218
Har qanday kattalikni o‘lchash
uchun o‘lchov
birligini tanlash lozim
bo‘ladi. Burchaklarni o‘lchash uchun
ham oldin o‘lchov birligini tanlaymiz.
Yoyiq burchakni uning uchidan
chiquvchi nurlar bilan 180 ta teng
burchaklarga bo‘la miz (1- rasm).
Bu burchaklarning
ixtiyoriy bittasini
birlik burchak sifatida olamiz. Uning
burchak qiymatini «1 gradus» deb
olamiz va «1
0
» tarzida belgilaymiz.
Burchakning gradus o‘lchovi uning
ichki sohasida birlik burchakning
nechtasi joylashishini bildiradi.
Yoyiq burchakning gradus
o‘lchovi 180
0
ga teng,
chunki uning
ichki sohasida 180 ta birlik burchak
joylashgan. (2- rasm).
Unda to‘g‘ri burchak 90
0
ga teng
bo‘ladi. Chunki u yoyiq burchaklarning
yarmiga teng.
Burchaklar transportir deb nom-
lan gan asbob bilan o‘lchanadi.
Trans-
por tirning asosi chizg‘ichdan, yu-
qo
ri qismi shkalali yarim doira
shak lidagi
tas madan
iborat
(3- rasm). Yarim doira markazi
BURCHAKLARNI O‘LCHASH. TRANSPORTIR
49- §
1- rasm
O
2- rasm
180
0
A
O
B
trans por tir asosidagi kichkina chiziqcha bilan belgilangan bo‘ladi. Uni
transportirning markazi deb ataymiz. Transportirning shkalasi chiziq-
chalar bilan 180 ta teng yoychalarga bo‘lingan. Har bir yoycha
1
0
li burchakni aniqlaydi. 3- rasmda transportir yordamida
AOB
burchakni o‘l-
chash ko‘rsatilgan.
Burchakni o‘lchash uchun transpor tirning asosidagi chizg‘ich
burchak
tomon laridan birining ustiga, burchak uchi transportir
markazi bilan ustma-ust tu sha digan qilib qo‘yiladi. Shunda, bur-
chak ning ikkinchi tomoni transportirning qaysi shkala ko‘rsatkichidan
o‘tsa,
bur chak ning
gradus
o‘lchovi
shunga
teng
bo‘ladi.
AOB
= 60
0
.
Teng burchaklarning gradus o‘l chovlari ham teng bo‘ladi. Ikki burchakdan
kattasining gradus o‘lchovi katta, kichi gining gradus o‘lchovi esa kichik bo‘ladi.
3- rasm
A
B
O
219
Agar burchakning gradus o‘lchovi
90
0
dan kichik bo‘lsa, bunday
burchak
o‘tkir burchak
deb ataladi.
Gradus o‘lchovi 90
0
dan katta va
180
0
kichik
bo‘lgan
burchakka
o‘tmas
burchak
deyiladi. 4.a- rasmda o‘tkir,
4.b- rasmda esa o‘tmas burchak
tasvirlangan.
Transportir yordamida berilgan
gradus o‘lchoviga ega bo‘lgan
burchaklarni ham yasash mumkin.
Misol.
Bir tomoni
OA
nurdan iborat
bo‘lgan 70
0
li burchak yasang.
Yechish.
Yasash quyidagicha
amalga oshiriladi:
1. Transportir asosidagi chizg‘ichni
berilgan
OA
nurga transportir mar kazi
O
nuqta bilan ustma-ust tushadigan
qilib qo‘yamiz (5.a- rasm).
2. Transportir shkalasidagi 70
0
ga
mos chiziqcha to‘g‘risida
B
nuqtani
belgilaymiz.
3.
OB
nurni o‘tkazamiz (5.b- rasm).
Hosil bo‘lgan
AOB
burchak 70
0
li
bo‘ ladi.
Burchak gradus o‘lchovining yana
boshqa
minut
va
sekund
deb ataluvchi
o‘lchov birliklari ham bor. 1 gradus 60
minutdan, 1 minut esa 60 sekunddan
iborat. Bu 1
0
= 60', 1' = 60"
tarzida
bel gilanadi.
1. Burchak o‘lchov birligi sifatida nima olinadi?
2. Burchak gradus o‘lchovini topish deganda nimani tushunasiz?
3. Yoyiq va to‘g‘ri burchakning gradus o‘lchovi nimaga teng?
4. O‘tkir va o‘tmas burchaklarga ta’rif bering.
5. Transportir yordamida burchaklar qanday o‘lchanishi va yasalishini
tushuntirib bering.
6. Yana qanday burchak o‘lchov birliklarini bilasiz?
A
B
a)
b)
4- rasm
Do'stlaringiz bilan baham: