Qobiliyatlarning sifat va miqdor tavsifi. Psixologiyada qobiliyat- lar individual-psixologik xususiyatlar sifatida tavsiflanadi va buning asosida bir insonning boshqa insondan tafovutlanadigan xislatlari, fazilatlari yotadi. Shuning uchun har bir shaxsdan bir xil natija, bir xil sifat kutish mumkin emas, chunki insonlar o‘z qobiliyatlari bo‘yicha bir-birlaridan muayyan darajada farq qiladilar, binobarin, ular o‘rtasida sifat va miqdor jihatidan farqlar ko‘p bo‘lishi mumkin. Qobiliyatlarning sifat tavsifi shaxsning qaysi individual-psixologik xususiyatlari faoliyat muvaffaqiyatining majburiy sharti tariqasida xizmat qilishini anglatadi. Ularning miqdoriy tavsifi esa faoliyatga qo‘yiladigan talablarga shaxs tomonidan qay yo‘sinda bajarish imkoniyati mavjudligini bildiradi, ya’ni mazkur inson boshqa odam- larga qaraganda malaka, bilimlardan nechog‘lik tez, oson, puxta foydalana olishini namoyon qiladi.
Qobiliyat xususiyatlarining sifat jihatidan talqin qilinishida, birin- chidan, maqsadga turlicha yo‘llar orqali erishishga imkon beruvchi «o‘zgaruvchan miqdor» majmui tariqasida, ikkinchidan, faoliyat mu- vaffaqiyatini ta’minlovchi shaxsning individual-psixologik xislatlari (fazilatlari)ning murakkab majmuasi ko‘rinishida gavdalanadi.
Shaxsning qobiliyatida mavjud bo‘lgan o‘rnini bosish (kompensa- torlik) imkoniyati eshitishdan mahrum insonlarni maxsus o‘qitish orqali ro‘yobga chiqadi. Hayotda ko‘zi ojiz musiqachi, artist, shoir, rassom, muhandis va boshqa shu kabi kasb egalari yetishib chiqqanligi ko‘p uchraydi. Hatto eshitish qobiliyati past yoki umuman yo‘qligi ham kasbiy-musiqaviy qobiliyatning rivojlanishiga keskin xalaqit bermasligi mumkin.
Bu psixologik hodisa (bir qobiliyatni boshqa qobiliyat yordamida o‘stirish, ya’ni kompleksatorlik xususiyati) har bir shaxs uchun kasb tanlash va qayta kasb tanlash (ikkinchi yoki uchinchi kasbni egallash ishtiyoqi) sohasida mislsiz keng ko‘lamdagi imkoniyatlarni ochadi. Qobiliyatli shaxslar ijtimoiy turmushning turli sohalari hamda jabhala- rida o‘z o‘rnini topa oladilar hamda yuksak yutuqlarga erishadilar, hatto bir necha faoliyat turida muvaffaqiyatlar qozonish ham mumkin.
Psixologiyada qobiliyatlarni miqdor jihatdan o‘lchash muammosi o‘ziga xos tarixga ega. XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida qator psixologlar (Kettel, Termin, Spirmen va boshqalar) ommaviy ixtisos- lar uchun kasb tanlashni amalga oshirish zarurati bilan bog‘liq bo‘lgan talablar ta’siri ostida ta’lim olayotganlarning qobiliyat darajasini aniq- lashni taklif qilib chiqdilar. Bu bilan shaxsning mansabdorlik daraja- sida tutgan o‘rni va uning u yoki bu mehnat faoliyatida, oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olishida, ishlab chiqarishda, armiyada va ijtimoiy hayotda rahbarlik lavozimlarini olishga layoqatlarini aniqlash taxmin qilingan edi.
Biroq qobiliyatlarni miqdor jihatdan baholash muammosi jamiyat- da paydo bo‘lish davridan e’tiboran ikki xil xususiyat kasb etdi. Bir tomondan, u mehnatkash kishining real imkoniyatlarini obyektiv ra- vishda aniqlashga imkon beradi. Busiz amalda kasb tanlashga yo‘llash uchun layoqatli kishini topish va bu ishga layoqatli kishilarni tanlash qiyin bo‘lur edi. Mehnat faoliyatida inson omili (ya’ni real inson va uning qobiliyatlari) e’tiborga olinmaydigan oldingi davrga nisbatan qobiliyatlar psixologiyada miqdoriy tadqiqotlar g‘oyasining ilg‘orligi ana shundadir.
Kishi egallagan faoliyat (mehnat, o‘qish, sport va shu kabi)lar uning psixologik fazilatlari (aqliy xususiyatlari, emotsional-irodaviy sohalari, sensomotorikasi)ga yuksak talablar qo‘yadi. Bu talablarni qandaydir bitta sifat, hatto u taraqqiyotning juda yuksak darajasiga erishgan bo‘lsa ham, qondira olmaydi. Alohida olingan bitta psixik xususiyat faoliyatning yuksak mahsuldorligini ta’minlay oladi, butun qobiliyatlarning ekvivalenti sifatida namoyon bo‘ladi, degan fikr ilmiy haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan fikrdir. Qobiliyatlar murakkab struktu- raga ega bo‘lgan psixik fazilatlar yig‘indisidan iboratdir.
Qobiliyat sifati namoyon bo‘ladigan fazilatlar yig‘indisining tuzi- lishi pirovard natijada aniq faoliyat talablari bilan belgilanadi va faoliyatning har xil turlari uchun turlicha bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |