nohush holatlarga sabab bo‘layapti.
Muqaddas dinimiz ma’naviyatning tarkibiy qismidir. Islom ta’limoti bo‘yicha tasavvufda 
axloqiy kamolotga erishishning to‘rt bosqichi mavjud. Islom madaniyatining ezgu g‘oyalarini 
yoshlarga to‘g‘ri tushuntirish, uni turli g‘arazli bo‘htonlardan himoya qilish dolzarb vazifadir. 
Butun dunyoda go‘zal axloqqa ehtiyoj bor. Turli dinlar, guruhlar, jamoalar har xil yo‘llar orqali 
bu go‘zallikka erishish uchun harakat qiladilar, yo‘llar axtaradilar. Ularning aksari bu dunyodan 
adash yo‘llarda sarsari bo‘lib o‘tadilar, ayrimlari esa halokat jariga ham qulaydilar. Insonlarni 
qanday tarbiyalashni Islom yaxshi biladi. So‘zdan – ma’noga, shakldan – ruhga, zohirdan – 
botinga kirib borishni biladi. Shu bois Islom shaklga ham e’tibor beradi. Chunki, shakllar 
alaloqibat amalda go‘zal ma’naviyatni yuzaga keltiradi.
Xalqaro Islom Konferensiyasi tashkilotining ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha 
muassasasi (AYSESKO) 2007 yilda Toshkent shahrini “Islom madaniyati poytaxti” deb e’lon 
qilgan. Buyuk mutafakkir va allomalarimizning islom madaniyati taraqqiyotidagi ulkan hissasi 
shuki, Imom Buxoriy hadis ilmining sultoni “Al-jome’ as-sahih”, Abu Iso Muhammad ibn Iso 
Termiziyning ma’naviy merosi “Sunani Termiziy”, Imom Moturudiy – musulmonlarning 
e’tiqodini tuzatuvchisi, Burxoniddin Marg‘inoniy islom din va millatning hujjati “Hidoya” asari, 
Abduholiq G‘ijduvoniy, Bahouddin Naqshbandiy tariqatining asosi “Diling Ollohda, qo‘ling 
mehnatda bo‘lsin” kabi buyuk allomalarning ilmiy-ijodiy kashfiyotlari ma’naviyatimiz mezonidir. 
Muhammad Muso Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Mahmud 
Zamahshariy kabi allomalarning hayoti va buyuk merosi xalqimiz ma’naviy boyligi isboti 
hisoblanadi. Sohibqiron Amir Temurning “Temur tuzuklari”, Mirzo Ulug‘bekning “Ziji jadidi 
Ko‘ragoniy”, Alisher Navoiyning so‘z mulkining sultoni ekanligi ham xalqimiz va yurtimizning 
eng oliy yutuqlaridan biridir.
Buyuk allomalarimizning dunyo miqyosida e’tirof etilishi va ularga nisbatan hurmat 
ko‘rsatilishi ham bizga bo‘lgan hurmatning bir ko‘rinishi. Ajdodlarimizning ilmiy merosi 
davomchilari, o‘zbek fani va madaniyatining fidoiylari oramizdagi yurtdoshlarimizning eng 
faollari hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning
 
ma’naviyatini shakllantirish va 
yuksaltirishda oilaning va maktabgacha ta’lim muassasalarining o‘rni juda muhim bo‘lib, oila 


370 
muhiti, oilaviy tarbiya va ota-ona namunasi komil farzandni tarbiyalab, jamiyat boyligini 
shakllantiradilar.
Mamlakatimizda oila ijtimoiy maqomi huquqiy asoslari belgilangan. Konstitutsiya, Oila, 
Fuqarolik, Uy-joy kodekslari ham o‘z huquq va burchlarimizni anglashga yetarlidir. Mahalla – 
insonni jamiyat bilan uyg‘unlashtiradigan hamda shu ruhda tarbiyalaydigan eng katta sahovatli 
go‘sha va beqiyos makon, Vatan ichra vatanimizdir. “Mahalla – ham ota, ham ona” deganlari ham 
bejiz emas. Mustaqillik sharofati tufayli qo‘shnichilik va mahallachilik an’analarining yangi ruhda 
shakllanganligini hozir ham o‘z atrof-muhitimizdan yaqqol ko‘rinib turganligini ko‘rishimiz va 
sezishimiz mumkin. Mahallaning Konstitutsion maqomga egaligi ham biz uchun uni asrashga va 
himoya qilishga yetarlidir. Mahalla “Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari” tamoyilining amaliy 
ifodasi va shuning bilan birgalikda mahalla – tarbiya maktabi hisoblanadi. 
Ta’lim-tarbiya inson kamoloti va millat ravnaqining asosiy sharti va garovi ekanligi 
hammamizga ayon. Bundan ko‘rinib turibdiki, tarbiya avvalambor, oiladan boshlansa, ta’lim esa 
uzluksiz ta’liming ilk bo‘g‘ini bo‘lgan maktabgacha ta’limdan boshlanadi. Ta’lim-tarbiya davlat 
va jamiyat nazoratidagi umummilliy masaladir. Uning asosiy maqsadi va vazifasi komil inson 
tarbiyasidir. Komil inson tarbiyalashda maktabgacha ta’lim muassasalarida beriladigan ta’lim va 
tarbiyaning o‘rni beqiyosdir. Shuningdek, ta’limni tarbiyadan, tarbiyani ta’limdan ajratib 
bo‘lmaydigan uyg‘unlik ekanligi bejiz aytilgan emas. Ta’limni insonparvarlashtirishning 
markaziy masalasi yoshlarda or-nomusni, vatan va xalq oldidagi mas’uliyatni, yuksak axloq va 
fuqarolik sifatlarini shakllantirishdan hamda ma’naviy-ruhiy fazilatlarni singdirishdan iborat. 
Jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishda maktabgacha ta’lim muassasalarida beriladigan ta’lim va 
tarbiya ishlarining ahamiyati benihoya katta. 

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish