Литература:
1.
Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олийжаноб халқимиз билан қурамиз
(Наше великое будущее мы построим вместе с нашим смелым и благородным народом). –
Т.: Ўзбекистон, 2019.
2.
Смирнова Е.А. Использование серий сюжетных картин в развитии связной речи
старших дошкольников. – М., 2007. – 183с.
3.
Рубинштейн С.Л. Основы общей психологии / С.Л.Рубинштейн. – СПб.: Питер,
2011. – 720с.
4.
Алексеева М. М. Методика развития речи и обучения родному языку
дошкольников: учеб. пособие для студ. высш. и сред, пед. учеб. заведений. - 3-е изд.,
стереотип. – М.: Издательский центр «Академия», 2000. – 400с.
֍
–
֍
–
֍
215
MAKTABGACHA TA’LIM JISMONIY TARBIYA MASHG‘ULOTLARIDA
HARAKATLI O‘YINLARNI O‘TKAZISHGA ZAMONAVIY YONDASHUV
Nazarova D.O‘.
Samarqand davlat universiteti, magistrant
Yosh avlodni har tomonlama kamol topishida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida harakatli
o‘yinlarni to‘g‘ri tashkillashtirish va tarkib toptirish, bolalarning bo‘sh vaqtini tashkil etish, sport
bilan shug‘ullantirish, turli harakatli o‘yinlarni o‘rgatish muhim ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi zamon talabi yosh avlodni barkamol, sog‘lom, chiniqqan, baquvvat, mehribon, sport
mashqlarini sevadigan, mustaqil harakat qila oladigan etib tarbiyalash va eng muhimi, jamiyatda
bolaning shaxs sifatida ijtimoiylashuvini shakllantirish jismoniy tarbiyaning muhim vazifalaridan
hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bola kun davomida tetik, xushchaqchaq
bo‘lishida, ijobiy emotsiyalarni tarbiyalashda harakatli o‘yinlar juda foydalidir. Bularni amalga
oshirish uchun zamonaviy shart-sharoitlar yaratilmoqda. Hozirgi davrda O‘zbekistonda jismoniy
tarbiyani yanada rivojlantirish uchun juda ko‘plab islohatlar olib borilmoqda. Jumladan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning tashabbusi bilan 2019 yil 8 maydagi
“Maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi to‘g‘risida”gi PQ-4312-
sonli qaroriga 1-ilovada ham maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jismoniy tarbiyani rivojlantirish
quyidagicha belgilangan:
maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, ahloqiy, estetik va jismoniy jihatdan har
tomonlama rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratishda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida
ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning hamda maktabgacha ta’lim xizmatlarni zamonaviy
usullarini tashkil etishni talab qiladi.
“Ilk qadam” davlat o‘quv dasturini keng joriy etish;
bolalarni sog‘lom turmush tarzini yuritishga o‘rgatish, gimnastika va faol o‘yinlar
bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish orqali tarbiyalanuvchilarda jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari va
sportga qiziqish uyg‘otishni shakllantirish, jismonan sog‘lom o‘sib kelayotgan yosh avlodni
tarbiyalash.
Har bir harakatli o‘yin biror natijaga qaratiladi. Bola o‘yin davomida har qanday vaziyatda
ham natijaga erishishga harakat qiladi. Natijaga erishish o‘z navbatida kuchlilik, egiluvchanlik,
chaqqonlik, tezkorlik, chidamlilik kabi jismoniy sifatlarni, fikirlash, hozirjavoblik, topqirlik
singari fazilatlarini kamol toptirishni talab etadi.
Harakatli o‘yinlarni bolalar yoshiga mos holda o‘tkazish zarur. Harakatli o‘yinlar asosan
sayr mashg‘ulotlarida o‘tkaziladi. Bola 3 yoshga qadam qo‘yganda jismoniy o‘sishi bir qadar
sekinlashadi. Bu davrda uning og‘irligi 14-15 kg, bo‘yi 90-95 sm ga yetadi. Bola jismonan ancha
chiniqib, asab tizimi taraqqiy etadi. Bola to‘rt yoshga yetgach, uning jismoniy o‘sishi bir muncha
jadallashadi, bu davr mobaynida bo‘yi 105-108 sm gacha o‘sadi, og‘irligi esa 18-19 kg bo‘ladi.
Bu davrda bolaning miyasi tez rivojlanadi.
3-4 yoshli bolalarda diqqati doimo chalg‘ib turadi. Shuning uchun bolalarga oddiy va ular
tushunadigan o‘yinlarni o‘rgatish zarur. Bolalarni bunday o‘yinlarga o‘rgatishda jismoniy
mashqlar katta ahamiyatga ega. Harakatlar esa yurish, yugurish kabi bolalarga tanish mashqlar
bo‘lishi lozim. 3-4 yoshli bolalarda harakatli o‘yinlar kunning turli paytlarida o‘tkaziladi. Sayrlar,
jismoniy tarbiya, musiqa mashg‘ulotlaridan keyin sayr paytida o‘tkaziladi. Ertalabki nonushtaga
qadar tarbiyachi bolalarni kayfiyatini yaratish uchun sokin harakatli o‘yilardan, tushki ovqatdan
keyingi soatlarda ashulali o‘yinlar, musiqa, qo‘shiq, qofiyali so‘zlar jo‘rligida o‘yinlar o‘tkazish
yaxshi natija beradi. Kechqurungi sayr uchun har qanday harakatli o‘yinlarni o‘tkazish mumkin.
Katta va tayyorlov guruhidagi bolalarning bo‘yi bu davrda 7-8 sm ga o‘sadi. Uning oyoqlari
gavdasiga nisbatan tezroq rivojlanadi, og‘irligi 20-22 kg ni tashkil etadi. Bu yoshdagi bolalarda
harakatli o‘yinlar asosan ertalabki va kechki sayr vaqtida o‘tkaziladi. Tayyorlov guruhidagi barcha
216
bolalar harakatli o‘yinlarni mustaqil ravishda tashkil etish va o‘tkazishni o‘rganib oladi va
o‘yinlarni asosan o‘zlari tashkillashtiradi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni harakatli o‘yinlarning davomiyligi quyidagicha:
Do'stlaringiz bilan baham: |