223
mos keladi. Endi har bir nomzodga ovoz bergan saylovchilar soniga mos
kel gan burchak kattaliklarini topamiz:
A
nomzod uchun: 5400 · 0,03 = 162
0
B
nomzod uchun: 2100 · 0,03 = 63
0
D
nomzod uchun: 3300 · 0,03 = 99
0
E
nomzod uchun: 1200 · 0,03 = 36
0
Doira markazini burchaklarning uchi deb olib mos burchaklarni transportir
yordamida chizsak, tegishli diagrammani hosil qilamiz (3- rasm).
3- rasm
4- rasm
quruqlik
120
0
B
nomzod
uchun
D
nomzod
uchun
E
nomzod
uchun
A
nomzod
uchun
Savollarga javob bering!
1. Doiraviy diagrammalar qanday maqsadlarni ko‘zlab tuziladi?
2. Doiraviy diagrammani yasash jarayonini misolda tushuntiring.
Sinfda bajariladigan mashqlar
1180.
Quyidagi jadvalda dunyo okeanlarining yuzi berilgan. Undan foydalanib
doiraviy diagramma quring.
Tinch
okeani
Atlantika okeani
Hind okeani
Shimoliy muz okeani
180 mln km
2
92 mln km
2
75 mln km
2
13 mln km
2
1181.
4- rasmda Yer yuzida quruqlik va okean suvlari egallagan maydonlar
diagram masi tasvirlangan. U asosida Yer yuzining qanday qismini okean
suvlari va qanday qismini quruqlik tashkil qilishini aniqlang.
1182.
Mevadan tayyorlanadigan ichimlikning tarkibi 800 g meva, 1200 g suv va
400 g shakardan iborat. Bu ma’lumotlardan
foydalanib, ichimlik tarkibini
ko‘rsatuvchi doiraviy diagramma quring.
1183.
Sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovda, 36 o‘quvchining 12 tasi
yashil rangni, 6 tasi qizil rangni, 8
tasi oq rangni, 4 tasi ko‘k rangni,
qolganlari esa sariq rangni xush ko‘rishlari aniqlandi. Bu ma’lumotlardan
foydalanib, so‘rov natijalarini ko‘rsatuvchi doiraviy diagramma tuzing.
suv
224
1184.
Avtosalon bir oyda 20 ta «Spark», 12 ta «Lasetti», 16 ta «Neksiya»,
24 ta «Kobalt» va 18 ta «Matiz» rusumidagi yengil avtomobilni aholi-
ga sotdi. Avtosalonning oylik sotuv tarkibini ko‘rsatuvchi
doiraviy
diagramma tuzing.
1185.
Quyida berilgan jadvalning bo‘sh kataklarini to‘ldiring
va undan
foydalanib Yer materiklari maydonini ko‘rsatuvchi doiraviy diagramma
tuzing.
Qit’alar
Maydoni (mln km
2
)
Mos burchak gradusi
Osiyo
43,4
Amerika
42
Afrika
30,3
Antarktida
14,1
Yevropa
11,5
Avstraliya
8,7
Jami
360
0
1186.
Quyida berilgan jadvalning bo‘sh kataklarini to‘ldiring va undan
foydalanib Yer yuzida tarqalgan quruqlik turlari maydonini ko‘rsatuvchi
doiraviy diagramma tuzing.
Quruqlik
turlari
Egallagan maydoni
(mln km
2
)
Mos burchak gradusi
O‘rmonlar
57
Cho‘llar
24
Sahrolar va botqoqliklar
54
Haydaladigan yerlar
15
Jami
360
0
1187.
5- sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovda, 180 o‘quvchining
60
tasi futbolga, 45 tasi kurashga, 15 tasi shaxmatga, 30 tasi
gimnastikaga, qolganlari esa volleybolga qiziqishi aniqlandi. Bu
ma’lumotlardan foydalanib, so‘rov natijalarini ko‘rsatuvchi doiraviy
diagramma tuzing.