220
asosan muayyan yosh guruhida tashkil etiladigan ta’lim jarayonini amalga oshirishga xizmat
qiluvchi muhim jarayon bo‘lib, u qo‘yilgan maqsadlarga erishishni ta’minlashi lozim. Dastur –
muhim vosita bo‘lib, uning yordamida tarbiyachilar (mutaxassislar) O‘zbekiston Respublikasida
ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojiga oid davlat talablariga muvofiq muayyan yosh
guruhidagi bolalar uchun eng maqbul va samarali shakllar, metodlar va ta’lim jarayonini tashkil
qilish yo‘llarini belgilaydilar.
Qurish-yasash, konstiruksiyalash va matematika markazida bolalar ko‘p jihatdan nutq
ijtimoiy ko‘nikmalar, matematik va ilmiy tafakkur, mayda va yirik motorika, ijod jarayonlarini
rivojlantiradi
.
Markazni tashkil etishda faol harakatlanish mavjud bo‘lmagan joyni tanlash
maqsadga muvofiq. Faoliyatning ko‘p qismi polda o‘tirgan holda amalga oshiriladi, va shu sababli,
yumshoq gilam to‘shab qo‘yish lozim. Bu markazda faoliyat ko‘pincha syujetli-rolli o‘yinga
aylanib ketadi. Shuning uchun sahnalashtirish markazlarini bir-biriga yaqin joylashtirish kerak.
Asosiy matematik qonuniyatlarni bilish bugun deyarli hamma uchun zarur. Ko‘p kasblar
bevosita matematika bilan bog‘liq. Moliya, kompyuter texnologiyalari, injeneriya va boshqalar.
Shuning uchun ham, garchi bu oson bo‘lmasada, farzandlarimizga “fanlarning shohi”ni ya’ni
matematikani o‘rgatish juda muhim. Bolada matematikaga ilk qiziqish konstruktor yig‘ish
jarayonida paydo bo‘ladi. Bu fikrga aksariyat ota-onalar qo‘shilishsa kerak. Ayniqsa, “lego”
toifasidagi yig‘ma o‘yinchoqlarni bolalar yaxshi ko‘rishadi. “Lego” ularga qanday qilib kichkina
qismlardan katta va murakkab qurilmalarni yasash mumkinligini tushunib olishda ko‘maklashadi.
Bir buyuk matematik maktab davrida ota-onasi origami, ya’ni qog‘ozni buklash orqali yasaladigan
o‘yinchoqlarni o‘rgatadigan to‘garakka olib borganidan so‘ng geometriyaga qiziqib qolganini
aytadi. Chindan ham bu qadimiy san’at geometriyaning aksariyat teoremalarini o‘zida
mujassamlashtirgan, qog‘ozdan turli - tuman shakllarni yasash asnosida bolada geometriyaga
qiziqish oshib boradi. Bolalarda sensomotorika rivojlanadi va asta-sekin taraqqiy etadi.
Syujetli-rolli o‘yinlar va sahnalashtirish markazi o‘yinlarning hududi aniq belgilanishi va
o‘yinda ishtirok etmayotgan bolalarning bu zonaga kirishiga, o‘yinni buzishiga yo‘l qo‘ymaydigan
chegaraga ega bo‘lishi zarur. Tarbiyachilar o‘yinning bir joydan boshqa joyga ko‘chirishlarini ham
qo‘llab-quvvatlashlari lozim. Bolada kichik sahna ko‘rinishlarini o‘ynashga xohish, istak
uyg‘otish uchun albatta kerakli jihozlar bo‘lmog‘i lozim. Bu borada rolli o‘yin markazlari
faoliyatini tashkillashtirish maqsadga muvofiqdir.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilarining ongida g‘oyaviy bo‘shliq paydo
bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, ularni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, Vatanimiz
taraqqiyotiga hissa qo‘shadigan barkamol avlodni voyaga yetkazish yo‘lidagi dolzarb vazifalarni
amalga oshirish, maktabagacha ta’lim tashkilotlari da tashkil etilayotgan ta’lim-tarbiya
jarayonlarinining barcha jabhalarini qamrab olishi zarur bo‘lib, mazkur jarayonda o‘rganilayotgan
tushunchalarga nisbatan tarbiyalanuvchining qiziqishini shakllantirish va rivojlantirishda ularning
faolligini oshirishni ta’minlash, aynan biz, pedagoglarning zimmamizdagi muhim vazifa
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: